» » Kommunal xizmatlar uchun tariflar oshdi

Закладки Kommunal xizmatlar uchun tariflar oshdi

Название:
Kommunal xizmatlar uchun tariflar oshdi
Дата:
2-10-2015, 04:16
Просмотры:
453
 
 
 
Kommunal xizmatlar uchun tariflar oshdi

     1 oktyabr kunidan O'zbekiston aholisi va ulgurji iste'molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilindi. 

     Yangi preyskurantga ko'ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo'lgan holda 194,7 so'mdan 208,9 so'mga oshiriladi.

     Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv xizmatining yangi tariflari 8 foizga qimmatlashdi.

     1 oktyabrdan boshlab ko'p qavatli turar-joy binolarida 1 metr kub suv uchun joriy 342 so'mdan 370 so'mga oshiriladi (8,1 foizga). Hisoblagichsiz uylarda esa bir kishi uchun bir oyga joriy 4185,64 so'mdan 4516,88 so'mga oshirildi (7,9 foizga).

     Shuningdek, Toshkentda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshdi.

     Issiq suvning kubometri hisoblagich o'rnatilgan uylar uchun 3174.05 so'mni (bungacha — 3015.87 so'm, 5.2 foizlik o'sish) va hisoblagich o'rnatilmagan uylar uchun kishi boshiga oyiga 12395.4 so'mni tashkil qiladi (bungacha — 11777.69).

     O'z navbatida O'zbekistonda 1 oktyabrdan elektr energiyasi to'lovi qimmatlashdi.

     Yangi tariflarga ko'ra, aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 155 so'mdan 167,40 so'mgacha, elektr plitasi bilan ta'minlangan xonadonlar uchun 77,5 so'mdan 83,7 so'mgacha oshishi belgilangan.

     Bundan oldin, O'zbekistonda kommunal xizmatlar uchun narxlar shu yilning 15 may kunida oshirilgandi.

     Shu tariqa, tabiiy gaz uchun tariflar yil boshidan buyon 15 foizga, sovuq suv ta'minoti uchun 19,4 foizga, isitish tizimlari uchun 27 foizga o'sdi. Issiq suv uchun 17,3 foiz, elektr energiyasi uchun esa 16 foizlik o'sish ko'rsatkichlari qayd etildi.

Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz