Prezident qarori

:
Prezident qarori
:
:
18-07-2015, 17:42
:
:
1591
 
 
 
Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma tort yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 

Xalqimiz asrlar davomida intilib yashagan va kurashgan, mustaqillik degan bebaho nematning qadr-qimmatini teran idrok etish, otgan davr mobaynida bosib otgan ogir va mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli yolimiz, keng kolamli islohotlarimiz, qolga kiritgan ulkan yutuqlarimizning tub mohiyati va ahamiyatini yurtimiz va jahon jamoatchiligiga etkazish, sodda qilib aytganda, biz kecha kim edigu bugun kim bolganimizni anglash, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish, biz uchun eng ulug, eng aziz ayyom bolmish Mustaqillik bayramini yuksak darajada otkazish maqsadida: 

1. Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma tort yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim Ozbekistonim! degan ezgu goyani ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy hamda targibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin. 

3. Mazkur dasturni ishlab chiqishda quyidagi ustuvor yonalishlarga alohida etibor qaratish tavsiya etilsin: 

mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, ozligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va ananalarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini uluglash, soglom va barkamol yangi avlodni shakllantirish boyicha ilgari tasavvur ham qilib bolmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng aks ettirish; 

Ozbekiston oz vaqtida sobiq mustabid tuzumning mamuriy-buyruqbozlik tizimidan, biryoqlama rivojlangan nochor iqtisodiyotdan, "shok terapiyasi kabi nomaqul modellardan butunlay voz kechib, mashhur besh tamoyilga asoslangan oz taraqqiyot yolini qatiy tanlab olgani va dunyoda "ozbek modeli sifatida etirof etilgan ushbu rivojlanish strategiyasining real natijalarini aniq tahlillar orqali ochib berish;

yaqin otmishda qoloq agrar respublika bolgan, iqtisodiyotining asosini paxtachilik va paxtani qayta ishlash korxonalari tashkil etgan Ozbekistonning bugungi kunda sanoati tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan, zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish hisobidan iqtisodiyotda sanoatning ulushi 25 foizga etgan, eksportbop va raqobatdosh mahsulotlarning 60 foizdan ortigi yuqori texnologiyalarga asoslangan sohalarda ishlab chiqarilayotgan, kuch-qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan mamlakatga aylanganini korsatish; 

tarixan qisqa davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,5 barobardan koproq osgani, aholimizning real daromadlari jon boshiga hisoblaganda qariyb 9 barobar oshgani, bunga erishish uchun otgan davr mobaynida iqtisodiyotimizga 190 milliard dollar hajmidagi investitsiyalar, jumladan, 65 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoyalarni jalb etish hisobidan biz uchun mutlaqo yangi bolgan avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yol mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va toqimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarga asos solinganini atroflicha yoritish; 

qishloq xojaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati rivoji uchun keng yol ochib berilgani, bugungi kunda fermer xojaliklarimiz nafaqat qishloq xojaligi mahsulotlarining 90-92 foizini ishlab chiqarayotgani, balki qishloq taraqqiyoti uchun masuliyatni oz zimmasiga olgan qudratli ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanib borayotganini korsatib berish; 

1990 yilda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, gosht, sut va qandolat mahsulotlariga bolgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bolsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi ozimizda ishlab chiqarilayotgani, mustaqillik yillarida aholi jon boshiga gosht istemoli 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlari 1,6 karra, kartoshka 1,7 marta, sabzavot 2 barobardan ortiq, meva qariyb 4 karra kopayganini el-yurtimiz farovonligi tobora ortib borayotganining amaliy tasdigi sifatida talqin etish; 

mustaqillikka qadar mamlakatimizda umuman mavjud bolmagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi bugungi kunda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortigini ishlab chiqarayotgani, mazkur tarmoqda jami ish bilan band aholining 75-77 foizi mehnat qilayotgani va boshqa misollar orqali yurtimizda bu soha jadal rivojlanib, orta sinf mulkdorlar sinfining jamiyat tayanchiga aylanib borayotganini namoyon etish; 

otgan davrda xarid qobiliyati boyicha yalpi ichki mahsulot hajmi aholi jon boshiga 4 marta osgani va hozirgi kunda bu korsatkich 6,5 ming AQSh dollaridan ziyodni tashkil etayotganini bu boradagi amaliy ishlarimizning yaqqol samarasi tariqasida aks ettirish; 

yurtimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va gozal bolib borayotgani, jumladan, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish boyicha joriy etilayotgan dasturlarning ijtimoiy ahamiyatini ochib berish; 

mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholimiz, birinchi navbatda keksa avlod vakillari, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy etibor va gamxorlik korsatish, ularning huquq va manfaatlarini taminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish uchun davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholini qollab-quvvatlash va sotsial sohani mustahkamlashga ajratilayotgan yillik xarajatlar izchil oshib borayotganini, birgina 2014 yilda bu raqam 60 foizdan ortganini mazkur yonalishda olib borilayotgan keng kolamli ishlarimizning mantiqiy natijasi sifatida korsatish; 

zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, oz ona yurtiga mehr va sadoqat tuygusi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bolmaydigan, hal qiluvchi kuch bolib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarning mohiyatini ochib berish. Shular qatorida faqat songgi 5 yilda mamlakatimizda 278 ta bolalar musiqa va sanat maktabi, 523 ta sport inshooti va 100 dan ziyod suzish havzalari qurilgani va rekonstruktsiya qilingani, bugungi kunda 2 million nafar farzandimiz, jumladan, 840 mingdan ortiq qizlarimiz sport bilan muntazam shugullanayotgani va boshqa misollarda soglom turmush tarzi hayotimiz qoidasiga aylanib borayotganini yoritish; 

yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayot, millatlararo dostlik va hamjihatlikni saqlash, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan dostona munosabatlar va ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bolib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish bugun hayotning ozi barchamizdan talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekaniga alohida ahamiyat qaratish;

Ozbekiston erishayotgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng etirof etilayotgani, xususan, Jahon iqtisodiy forumi tomonidan elon qilingan reytingda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-orinni egallagani, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti komagida AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida elon qilingan "Butunjahon baxt indeksida Vatanimiz 158 ta mamlakat ortasida 44-pogonani, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlari orasida 1-orinni egallagani va boshqa misollar yordamida yurtimizning barqaror taraqqiyot suratlarini teran ochib berish; 

biz qolga kiritayotgan bunday yuksak natijalarning asosiy omili va mezoni sifatida birinchi navbatda xalqimizning fidokorona mehnati, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi ortib, fuqarolik pozitsiyasi tobora kuchayib borayotganiga alohida urgu berish. 

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga, Xotin-qizlar qomitasi, "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, "Nuroniy va "Mahalla jamgarmalariga Vatanimiz mustaqilligining yigirma tort yillik bayramini yuksak saviyada nishonlash uchun joylarda hududiy komissiyalar tuzish va tegishli tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirilsin. 

5. Respublika Manaviyat va marifat kengashi tomonidan Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagishlab aholining keng qatlamlari ortasida marifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar otkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va sanatkorlardan iborat manaviy-marifiy targibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi taminlansin. 

6. Respublika komissiyasi oz yigilishlarida belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin. 

7. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida otkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boyicha yuksak mahorat va tajribaga ega bolgan stsenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, istedodli yosh ijrochilar, folklor sanati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin. 

8. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi "Ozbeknavo estrada birlashmasi, "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, "Tasviriy oyina, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari, Badiiy akademiya va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etadigan eng yaxshi qoshiq va musiqa asarlari uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan! respublika tanlovining yakuniy bosqichini, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Nihol mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda "Eng ulug, eng aziz, "Vatan uchun yashaylik, "Ranglar jilosida ona diyor kabi ananaviy korik-tanlovlarni yuqori darajada otkazishni taminlasin. 

9. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari: 

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablaglari hisobidan; 

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi. 

10. Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning yigirma tort yillik bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin. 

11. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin. 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
Toshkent shahri, 2015 yil 17 iyul 

Manba: UzA
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz