So'nggi yangiliklar

:
So'nggi yangiliklar
:
1-09-2014, 03:42
:
2554
 

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Boritosh Mustafoev oz lavozimidan ozod qilindi.


 

     Oliy Majlis Senatining on beshinchi yalpi majlisida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining orinbosari etib saylangan. Senatning tegishli qarori qabul qilingan.

 

     Boritosh Mustafoev 1949 yilda tavallud topgan bolib, Oliy sud raisi sifatida 2006 yilning noyabr oyidan beri ishlab kelayotgan edi. U bungacha turli lavozimlarda ish olib borgan. Bosh prokuror, Prezidentning davlat maslahatchisi, Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi, adliya vaziri lavozimlarida ishlagan.

 

     Ozbekiston Respublikasi Senatining on beshinchi yalpi majlisida Ozbekiston Respublikasi Oliy sudining yangi raisi saylandi.

 

     Shoyunus Goziev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan, Oliy sud raisi sifatida saylangan. U bungacha Oliy sud raisining birinchi orinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

     Shu paytga qadar Boritosh Mustafoev Oliy sud raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

      Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan, Oliy sud raisi Prezident taqdimiga binoan Senat tomonidan saylanadi.


 

 

Ozbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi


 

 

     Ozbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 22 avgustdagi farmoniga muvofiq, "El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi. 

 

     Ozodbek Nazarbekov 2007 yili "Ozbekistonda xizmat korsatgan artist, 2010 yilda esa "Ozbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bolgan edi.

 

     Farmonga muvofiq, Ozbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhamad Ali ham "El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi. Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boyicha orinbosari Iqbol Mirzo esa "Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlandi.

 

     OzFA akademigi, adabiyotshunos olim Azizxon Qayumov esa "Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.


 

Hamza tumani Yashnobod tumaniga ozgartirildi


 

     Oliy Majlis Senatining on beshinchi yalpi majlisida Toshkent shahar Hamza tumanining nomi ozgartirildi.

     Parlament yuqori palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu hujjat Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Geografik obektlarning nomlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq tayyorlanganligi va kiritilganligi korsatib otildi.

 

     Xabarda qayd etilishicha, ushbu masala Toshkent shahri aholisi ortasida, fuqarolar yiginlari faollarining, jamoat tashkilotlari vakillarining, xususan, "Mahalla xayriya jamoat fondi, Ozbekiston Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar vakillarining majlislarida oldindan muhokamaqilindi.

 

     Senatorlar hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik obektlarga nom berish va ularning nomini ozgartirish masalalari boyicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Toshkent shahar Hamza tumanining nomini Yashnobod tumani deb ozgartirish togrisida qaror qabul qildilar.

 

     Bundan avvalroq, Hamza tumani ozgartirishning vaqti etib kelgani haqida turli fikr-mulohazalar bildirilgan edi.


 

Ozbekistonda 15 mingga yaqin belarus millatiga mansub kishi istiqomat qilmoqda


 

     Ozbekistonda 130dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. 140ga yaqin milliy madaniyat markazlari faoliyat korsatmoqda.

 

     Svitanak belarus madaniyat markazi raisi Liliya Belozerovaning malum qilishicha, Ozbekistonda ayni damda belarus millatiga mansub qariyb 15 ming kishi istiqomat qiladi.

     Yaqin kunlarda markazda belarus milliy taomlari va amaliy sanatiga bagishlangan korgazma tashkil etiladi.


 

Otgan hafta davomida 234ta yongin sodir boldi


 

     Otgan haftada Ozbekistonda 234ta yongin sodir bolgan. Bu haqda IIV rasmiy sayti xabar berdi.

 

     Yonginlar oqibatida ikki nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan va uch nafar fuqaro halok bolgan. Ushbu yonginlarda 945 million 439 ming 248 som miqdorda qurilish materiallari va 861 millon 204 ming 642 som miqdorda moddiy boyliklar saqlab qolingan.


 

Qirgiziston hukumatining rasmiy sayti yana hujumga uchradi


 

     Yakshanba kuni nomalum xakerlar Qirgiziston hukumatining rasmiy saytiga hujum uyushtirishgan.

 

     Saytga kirish vaqtida avval sahifaning xavfli ekani haqidagi xabar, song FOREX valyuta bozori sahifasi namoyon bolgan.

Ular shunchaki kompyuter bezorilari bolishi mumkin, dedi hukumat matbuot kotibi.

     Hozirda mutaxassislar muammo sabablarini aniqlab, uni bartaraf etishmoqda.

 

     Xabarda qayd etilishicha, Qirgizistonhukumat sayti avval ham xakerlar hujumiga uchrab turgan. Ulardan eng shov-shuvlisi 2007 yil parlament saylovlaridan ikki kuni avval sodir etilgan.

 

     2012 yilda esa buzgunchilar hukumat saytini buzgach, ekranga "arab bahoridagi ommaviy tartibsizliklar tasvirlangan kadrlarni joylashtirgan edi.


 

AQSh Kongressi Barak Obamani sud qilish uchun 350 ming dollar sarflaydi


 

     AQSh Kongressi Vakillar palatasi mamlakat prezidenti Barak Obamani javobgarlikka tortish boyicha sud jarayonini olib borishga 350 ming dollar sarflaydi.

 

     ITAR-TASS axborot agentligining xabar berishicha, AQSh parlamenti quyi palatasining mamuriy masalalar boyicha qomitasi raisi Kendis Miller va Vashingtondagi BakerHostetler advokatlik idorasi ortasida tegishli shartnoma imzolangan. Unga kora, advokat Devid Rivkin kongressmenlarining manfaatlarini sudda himoyaqiladi.

 

     Shartnoma muddati 2015 yilning 3 yanvariga qadar belgilangan. Shartnoma shartlariga kora, advokatlar oz xizmati uchun soatiga 500 dollar oladi. Millerning qayd etishicha, AQSh prezidenti konstitutsiyadan ustun emas va u belgilagan meyordan chiqib ketmasligi kerak.

 

     Demokratlar kontrakt tuzilgani haqidagi xabarni sarkazm bilan qabul qilishdi. "Biz nihoyat respublikachilar advokatlik idorasi bilan soatiga 500 dollarlik shartnomani tendersiz tuzganiga guvoh boldik, dedi demokratlar partiyasining Vakillar palatasidagi etakchisi Nensi Pelosi.

 

     Iyul oyida Vakillar palatasida kopchilikni tashkil qiladigan respublikachilar AQSh prezidenti Barak Obamani sogliqni saqlash tizimini isloh qilishda oz vakolatlarini suiistemol qilgani uchun javobgarlikka tortish togrisida rezolyutsiya qabul qilgan edi.


 

 

Amerikalik jurnalistni boshidan judo qilgan terrorchining shaxsi aniqlandi


 

 

     Buyuk Britaniyaning MI5 va MI6 maxsus xavfsizlik xizmatlari amerikalik jurnalist Jeyms Foulini boshidan judo qilgan terrorchining shaxsini aniqlashdi.

 

     The Sunday Times gazetasining yozishicha, u kelib chiqishi britaniyalik bolgan 23 yashar Abdul Majid Abdul Bariydir.U Jihodi Jon nomi bilan mashhurligi aytilmoqda. Boshqa malumotlar oshkor qilinmayapti. Gazetaning yozishicha, u yaqinda bir necha boshni qolida ushlab suratga tushib, tvitterga joylashtirgan.

 

     U otgan yili Londondagi oilasiga 1 million funt sterling qoldirib ketgan.

 

     "Islom davlatining Iroqdagi jangarilarini havodan oqqa tutgani uchun yuzida niqobi bor shaxs amerikalik jurnalistni boshidan judo qilib, bu jarayonning tasvirini internetga joylashtirgan edi.

 

 Manba: O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali, Kun va UzA internet nashrlari


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz