» » Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

:
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
:
:
26-06-2015, 20:40
:
897
 
 Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
 
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli dostlar!

Avvalo, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, mustaqilligimizni mustahkamlash yolida jonkuyarlik va jonbozlik korsatib mehnat qilayotgan siz, aziz jurnalistlar, radio va televideniye, nashriyot va matbaa sohasi xodimlariga ozimning chuqur hurmatimni bildirib, sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan millionlab muxlislaringiz, butun el-yurtimiz qatori chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Shu xursandchilik kunda barcha-barchangizni samimiy qutlar ekanman, Sohibqiron Amir Temur bobomizning: "Adolat va ozodlik dasturingiz va rahbaringiz bolsin. Millatning dardlariga darmon bolmoq vazifangizdir, deb aytgan chuqur manoli davati xalqimizning fidoyi farzandlariga, avvalambor, hamisha el-yurt tashvishi va manfaati bilan yonib yashaydigan siz, matbuot ahliga qaratilgan, desam, oylaymanki, kopchilik jamoatchiligimizning fikrini ifoda etgan bolaman.

Muhtaram dostlar!

Hammamizga malum, bugungi kunda jahon miqyosidagi globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamoni, qolaversa, boshimizdan kechirayotgan hayotning ozi oldimizga qoyayotgan, tobora kuchayib borayotgan talablarni hisobga olmasak, shiddatli davr bilan hamqadam bolib yashamasak, oz-ozidan ayonki, strategik maqsad va vazifalarimizni amalga oshirishimiz, taraqqiy topgan zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga kirishimiz gumon bolib qoladi.

Bu yuksak talabni barchamiz, birinchi navbatda doimo jamiyatning oldingi saflarida bolib kelayotgan siz, matbuot ahli yaxshi tushunasiz, anglaysiz, deb bilaman.

Ayni shu talabni inobatga olgan holda, keyingi yillarda Ozbekistonda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi orni va tasirini, ularning faoliyati samaradorligini yanada oshirish, media tarmoqlarining huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangilash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi va nufuzini kotarish, soha xodimlarining mehnatini moddiy va manaviy ragbatlantirish yolida, aytish mumkinki, katta ishlar amalga oshirildi.

Ayniqsa, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida qanday muhim dastur va tadbirlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi malum, albatta. Xususan, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi qonunning qabul qilinishi fuqarolarimizning axborot sohasidagi huquq va manfaatlarini taminlash, davlat va jamoatchilik ortasida ochiq va samarali muloqot olib borish boyicha ommaviy axborot vositalarining roli va tasirini oshirishda yangi, yuksak bosqich boldi, desak, yanglishmagan bolamiz.

Bu borada ayrim misollarga murojaat qiladigan bolsak, jamiyat hayotining kozgusi bolgan ushbu sohani rivojlantirish boyicha songgi yillarda katta amaliy qadamlar qoyganimiz yaqqol ayon boladi.

Bugungi kunda yurtimizda 1400 ga yaqin ommaviy axborot vositasi faoliyat korsatmoqda. Ularning orasida ananaviy axborot vositalari bolmish gazeta-jurnallar, tele va radiokanallar bilan birga eng zamonaviy va ilgor media tarmoqlari raqamli va mobil televideniye, internet-televideniye, internet-radio, umuman, internet jurnalistikasi milliy axborot maydonida tobora mustahkam orin egallab borayotganini alohida qayd etish lozim.

Hozirgi vaqtda Ozbekiston telekanallarining dasturlari global tarmoq orqali real vaqt rejimida dunyoning koplab mamlakatlarida namoyish etilmoqda. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida keyingi paytda tashkil etilgan "Madaniyat va marifat, "Dunyo boylab, "Bolajon telekanallari qatorida "Diyor, "Oilaviy, "Kinoteatr, "Navo kabi yangi telekanallar xalqimizning ilmiy-marifiy, manaviy-madaniy saviyasini yuksaltirish, mazmunli hordiq chiqarishga bolgan ehtiyojini qondirish yolida oz faoliyatini takomillashtirib borayotgani etiborga loyiq.

Ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa korxonalari, matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni qollab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Prezident qaroriga binoan ular uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar mazkur tuzilmalarning mustaqilligini sozda emas, amalda taminlashda qulay moliyaviy sharoit tugdirib, ushbu sohada mehnat qilayotgan ming-minglab ishchi va xodimlarning daromadini, moddiy farovonligini oshirish bilan birga boshqa bir qator tarmoqlar rivojiga ham katta ijobiy tasir korsatmoqda.

Bularning barchasi, hech shubhasiz, mamlakatimiz axborot maydonida soglom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish, matbuot minbari orqali barcha ijtimoiy qatlamlarning fikr va qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun mustahkam zamin bolmoqda.

Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda ommaviy axborot vositalarining fidoyilari bolgan, turli dolzarb masalalarni qalbidan, yuragidan otkazib, bu sohaning boshqa tarmoqlardan kam bolmasligi uchun doimo intilib yashaydigan siz, muhtaram jurnalistlar bir haqiqatni albatta yaxshi anglaysiz, deb ishonaman: bugungi kunda, ayni shu murakkab va qaltis zamonda dunyoda, yon-atrofimizda roy berayotgan voqea-hodisalarni chuqur idrok etish, ularning tub mohiyatiga yetib borish uchun avvalo odamlarda mustaqil fikrlash va yana bir bor mustaqil fikrlashni shakllantirish talab qilinadi.

Turli goya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda yolgonni rost, rostni yolgon, deb korsatishga urinish, axborot-kommunikatsiya vositalarini ozining uzoqni kozlaydigan manfaatlariga xizmat qilishga majbur etish, garazli maqsadlar yolida odamlarni, millatlarni bir-biriga qarama-qarshi qoyish, ularni hayotdan norozi qilish, turli soxta malumotlarni tarqatish, ozgalarni pisand qilmasdan, kuchi yetadigan davlatlarga popisa va zoravonlik korsatish, hech kim bilan hisoblashmay kuch ishlatish holatlari avvalambor ommaviy axborot vositalarining bugungi oquvchi, tinglovchi va tomoshabinlaridan oqni qoradan, haqiqatni uydirma gaplardan ajratish uchun ozining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bolishini taqozo etadi.

Hozirgi vaqtda yon-atrofimizda ozini oqlamagan va umrini otab bolgan eski tizim va mafkuralarni qomsashga bolgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib borayotgan bir paytda bunday kuchlarning qarmogiga tushib qolmaslik uchun axborot sohasida yetti olchab bir kesish, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning kozini keng ochib berish, ularni irodasi mustahkam, iymoni baquvvat insonlar etib tarbiyalashda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining orni va masuliyati tobora ortib bormoqda va bu ota muhim vazifani ado etishda biz avvalo sizlarga, sizlarning bilim va tajribangiz, professional mahoratingiz, grajdanlik pozitsiyangizga tayanamiz.

Yoshlarimizni aynan ana shu ruhda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, har tomonlama barkamol avlodni kamol toptiradigan bolsak, hech shubhasiz, ertangi hayotimizning eng mustahkam poydevorini qurgan bolamiz.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuksak kasb mahoratiga ega bolgan yetuk jurnalistlar, tahlilchi va sharhlovchilarni, muxtasar aytganda, oz kasbining haqiqiy ustasi bolgan mutaxassislarni tayyorlash masalasi hamon dolzarb bolib turibdi, desam, oylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoshilasiz.

Barchamiz yaxshi tushunamiz, bu vazifani amalga oshirish uchun mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining xalqaro axborot maydoniga kirib borishi, dunyoda nom qozongan nufuzli mediakompaniyalar, chet ellardagi hamkasblari bilan samarali ijodiy aloqalar ornatishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Haqiqatan ham, biz oz oldimizga rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga kotarilishdek yuksak maqsadni qoygan ekanmiz, boshqa sohalar qatori axborot olamida ham ilgarilab ketgan davlatlardan organish, ayni shu asosda ommaviy axborot vositalari xodimlarining bilim va tajribasi, kasb mahoratini oshirishga jiddiy etibor qaratishimiz zarur.

Shu orinda ilgari ham aytgan bir fikrni takrorlashni joiz deb bilaman.

Bugungi globallashuv asrida har qaysi inson, har qaysi kasb egasining oz malakasi va saviyasini oshirishi uchun qandaydir mafkuraviy tosiq va cheklashlar qolmaganini barchamiz yaxshi bilamiz. Gap faqat oqib-organishdan, izlanishdan tortinmaslik, oz oldiga aniq maqsad qoyib, bu yoldan qatiyat bilan ilgarilab borishga bogliq.

Bunday dolzarb vazifalar avvalambor oliy oquv yurtlarida shu soha boyicha dars beradigan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni yoshlarga orgatadigan oqituvchi va domlalarga tegishli, desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Shu manoda, keyingi yillarda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlaridan 600 nafardan ziyodi xorijiy davlatlarda malaka oshirib, tajriba almashib qaytgani albatta etiborga sazovordir. Ayni vaqtda katta ahamiyatga ega bolgan bu yonalishdagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yanada kuchaytirishni bugungi hayotning ozi taqozo etmoqda.

Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining jahon jurnalistikasining ilgor ish uslublari va yutuqlarini, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta egallashi uchun zarur komak va yordam berish, shu bilan birga, siz, hurmatli jurnalistlarning oldida paydo bolayotgan turli muammolarni birgalashib yechish uchun davlatimiz tomonidan barcha chora va tadbirlar albatta koriladi.

Mana shunday ota muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirish yolida barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gayrat, yangi omadlar tilayman.

Aziz boshingiz doimo omon bolishini istayman.

Islom Karimov,
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: O'zA

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz