» » Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Закладки Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Название:
Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi
Дата:
18-07-2015, 17:24
Автор:
Просмотры:
360
 
 
 
Ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi

Mamlakatimizda ezgulik, saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ayyomi – muborak Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinayotgani yurtimizda diniy bag’rikenglik tamoyillarini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir. 

Davlatimiz rahbarining shu yil 14 iyuldagi "Ramazon hayitini nishonlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq bu yil ham yurtimizda ushbu ayyom keng bayram qilinmoqda. Mamlakatimizdagi barcha jome’ masjidlarida mo’min-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etib, Yaratgandan yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, to’kin-sochinlik va farovonlik bardavom bo’lishini tilab duo qildi. Bir-birini bayram bilan tabriklab, farzandu nevaralariga shirinliklar, sovg’alar ulashmoqda. 

...Poytaxtimizdagi Minor masjidi erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo’ldi. Prezidentimiz g’oyasi bilan milliy me’morlik an’analari asosida barpo etilgan ushbu muazzam masjidning ichki va tashqi ko’rinishida, bahavo ayvonlari, milliy o’ymakorlik uslubida ishlangan ustunlari, bino qubbasida ziynatlangan naqshlarda xalqimizning pok qalbi, olijanob orzu-intilishlari, ezgu niyatlari mujassam. 

– Ramazon hayitining mohiyatida xalqimizga xos yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat kabi fazilatlar o’z ifodasini topgan, – deydi Shomurod ota Hayitov. – Mana shunday e’tiqod erkinligi ta’minlangan, tinch va obod yurtda yashayotganimizga har qancha shukrona aytsak kam. Yoshlar uchun oddiy hol bo’lib tuyular, lekin bu qanday ulkan baxt ekanini biz, katta avlod vakillari juda yaxshi anglaymiz. Axir, bir paytlar muqaddas bayramlarimizni nishonlashdan mahrum edik. Shukrki, bugun hayotimiz butkul o’zgardi. Yurtboshimiz rahnamoligida milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi, bardavom rivojlanmoqda. Bu barchamizni behad xushnud etayotir. 

Yurtimizda ushbu xayru saxovat, mehr-oqibat, shukronalik ayyomini bayramona kayfiyatda kutib olish va o’tkazish uchun qizg’in tayyorgarlik ko’rildi. Bayram munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududida keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shahar va qishloqlarda, ovul va mahallalarda ko’cha va xiyobonlar obodonlashtirilib, muqaddas qadamjolar, qabristonlar tartibga keltirildi. 

"Mahalla”, "Nuroniy” jamg’armalari, ko’plab jamoat tashkilotlari hamkorligida Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylariga homiylik yordamlari ko’rsatildi. Yolg’iz keksalar, boquvchisini yo’qotgan, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, bemorlar holidan xabar olinib, ular moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlandi. 

Ramazon hayiti jamiyatimizda mehr-oqibat, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois ushbu ulug’ ayyom kunida tabarruk otaxon va onaxonlarni ziyorat qilish yaxshi an’anaga aylangan. Zero, yoshi ulug’larni rozi qilish, ularning duosini olish – eng ulug’, eng savobli ishlardan. Keksalarni e’zozlash yilida buning ahamiyati yanada o’zgacha. 

Dilshod Karimov, O’zA 


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz