» » Vatan himoyachilariga bayram tabrigi!

Vatan himoyachilariga bayram tabrigi!

:
Vatan himoyachilariga bayram tabrigi!
:
:
14-01-2015, 07:10
:
:
709
 
 
 
 
 
Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi

      Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, qadrli yurtdoshlar! 

     Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug sana Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 23 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat bagishlaydi. 

     Mustaqil demokratik Ozbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish boyicha biz bosib otgan buyuk va shonli yol milliy armiyamizning yon-atrofimizdagi murakkab va tahlikali vaziyatda toblangan, Vatanimiz mustaqilligi, suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotining hamisha ishonchli kafolati bolib kelgan va bugungi kunda ham shunday bolib qolayotganini necha bor isbotlab bergan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining shakllanishi bilan uzviy va chambarchas bogliq holda kechdi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Har qanday davlatning kuch-qudrati va imkoniyatlariga uning armiyasining jangovar qobiliyati va jangovar tayyorgarligiga qarab baho berilishi bejiz emas va bunday qarash mustahkam asosga egadir. 

     Biz suveren Ozbekistonning Qurolli Kuchlarini tashkil etish jarayonida harbiy qurilish sohasida meros bolib qolgan tajribadan togridan-togri nusxa kochirishdan voz kechib, aniq va real geostrategik va geosiyosiy sharoitni, zamonaviy urushlar va qurolli mojarolarning qanday xususiyatlarga ega ekanini har tomonlama hisobga oldik, Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berishi mumkin bolgan harbiy harakatlar teatrining oziga xos jihatlari tahlilidan kelib chiqib ish tutdik va shuningdek, ozimizning azaliy milliy fazilat va ananalarimizga tayandik. 

Harbiy qurilish, qoshinlarning xizmat-jangovar faoliyatini tashkil etish sohasidagi ilgor xorijiy tajriba va zamonaviy harbiy sanat yutuqlarini chuqur organish va ulardan foydalanish asosida ishlab chiqilgan, bosqichma-bosqich va ozaro bogliq islohotlar dasturlarini samarali va izchil amalga oshirish armiyamizni tashkil etishning kop jihatdan hal qiluvchi sharti va garovi boldi. 

Shu manoda, xorijiy davlatlarning mudofaa idoralari bilan ozaro hamkorlikni chuqurlashtirish bizning eng muhim ustuvor vazifamiz bolib qolmoqda. Ana shunday xorijiy mudofaa idoralari bilan ozaro manfaatli sheriklik munosabatlari ornatilgan bolib, bunday hamkorlik kengayib bormoqda, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik doirasidagi yillik rejalar amalga oshirilmoqda. 

Bizning Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarimizga muvofiq, harbiy qoshinlarni modernizatsiya qilish va ularni eng yangi qurol-yarog va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bolib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqdamiz. 

Hech shubhasiz, ilgor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda, oquv jarayonlariga talimning innovatsion shakl va usullarini joriy etish orqali Qurolli Kuchlar akademiyasi, harbiy bilim yurtlari, serjantlar tayyorlash maktablarida harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini eng yangi metodlar asosida takomillashtirish borasidagi uzluksiz ishlarimiz dolzarb ahamiyatga egadir. 

Shu manoda, ofitser va serjantlar tarkibining professional malakasini oshirishda etakchi xorijiy davlatlar armiyalaridagi harbiy xizmatchilarni tayyorlash va ularning xizmat faoliyatini tashkil etish tizimini chuqur organish hamda bu tizimni bizning sharoitimizga moslab joriy etish katta ijobiy rol oynaganini qayd etish lozim. 

Bu sohada amalga oshirilayotgan aniq chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz ofitserlar tarkibi ozining dunyoqarashi, bilim va tajribasini doimiy ravishda kengaytirib, yuksak kasbiy malaka va manaviy-axloqiy fazilatlarga, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega bolib bormoqda va oz oldida turgan vazifalarni hal etishda nostandart yondashuvlarni faol qollashga qodir bolmoqda. Serjantlar sozda emas, amalda ofitserlarning eng ishonchli va yaqin yordamchisi hamda tayanchiga, askarlarimizning mehribon murabbiysiga aylandi, desak, hech qanday mubolaga bolmaydi. 

Mudofaa qurilishi sohasida boshqaruv organlari va qoshinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosiy vazifalardan biri bolib qolmoqda. Bugungi harbiy oquv mashgulotlari mustaqillikning birinchi yillarida otkazilgan mashqlardan tubdan farq qiladi. Yildan-yilga jangovar sharoitlarga eng kop darajada yaqinlashtirilgan holda otkazilayotgan bunday oquv mashgulotlari qoshinlar tayyorgarligining butun tizimini tanqidiy tahlil qilish, har bir batalon va vzvodning imkoniyatlarini, shuningdek, jangovar vazifalarni bajarishda tanlangan usullarning maqsadga muvofiqligi va mavjud vaziyatga aynan mos kelishini bolinmalarning bir-birining ornini qay darajada bosa olishi va shaxsiy tarkibning ozaro yaqin bolgan turdosh mutaxassisliklarni qanchalik puxta egallagani nuqtai nazaridan baholash imkonini beradi. 

Milliy armiyamizni shakllantirish va isloh qilish jarayonida toplangan tajribani barcha toifadagi harbiy xizmatchilar, chaqiriq yoshiga etmagan oglonlarimiz ortasida har tomonlama targib qilish va aniq maqsadga yonaltirilgan ishlarni tashkil etishda keng qollash faoliyatimizning muhim yonalishi hisoblanadi. Armiyada xizmat qilish yosh avlodimiz uchun alohida mano-mazmunga ega bolib, uning nufuzi tobora ortib bormoqda. Bunday xizmatning jozibadorligi faqat yaratib berilayotgan imtiyozlar va harbiy xizmatchilarning ijtimoiy va moddiy jihatdan yuqori darajada taminlangani bilangina bogliq emas, albatta. Bu, avvalambor, armiya yosh avlodimiz uchun haqiqatan ham mardlik va mustahkam irodani, yuksak vatanparvarlik tuygusini, Vatanimizga sevgi va sadoqat hislarini tarbiyalaydigan hayot maktabiga aylangani bilan izohlanadi. 

Mustaqillik yillarida har tomonlama tayyorgarlikka ega va armiyada chiniqish maktabini otagan, har qanday fursatda Vatan himoyasi uchun tayyor bolgan butun bir avlod voyaga etdi va mustahkam oyoqqa turdi, deb gurur va iftixor bilan takidlashimiz mumkin. 

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash, ularning ijtimoiy-maishiy, yashash va xizmatni otash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish alohida ahamiyatga molik vazifa bolib qolmoqda. Oz hayotini ushbu sharafli kasbga bagishlagan har bir harbiy xizmatchi yaxshi bilishi shart: uning muammolari etiborsiz qolmaydi va oilasining tinchligi va farovonligi ishonchli ravishda kafolatlangan. 

Yurtimizda 2015 yilning Keksalarni ezozlash yili deb elon qilinishi bizdan urush qatnashchilari va Qurolli Kuchlarimiz faxriylarini moddiy va ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularga har tomonlama gamxorlik, chinakam insoniy mehr va etibor korsatishga qaratilgan hukumat qarorlari va davlat dasturlarini sozsiz bajarishni talab qiladi. 

Bugungi kunda koplab muhtaram faxriylar va ustozlarimiz ozining noyob tajribasi, bilim va malakasini Vatan himoyachilarining yangi avlodiga orgatib, mamlakatimizni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. 

Shuni unutmasligimiz kerakki, harbiy xizmatchilarning har jihatdan farovon hayoti mamlakatimizda harbiy xizmatning nufuzi va obro-etibori naqadar yuksak ekanini namoyon etadigan eng yorqin korsatkichdir. 

Hurmatli vatandoshlar! 

Bugungi kunda bizning yaqin va olis yon-atrofimizda vujudga kelayotgan vaziyatga baho berar ekanmiz, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning kolami kengayib borayotganini, yani, paydo bolayotgan qarama-qarshiliklarni hal etishda kuch ishlatishga zor berish ustunlik qilayotgani, xomashyo resurslari va kommunikatsiyalar ustidan nazorat qilish boyicha geosiyosiy raqobatning oshgani, yadro texnologiyalari va ommaviy qirgin qurollarining tarqalishi, xalqaro terrorizm va ekstremizmning keng tarqalayotgan ekspansiyasining faollashuvi, millatlar va konfessiyalararo mojarolarning kuchayayotganini etirof etmaslik mumkin emas. 

Dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelayotgan xavf-xatar, nizo va ziddiyatlar hamda qarama-qarshiliklar tobora kuchayib borayotganini, ular tinch yol bilan hal etilmasdan, aksincha, keskinlashayotganini afsus bilan tan olishga majburmiz. 

AYSAF deb nom olgan tinchlikparvar kuchlarning Afgonistondan olib chiqib ketilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar uchun jiddiy sinovga aylanmoqda. Iroqdagi achchiq tajriba yaqqol korsatganidek, Afgonistonda yuzaga keladigan har qanday boshliqni bu mintaqaning katta hududiga ozining vayronkor tasirini yoyishga qodir bolgan turli buzgunchi va terrorchi guruhlar, fanatik kuchlar qisqa fursatda egallab olishi mumkin. 

Bugungi kunda noananaviy tahdidlar xalqaro mojarolarning qiyofasini butunlay ozgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tugdirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur etkazish, avvalo, uning manaviy-axloqiy asoslariga tasir otkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalardan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, manaviy qadriyat va ananalarimizga mutlaqo zid bolgan buzgunchi goya va tushunchalarni yoshlarimizning ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. 

Shuning uchun mintaqamizda va butun dunyoda murakkab va oldindan aytib bolmaydigan vaziyat vujudga kelgan bir sharoitda hushyor va ogoh bolish, erishilgan natijalardan xotirjamlik tuygusiga berilmaslik, Qurolli Kuchlarimizni yanada izchil isloh qilish boyicha qatiy say-harakatlarimizni davom ettirish, chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin bolgan barcha urinishlarning oldini olish borasida milliy armiyamizning tayyorgarligini kuchaytirish, biz tanlab olgan taraqqiyot yoliga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzkor harakatlarga oz vaqtida va munosib zarba berish ota muhim, deb hisoblayman. 

Shu munosabat bilan Ozbekiston Respublikasi ozining tinchliksevar siyosatiga hamisha sodiq bolib kelganini va shunday bolib qolishini yana bir bor takidlash zarur. Bizning Harbiy doktrinamiz mudofaa xususiyatiga ega bolib, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash, birinchi navbatda, davlat suvereniteti va mamlakatimiz hududiy yaxlitligini, odamlarimizning tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishga yonaltirilgandir. Mamlakatimiz Mudofaa doktrinasiga kora, bizning armiyamiz Ozbekiston Respublikasidan tashqaridagi harbiy harakatlar va operatsiyalarda ishtirok etmaydi. 

Qadrli dostlar! 

Mana shu qutlug bayram ayyomida siz, azizlarni Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barcha harbiy xizmatchilar askar va serjantlar, ofitser va generallarga, shuningdek, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga, mutaxassis fuqarolarga, oz taqdirini ona Vatanimizni himoya qilishdek muqaddas, sharafli va masuliyatli burchni ado etishga bagishlagan barcha-barcha insonlarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. 

Yangi 2015 yilda barchangizga mustahkam soglik, baxt va omad yor bolsin! 

Islom Karimov, 
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, 
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni  

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz