» » Kitob mutolaa qilasizmi?

Kitob mutolaa qilasizmi?

:
Kitob mutolaa qilasizmi?
:
:
13-07-2015, 02:51
:
858
 
 
 
      Taniqli Ozbek yozuvchisi Xurshid Davron blogida kim qaysi kitob mutolaasi bilan mashgul ekani haqidagi sorov natijasi elon qilingan.

     Ushbu sorovni Anvar Namozov otkazgani xabar qilinadi.

     80 kishi "hozir qaysi kitobni oqiyapsiz", degan savolga javob qaytargan.

     "Kitob mutolaa qilmayotganlar ham keltirilgan. "Faqat gazeta oqiyman" deganlar esa kiritilmadi. Darvoqe, savolimizga javob berganlar orasida bitta kitobni 37 marotiba oqiyotganini aytgan inson rosmanasiga tahsinga sazovor", deyiladi Xurshid Davron blogida.

     Quyida Anvar Namozov tadqiqotining natijalarini elon qilmoqdamiz: 

Xudoyberdi Toxtaboyev, yozuvchi: Men, asosan, Mark Tven, Janni Rodari, Nikolay Nosovlarni oqiyman. Ayni damda esa Dostoyevskiyni mutolaa qilyapman. Uning soz boyligi kuchli, obrazlarda samimiyat bor.

Qambar Ota, shoir: Kitobmi?.. Yoshlar ijodini kuzatib boraman.

Tohir Malik, yozuvchi: Men Erkin Vohidov qalamiga mansub "Tabassum" hajviy sherlarini mutolaa qilmoqdaman.

Erkin Azam, yozuvchi: Qolimda Eshqobil Shukurning "Koz yumib korganlarim" nomli kitobi. Shuni oqiyapman.

Usmon Azim, shoir: Fariduddin Attorning "Tazkirat ul-avliyo"sini mutolaa qilyapman.

Murod Muhammad Dost, yozuvchi, kinodramaturg: "Bogbon alifbosi". Bu kitobni qayta oqiyapman.

Ahmad Azam, yozuvchi: Ochigi, betobligim bois, ikki oydan beri kallamga hech narsa kelmayapti. Faqat kompyuter titkilayman. Ozimni chalgitish uchun mayda-chuyda narsalarga urinyapman.

Xurshid Davron, shoir: Shu kunlarda oqiyotganlarim: 1. Mavlono Rumiyning "Manaviy masnaviy" asarini (Odil Ikrom tarjimasida). 2. Mo Yan. Stati, intervyu; 3. Konstantinos Kavafis. Polnoye sobraniye stixotvoreniy; 4. Elis Munro. Rasskazy.

Sharof Boshbekov, yozuvchi, dramaturg: Men, ochigi, hozircha kitob oqiyotganim yoq. Shu kunlarda oz asarlarimni qayta korib chiqish bilan ovoraman.

Usmon Qochqor, shoir: Xabaringiz bormi-yoqmi, pensiyaga chiqqanman. Ayni kunlarda Ozarbayjon yozuvchisi Elchin qalamiga oid "Oq Tuya"ni oqiyapman.

Shoyim Botayev, yozuvchi: Ibn Batutaning "Sayohatnoma"si mutolaasi bilan mashgulman.

Ulugbek Hamdamov, yozuvchi: Radiy Fish. Jaloliddin Rumiyni qayta oqiyapman.

Abduqayum Yoldoshev, yozuvchi: 1987 yili Isfandiyor Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanidagi mashhur rivoyat asosida "Manqurt haqida afsona" nomli pesa yozgan, hatto asarini ulug adibning oziga oqitib, yozma tarzda maqullatib ham olgan ekan. Pesani shu kunlarda teatrlarimizdan biri sahnalashtirmoqchi bolibdi, shunga muallif mendan asarini tarjima qilib berishni soradi. Tarjimaga kirishishdan oldin Chingiz oganing "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat" romanlarini qayta oqib chiqyapman. Keyingi paytlari advokatlar hayoti bilan qiziqib qolganman. Shu kunlarda amerikalik mashhur olima Leyl Laundesning "Kak govorit s kem ugodno i o chem ugodno. Navyki uspeshnogo obshcheniya i texnologii effektivnyx kommunikatsii" nomli kattagina asarini ham mutolaa qilyapman.

Zulfiya Qurolboy qizi: Dostoyevskiyning "Iblislar" asarini oqiyapman.

Iqbol Mirzo, shoir: Marsel Brionning "Menkim Sohibqiron Jahongir Temur" asarini oqiyapman.

Sanjar Nazarov, noshir: German Gesse qalamiga mansub "Igra v biser" asarini mutolaa qilyapman.

Nigora Umarova, jurnalist: Hozirgi kunda tolaqonli ravishda kitob oqiyapman, deb bolmaydi. Doimiy ravishda oqiydigan kitoblarim esa Quroni karimning shayx Abdulaziz Mansur qilgan manoli tarjimasi va shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tafsiri Hilol" jildlari.

Shahnoza Toraxojayeva, muharrir: Yaqinda Togay Murodning "Bu dunyoda olib bolmaydi" asarini oqib tugatdim. Hozir Shavkat Rahmon va Rauf Parfi kitoblari qolimda.

Jabbor Eshonqul, folklorshunos olim: Zaki Validiy, "Togon tarixi usul".

Sayfiddin Meliyev, rejissyor, aktyor: Yavdat Ilyosov, "Ilon avrovchi"; G.Gesse, "Kurortnik".

Qochqor Norqobil, shoir, yozuvchi: Men Chexov hikoyalarini ruscha originalida oqiyapman. Kuprin va Shukshinning hikoyalarini ham ruschada mutolaa qilish niyatim bor. Bizda ular juda kam tarjima qilingan. Ular judayam zor, degan ozbek yozuvchilarining ustozidir.

Jumagul Suvonova, shoira: Men yunon donishmandlari qalamiga tegishli "Haqiqatning oddiy sozlari" ruknidagi kitobni oqiyapman. Sherlardan Halima Ahmedovaning "Nigoh qiblasi", Xosiyat Rustamovaning "40:0"ini.

Habib Temirov, yozuvchi: Dostoyevskiy qalamiga oid "Iblislar"ni mutolaa qilyapman.

Sohibjon Alijonov, telejurnalist: Men Mixail Zoshchenko qalamiga oid "Mojaro"sini uchinchi marta oqiyapman (tortinchi yoki beshinchi marta bolishiyam mumkin).

Zokir Xudoyshukurov, shoir: Lev Tolstoyning "Urush va tinchlik", M.Sodiqning "Tafsiri hilol" asarlarini mutolaa qilyapman.

Bahodir Mirmaqsudov, aktyor, rejissyor: Shu kunlarda mutolaa qilayotgan kitoblarim: Uchqun Nazarovning "Paymona"si, Nosir Zohidning "Qasos"i.

Nosir Toshmatov, jurnalist: Men Shukur Xolmirzayevning 2-tomini oqiyapman. U kishi bilan hayotligida hamsuhbat bolmaganimdan pushaymonman.

Islom Hamro, "Sharq ziyosi" gazetasi bosh muharriri: Luqmon Borixonning "Tun qaridagi shula"sini; Said Anvarning "Kasb tanlamay men olay"ini.

Muzaffar Ahmad, "Jahon adabiyoti" jurnali bolim mudiri: Beruniy haqidagi ilmiy-biografik adabiyotlarni oqib, organyapman. Keyin Ibn Sinoni organishga kirishaman.

Damin Jumaqulov, "Tafakkur" jurnali xodimi: "Guliston"ni oqiyapman.

Dilshod Nazarov, tadbirkor: Men Xurshid Dostmuhammad hikoyalarini mutolaa qilyapman. Ayniqsa, "Oromkursi" juda yoqib qoldi. Mohirona yozilgan.

Ibrohim Rasulov, kinorejissyor: Akmal Mirzoning "Oq tepalik ogri" romanini mutolaa qilyapman.

Faxriddin Sodiq, yozuvchi, radiojurnalist: Ochigi, kitob oqimayapman shu kunlarda.

Ravshan Xonniyoz, tadbirkor, bir nechta kitoblar muallifi: Men "Otsyuda k velikomu schastyu" kitobini oqiyapman. Champion Toych asari.

Abdulla Sharopov, nashriyot muharriri, tarixchi: Men Behbudiyning "Tanlangan asarlari"ni mutolaa qilyapman.

Dilfuza Komil, shoira: Abu Homid Gazzoliyning "Ihyou ulumid-din" asarini takror oqiyapman.

Akmal Mirzo, radioboshlovchi, "Choy ustida" korsatuvi muallifi: Abdulla Qahhorning "Otmishdan ertaklar" kitobini oqish bilan bandman.

Dilniyoz Gafforov, aktyor: Men oqiyotgan kitob Aleksandr Dyumaga tegishli "If qalasining siri (graf Monte Kristo)" romani.

Odil Soatov, dizayner: Ayni kunlarda kitob oqiyotganim yog-u, oxirgi mutolaa qilganim Dan Braunning "Kod da Vinchi" asari boldi.

Baxtiniso Azimboyeva, psixolog: Hozir men Liza Nikols kitobini oqiyapman. Nomi: "Kak stat xozyainom svoyey jizni".

Xolmuhammad Togaymurod: A.Kamyu, "Vabo" romani va Shekspir sonetlarini oqiyapman.
Baxtiyor Rasulov, tadqiqotchi olim: The New Great Game. The Blood and oil in Central Asia. Mazkur asar Markaziy Osiyoda uglevodorod zaxiralari atrofidagi geosiyosat haqida.

Muhammad Ismoil, shoir: "Tazkiratul avliyo", "Tarixi Roshidiy" Yana Facebook cahifalarini oqib boraman.

Ahror Qoshmatov, "Imkon-shou" korsatuvi boshlovchisi: Men hozirgi paytda vodiylik hajvchi yozuvchi Mamasoli Sarimsoqov (taxallusi Muhammad Sodiq) qalamiga tegishli "Yubilyarning xotini" asarini oqiyapman.

Bahor Guli Abdulloh, jurnalist: Shu kunlarda Otkir Hoshimovning "Xazina"sini qolimdan qoymayapman.

Xurshidbek Ibrohimov, kompyuter dizayneri: Facebook 100 ta kitob degani!!!

Bahriddin Bozorov, rassom-dizayner: Qaysi kitobni oqiyotganimni aytaymi? Marhamat: Odil Yoqubov, "Soz" Mabodo boshqa narsa kerak emasmu? (Nimaga shama qilganini ozi biladi).
Nigora Solihova, jurnalist: Men, asosan, psixologiya va bolalar adabiyotini qizlarim bilan birga oqiyman.

Ravshan Yoldosh, detektiv asarlar muallifi, stsenariynavis: Men faqat ruscha oqiyman. Bruno Travenning "Proklate zolota" asarini mutolaa qilyapman.

Farruhjon Fayziyev, huquqshunos: "Afgon shamoli", muallifi: Ishoqjon Nishonov.

Dilbahor Xudoyberdiyeva, matbuot kotibi: "Hadis va hayot", 29-juzya.

Habiba Rayimova, Londonda ish olib borayotgan tadqiqotchi: Kuni kecha Lev Tolstoy qalamiga mansub "Anna Karenina" kitobining inglizchasini xarid qildim. Galati, ammo tarjimasiga qiziqdim.

Ortiqxoja Norov, jurnalist: Men Viktor Suvorovning "Akvarium" romanini oqiyapman.

Muslimbek Musallamov, shoir: Asqad Muxtorning "El-yurt kerak ekan odamga" kitobini mutolaa qilyapman.

Orif Toxtash, shoir: Ayni damda kamina Rauf Parfining kitobini mazzzzzzza qilib oqiyapman.

Nargiza Roziqova, "Bekajon" gazetasi muharriri: Usmon Azim sheriyatini mutolaa qilish bilan bandman.

Muzaffar Muhammadnazar, Onlayn.uz mamuri: Men A.Namozovning "Notanish" nomli qissasini oqimoqdaman. Bu muallifning "Qiyofa ogrisi"ni mutolaa qilish niyatim ham bor.

Muhayyo Yoldosh: Izzat Sulton, "Ozod"; Jamila Ergasheva, "Gunoh".

Shodmonqul Salom, "Kitob dunyosi" gazetasi bosh muharriri: Shu kunlarda men oqiyotgan kitob Shoyim Botayevning "Qorgonlagan oy" romani hisoblanadi.

Dilmurod Ergashev (Doktor D), shifokor, aktyor: I.Ilf, Ye.Petrov, "Zolotoy telyonok".

Komil Majid, shoir: Shavkat Rahmon va Usmon Azim saylanmasini mutolaa qilmoqdaman.

Komila Nosirova, jurnalist: Hozir Isajon Sultonning "Boqiy darbadar" kitobini oqiyapman.

Nilufar Yunusova, jurnalist: Uilyam Folknerning qissa va hikoyalarini mutolaa qilyapman.

Fozil Jabbor, jurnalist: Lev Tolstoy, "Anna Karenina".

Alisher Nazarov, "Yoshlik" jurnali xodimi: Ayni damda Rasul Hamzatov qalamiga oid "Mening Dogistonim"ni oqish jarayonidaman.

Umid Kochimov, shoir: Marina Tsvetayevaning "Tanlangan asarlari"ni mutolaa qilyapman. Hali tugatmadim, ruscha talqinda. Yana Talant Bek degan shoirning "Feruza osmon" sheriy toplamini oqiyapman.

Maqsud Jonixonov, jurnalist: yozuvchi Sadulla Siyoyevning "Yassaviyning songgi safari" nomli romanini ikkinchi marta oqiyapman. Juda ajoyib asar.

Gayrat Majid, shoir: Alixontora Soguniy qalamiga oid "Tarixi Muhammadiy" kitobini mutolaa qilyapman.

Abror Zohidov, "7x7" gazetasi bosh muharriri: Men Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarini 37-marta mutolaa qilyapman.

Xursand Tolibayev, filolog: Shukur Xolmirzayev hikoyalarini oqiyapman. Rauf Parfini ham.

Jorabek Ramazonov, shoir: Deyl Karnegi toplamining 200 betini oqib, toxtatib qoygandim. Hozir shuni davom ettiryapman.

Anvar Shermatov, tadqiqotchi: Men shu kunlarda Bush-Clan nomli kitobni nemis tilida mutolaa qilyapman (USAning sobiq prezidenti avlod-ajdodi haqida). Bu kitob ingliz tilidan nemischaga tarjima qilingan.

Hasan Toshxojayev, shoir: Nikolay Nosovning Bilmasvoy haqidagi kitobini mutolaa qilyapman. Togrirogi, bolamga oqib berish orqali takrorlayapman.

Anvar Jalolov, tadbirkor: 1) "Konets istorii", F.Fukuyama; 2) "Transformatsiya raznoobraziya", Alen Tyuring. Eng asosiysi, "Mehrobdan chayon"ni qaytadan oqib boshlaganman. "Konets istorii" kitobida inson tarixi nafaqat moddiyat bilan, balki bilimlar majmuasi va uning rivojlanish yonalishi bilan belgilanishi isbotlanishga harakat qilingan. "Transformatsiya raznoobraziya" koproq ilmiy maqola sifatida yozilgan, juda koplab fikrlar ilgari surilgan. Masalan, nima uchun bir xil narsalarning kopligi xilma-xillikni keltirib chiqaradi, degan savol kotarilgan. Barcha gishtlar bir xil-u, lekin ulardan turlicha binolar quriladi. Shu printsipni kattarogiga qollasangiz Atomlar hammasi bir xil, lekin ularning katta uyushmasidan turli jonzotlar paydo boladi. Nima uchun? Odamlar tuzilishidan bir xil-u, biroq ularning ozlari turlicha! Ota-onasi bitta bolsa ham! Shu kabi masalalar. Juda qiziq!

Luqmon Borixon, yozuvchi: Qaysi kitobni oqiyapman? Adashdingiz-ov, men oquvchi emas, yozuvchiman. Oxirgi marta esa Abdugani Ilashev deganning "Davr nafasi" nomli kitobini oqib chiqdim. Jizzaxlik adib. Har holda nigohlari tiniq, falsafasi teran.

Behbud Botirov: Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asarini oqiyapman.

Javohir Zokirov, aktyor: Apuley, "Zolotoy osyol".

Akbarxoja Rasulov, aktyor: Kniga E.E.Shmidta, "Oskar i rozovaya dama".

Asliddin Suyunov, jurnalist: "Posmodern dunyoda qiblani tanish", Timotti asari (Faxriddin Nizom tarjimasi).

Tanlant Bek, shoir: Rumiyning "Manaviy masnaviy" asarini Odil Ikrom tarjimasida oqib chiqdim. Hozir shuni Jamol Kamol tarjimasida varaqlayapman.

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz