» » Mustaqilligimizning 24 yilligi muborak bo'lsin

Закладки Mustaqilligimizning 24 yilligi muborak bo'lsin

Название:
Mustaqilligimizning 24 yilligi muborak bo'lsin
Дата:
31-08-2015, 23:14
Автор:
Просмотры:
646
 
 
 
Mustaqilligimizning 24 yilligi muborak bo'lsin

Istiqlolning nechog'lik buyuk baxt ekanini mustabit tuzum zulm-iskanjasi ostida azob chekkanlar, jismi zanjirband bo'lsa-da qalbi, ruhi ozod insonlar teranroq anglaydilar.

70 yil Sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida eng qoloq, eng past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan O'zbekiston deb atalmish mamlakat mustaqillik da'vosi bilan chiqqanida, ochig'i, ko'pchilik, hattoki shu yurt vakillari ham uning kelajagi, porloq taraqqiyotiga shubha ko'zi bilan qaragan edi. Biroq kimlardir intizor bo'lgan, kimlar esa ishonqiramay kutgan kunlar keldi — O'zbekiston 1991 yilning 31 avgust sanasida o'z mustaqilligini e'lon qildi. 

Vatan ozodligi, uning baxtu saodatini kuylagan, shu yo'lda jon fido qilishga ham tayyor turgan Cho'lpon, Qodiriy, Behbudiy, Alixonto'ra Sog'uniy singari minglab, yuz minglab chinakam vatanparvar, millatparvar insonlarning orzusiga hamohang tarzda bu yurt tarixan qisqa fursatlarda oyoqqa turdi, o'z nomini dunyoga tanitdi, sha'nu shavkatining jahon tan olishiga erishdi.

Bugun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy sohalarda qanchalik yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsak, hali oldinda egallashimiz zarur bo'lgan marralar ham bisyor. Mehnatkash, soddadil xalqimiz kelajakka ishonch ko'zi bilan qarash, o'z orzu-maqsadlariga erishish yo'lida olg'a intilishdan tolmaydi.

Eng ulug', eng aziz ayyomimiz barchamizga muborak bo'lsin! Istiqlolimiz mangu, osmonimiz musaffo, hayotimiz farovon bo'laversin!

Mustaqillikning 24 yilligiga bag'ishlangan asosiy bayram tadbiri boshlandi

O'zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahridagi Alisher nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ida O'zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan asosiy bayram tadbiri boshlandi.

"Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O'zbekistonim!” shiori ostida bo'lib o'tayotgan asosiy bayram tadbirini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik so'zi bilan ochib berdi.

Bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, ishtirok etmoqda.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz