» » Prezident Islom Karimovning Sharq taronalari oninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

Prezident Islom Karimovning Sharq taronalari oninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

:
Prezident Islom Karimovning Sharq taronalari oninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi
:
:
31-08-2015, 16:47
:
:
500
 
Prezident Islom Karimovning "Sharq taronalari oninchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

Muhtaram festival ishtirokchilari! 

Qadrli mehmonlar! 

Xonimlar va janoblar! 

     Avvalambor, qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bolgan, qadimiy va gozal Samarqand shahrida, ne-ne buyuk voqealar guvohi bolmish mana shu muazzam va ulugvor Registon maydonida siz, azizlarni "Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali qatnashchilarini chin qalbimdan muborakbod etishga, Samarqand ahli nomidan, butun xalqimiz nomidan "Xush kelibsiz Ozbekistonga, xush kelibsiz Samarqandga! deb, qizgin salom va ezgu tilaklarimizni etkazishga ijozat bergaysiz. 

Festivalimizda ishtirok etayotgan faxriy mehmonlarimiz YuNESKO Bosh direktorining orinbosari Erik Falt, Xalqaro folklor ijodiyoti tashkilotining Osiyo mintaqasi boyicha Bosh kotibi Mun Xyung Suk, Yaponiyaning "Min-on musiqa uyushmasi prezidenti Xiroyasu Kobayashi janoblariga, bugungi marosimda hozir bolgan diplomatik korpus vakillariga samimiy ehtiromimni bildirishdan mamnunman. 

Men uchun qadrdon bolgan Samarqand ahlini korib turganimdan xursand bolganimni bildirib, siz, aziz hamshaharlarimga, barcha-barchangizga ozimning farzandlik mehrim va hurmatimni yana bir bor izhor etaman. 

Aziz musiqa ixlosmandlari! 

Muhtaram dostlar! 

Musiqa sanati insonni hamisha ezgulikka chorlaydigan, har qaysi odamning qalbidagi eng nozik, eng gozal tuygularni uygotadigan buyuk ilohiy kuch, desak, oylaymanki, hech kim bu fikrni inkor etolmaydi. Chindan ham, dunyodagi turli millat, til va etiqodga mansub odamlarni, elu elatlarni hech qanday tarjimonsiz bir-biriga boglaydigan, mushtarak maqsadlar yolida birlashtiradigan musiqa sanati kabi qudratli vositani topishning ozi qiyin. 

Biz bu yil "Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining oninchi oziga xos yubiley anjumanini otkazmoqdamiz. Festivalga asos solingan 1997 yildan buyon ishtirokchi mamlakatlar jogrofiyasi kengayib, ularning soni ikki barobardan ziyod kopayib, 31 tadan 66 taga etganining ozi, oylaymanki, kop narsadan dalolat beradi. 

Bu yilgi musiqa bayramimizga Osiyo va Afrika, Evropa va Amerika qitalarida, Sharq va Garb mintaqalarida joylashgan onlab davlatlardan noyob istedod sohiblari, mashhur ijodiy guruhlar tashrif buyurgani otgan qisqa davrda festivalimizning dovrugi butun dunyoga tarannum etilib, uning obro-etibori va nufuzi tobora ortib borayotganini korsatadi. 

Buning zamirida avvalo festivalning yuksak gumanistik goyalari mujassam bolib, "Samarqand ruhi va falsafasi degan chuqur manoli ibora xalqlar ortasida dostlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, madaniy muloqotni rivojlantirishga, mumtoz musiqa ananalarini asrab-avaylashga olib kelayotgani barchamizni quvontiradi, albatta. 

Bunda avvalambor mana shu maydonda toplangan sizlar kabi haqiqiy sanat ustalarining jonkuyarligi va fidoyiligi, xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, YuNESKOning munosib hissasi, ushbu anjumanni jonu dili bilan qollab-quvvatlab kelayotgan xalqimizning katta xizmatlari borligini yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. 

Hurmatli dostlar! 

Shu kunlarda buyuk Sharq timsoli bolgan kohna Samarqandning zamonlar ruhini ozida mujassam etgan olmas obidalaridan, moviy gumbazlari va yuksak minoralaridan, mahobatli peshtoqlaridan goyoki asrlar sadosi taralayotgandek, shu muqaddas zaminda yashab, ijod qilgan ulug mutafakkirlar, alloma va sanatkorlarning ovozlari yangrab turgandek tuyuladi. 

Biz uchun kohna tarixning ochmas sahifalarini ochib beradigan, Rim kabi "abadiy shahar degan yuksak etirofga sazovor bolgan ana shu shaharda sizlar bilan uchrashar ekanmiz, bugungi kunda turli muammo va ziddiyatlarga tola zamon qanday tez ozgarib, qanday shiddat bilan otib borayotganini chuqur his etamiz. Shu bilan birga, umrimizga mano-mazmun baxsh etadigan madaniyat va sanat olami bilan yaqindan oshno bolish, jahonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, bu gozal hayotni qadrlash, xalqlarimizning madaniy boyliklaridan bir-birimizni koproq bahramand etish zaruratini yanada teran anglaymiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, "Er yuzining sayqali deb shuhrat qozongan kohna Samarqand mana shunday shukuhli ayyomda, tabir joiz bolsa, jahon musiqa sanatining sayqaliga, oziga xos betakror markaziga aylanib borayotgani barchamizni xursand qiladi. 

Amerika Qoshma Shtatlarida chop etiladigan nufuzli nashrlardan biri yaqinda Samarqand shahrini "Dunyoning albatta borib korish kerak bolgan ellikta shahri royxatiga kiritdi. Bu xabar jahon ommaviy axborot vositalari orqali keng tarqaldi va oylaymanki, sizlar bundan xabardorsiz. 

Bu qadimiy shaharning tarixi qanchalik buyuk va sharafli bolsa, uning bugungi hayoti, zamonaviy qiyofasi ham shunga uygun va hamohang ravishda har tomonlama obod va gozal bolib bormoqda. Oylaymanki, festival kunlarida sizlar shahrimizning qadimiy ziyoratgohlari, maydon va xiyobonlari, obod mahallalarida bolib, bu zaminning kopni korgan, kongli ochiq, mard va xushfel, oz urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylab kelayotgan odamlari bilan suhbatlashib, bunga ozingiz ishonch hosil qilasiz. 

Samarqand xalqining mehmondostlik fazilatlaridan bahramand bolib, bu afsonaviy shaharga bir umr maftun bolib qolasiz, sanatni chin dildan sevadigan, uni yuksak qadrlaydigan el-yurtimiz vakillari bilan boladigan samimiy suhbat va muloqotlar yangi asarlar uchun ilhom manbai bolib qoladi, desam, adashmagan bolaman. 

Biz sizlarni nafaqat muhtaram mehmonlarimiz, balki oz xalqining qalbi va ruhini musiqa orqali ifoda etadigan, ularning ezgu orzu-istaklari va salomini etkazadigan tinchlik va dostlik elchilari, ozimizning eng yaqin va aziz dostlarimiz sifatida qabul qilamiz va sharaflaymiz. 

Sizlarning mana shu ulugvor sahnada yangraydigan maftunkor kuy va qoshiqlaringiz, dilbar taronalaringiz har birimizning yuragimizda, xayolimizda uzoq saqlanib qoladi. Oz qimmatli vaqtingizni ayamasdan, bizga mana shunday ajoyib sanat namunalarini, mana shunday quvonchli daqiqalarni baxsh etganingiz uchun barchangizga katta minnatdorchilik bildirish, ozbekona rahmat aytish men uchun katta sharaf. Doimo sog-omon boling, azizlarim! 

Shu yuksak minbardan turib, barchangizga yana bir bor ozimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, festival ishiga muvaffaqiyat tilayman. 

Etiboringiz uchun tashakkur. 


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz