Закладки Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

Название:
Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
Дата:
26-06-2015, 20:37
Автор:
Просмотры:
616
 
 Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
 
Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!

     27 iyun – mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu sanani hayotini o’tkir va ta’sirchan kuchga ega bo’lgan, og’ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli, xalqimizni axborot bilan ta’minlashdek olijanob ishga bag’ishlagan kasb egalarigina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham keng nishonlaydilar.
     Zero, hayotimizning biron sohasini ommaviy axborot vositalari faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. Yurtimiz taraqqiyoti yo’lidagi ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarish, istiqlol ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, xalqimiz ma’naviyatini boyitish sohasidagi xayrli ishlarda jurnalistlarning munosib xizmati bor. Xolislik va haqqoniylik, Vatan va milliy manfaatlarni o’z faoliyati mezoni deb bilgan kasb sohiblarining qalamidan to’kilgan so’zlar har bir inson qalbiga yo’l topadi. Shu sababli ham ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash yurtimizda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti hisoblanadi.
     Bugun bo’lib o’tgan tantanali yig’ilish shu sanaga bag’ishlandi. Unga vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o’quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o’qituvchilari va talaba yoshlar taklif etildi.
     Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi o’qib eshittirildi.
     Qayd etilganidek, mamlakatimizda fuqarolarning so’z erkinligiga doir huquqlarini ro’yobga chiqarish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash, soha hodimlarining manfaatlarini himoyalash borasida barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Qator qonun hujjatlarining bugungi davr ruhiga hamohang tarzda takomillashib borayotgani ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, sohadagi demokratik islohotlarni tobora chuqurlashtirishda muhim omil bo’lmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida esa milliy ommaviy axborot vositalari uchun yanada keng imkoniyatlar ochish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan ustuvor yo’nalishlar belgilangan. Jumladan, unda qabul qilish taklif etilgan qonunlar fuqarolarning axborot sohasidagi huquqlarini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning hokimiyat va jamoatchilik o’rtasidagi aloqalarini tobora kuchaytirish, milliy axborot makonini izchil rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi ahamiyatini kuchaytirishda muhim o’rin tutadi. Ayni paytda mamlakat parlamentida bu qonunlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
     Respublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lgan nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirilgani ham e’tiborga molik. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida bir qancha jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shular jumlasidandir.
     Yana shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda keyingi yillarda sun’iy yo’ldosh aloqa tarmog’i orqali teleradiodasturlarni tarqatish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Yurtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko’rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jahonga uzatilmoqda.
OAV uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishiga ham katta e’tibor berilmoqda. Ayni paytda O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qoraqalpog’iston davlat universitetida mamlakatimiz OAV uchun jurnalist kadrlar tayyorlanmoqda.

Manba: Journalist
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz