» » Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida

Закладки Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida

Название:
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida
Дата:
31-08-2015, 16:43
Автор:
Просмотры:
485
 
 
 
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

     Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida: 

1. 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o’rta hisobda 1,1 baravar oshirilsin. 

2. 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam: 

ish haqi – oyiga 130 240 so’m; 

yoshga doir pensiyalar – oyiga 254 730 so’m; 

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 254 730 so’m; 

zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 156 310 so’m miqdorida belgilansin. 

3. Belgilab qo’yilsinki, ish haqi hamda pensiyalarga qo’shilgan ustama va qo’shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to’lovlar 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 

4. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda pensiyalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda o’z vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasin. 

5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog’liq sarf-xarajatlar respublika Davlat byudjeti va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilsin. 

Xo’jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirsin. 

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 21 noyabrdagi PF-4672-sonli Farmoni (6-bandi istisno qilingan holda) 2015 yilning 1 sentyabridan o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin. 

7. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2015 yil 26 avgust


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz