» » O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jayev vafot etdi

Закладки O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jayev vafot etdi

Название:
O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jayev vafot etdi
Дата:
26-09-2015, 04:54
Просмотры:
1152
 
 
 
O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jayev vafot etdi

     O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jaev 25-sentyabr kuni 74 yoshida vafot etdi.
     Uning vafoti munosabati bilan "O'zbekkino” milliy agentligi ta'ziyanoma e'lon qildi.

     "«O'zbekkino» Milliy agentligi, O'zbekiston Kinoarboblari birlashmasi O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jaevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi”, - deyiladi agentlikning rasmiy saytida.
 
     9 sentyabr kuni Toshkent shahar Onkologiya dispanseri yaqinida O'zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jaev yo'l-transport hodisasiga duch kelgan.

     U o'zining "Niva” rusumli avtomobilida "Matiz” bilan yengil to'qnashuv sodir qilgan.
      
     Alixo’jayev O’lmas Safoyevich (1941.30.6, Urganch) – O’zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent Davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1964).  1963 yildan buyon filmlarda suratga tushib kelgan. 1962-1996 yillar "O’zbekfilm”da aktyor bo'lgan. 1996 yildan "O’zbekkino” kompaniyasida bo’lim boshlig’i bo'lib ishlagan. 

        Shu bugunga qadar 40 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. 
 

     Aktyor "O‘tkan kunlar” filmidagi Otabek, "Ulug‘bek yulduzi” filmidagi Ali Qushchi, Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bag'ishlangan "Olovli yo'llar” filmida Hamza rollari orqali  tomoshabinlar qalbidan abadiy joy olgan.

     Asosiy rollari: Ali Qushchi ("Ulug’bek yulduzi”), Muzaffar ("Natashaxonim”), Otabek ("O’tgan kunlar”), Hamza ("Olovli yo'llar"), Yodgor Hamidov ("Shiddat”), G’ulom Ahmedov, Safoyev ("Tinchlik kunlari”, "Kul ostidagi cho’g’, Tolikfilm), Sulaymonov ("Davlat chegarasi”, Belorusfilm) va boshqa rollarida kuchli dramatizm, psixologik qirralarni yuksak mahorat bilan yoritib bera olgan. 

     Mazkur qayg'uli munosabat bilan Onlayn.uz ijodiy jamoasi O'lmas Alixo'jayevning oila a'zolari, qarindoshlari va hamkasblari hamda yaqin do'stlariga chuqur ta'ziya izhor qiladi.

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?