» » Go'zal Vatanimizning ulug' bayrami

Go'zal Vatanimizning ulug' bayrami

:
Go'zal Vatanimizning ulug' bayrami
:
:
1-09-2014, 03:21
:
:
790
 
 

     Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogida Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligiga bagishlangan bayram tantanasi bolib otdi

     Mustaqillik eng ulug, eng aziz bayramimiz. Bu kun hurriyatparvar ajdodlarimizning asriy orzusini, xalqimizning tenglar ichra teng bolish huquqini yuzaga chiqargani, milliy ozligimiz, qaddimiz va qadrimizni tiklagani bilan ulug, motabar. Mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini taminlayotgani, farzandlarimiz kelajagiga mustahkam zamin yaratayotgani bilan aziz va mukarramdir. 

     Bayram tantanalaridan surur tuygan yurtdoshlarimiz tilida "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, gozal Ozbekistonim! degan sozlar qalb izhori yanglig yangramoqda. Dillardan dillarga kochmoqda. 
 

     2014 yil, 31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy bogi, unga tutash xiyobonlar, yollar va binolar bayramona bezatilgan. Gullar tarovati, chiroqlar shulasi atrofga ajib gozallik baxsh etgan. Rangin bayroqchalar mayin shamol epkinida tebranadi. Maydon atrofiga ornatilgan yirik monitorlar qadim Registon madrasalari va bugunning buyuk obidasi Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasini eslatadi. Sahna tegrasidan taralgan nurlar samoda tutashib, yana yoyilib ketadi. 

Bu erga Oliy Majlis Senati azolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat azolari, Ozbekiston Qahramonlari, fan va madaniyat, adabiyot va sanat namoyandalari, ishlab chiqarish ilgorlari, tadbirkorlar, jamoat tashkilotlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari tashrif buyurgan. 

Soat 19.00. Bayram tantanasida hozir bolganlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni qarsaklar bilan kutib oladilar. 

Chorlov musiqasi bayram shodiyonasi boshlanayotganidan darak beradi. 

Prezident Islom Karimov minbarga taklif etiladi. 

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning yigirma uch yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etadi.
  
Ozbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangraydi. Bayram ahli qollarini koksiga qoyib, mamlakatimizning bosh qoshigiga jor boladi. Monitorlarda Istiqlol manzaralari namoyon boladi. Ularga boqib yurak tolqinlanadi, gururga toladi.  
Maydon moziy nuriga shongiydi. Goyibdan Amir Temurning viqorli ovozi eshitiladi. Buyuk Sohibqiron avlodlariga Vatanni hurlik va obodlikka eltishni, millat dardlariga darmon bolishni vasiyat qiladi. Bu davat va ezgu niyatning ijobati sifatida monitorlarda Prezidentimiz Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni Ozbekiston Respublikasining mustaqilligini elon qilgan tasvirlar namoyon boladi. 

Bu kun tarix solnomasida yangi davrni boshlab berdi. Yurtimizga hurlik, elga baxt, najot ato etdi. Vatanimiz xalqaro hamjamiyatda oz orniga, oz soziga ega boldi. Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Yurtimiz iqtisodiyoti izchil rivojlanib, xalqimiz turmush darajasi muttasil yuksalib bormoqda. 

Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyot tamoyillari "ozbek modeli asosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi va siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligi barcha sohalarda ulkan samaralar bermoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat xalqimizga moddiy va manaviy madad bolayotir. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yuzaga kelishi mumkin bolgan iqtisodiy va ijtimoiy bohronlarning oldini olib, islohotlar samaradorligini taminlamoqda. 

Davlatimiz rahbari tomonidan bayon etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanish jarayonlarining mantiqiy davomi boldi. Uzoq muddatga moljallangan mazkur demokratik dasturga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar va ommaviy axborot vositalari faoliyati hamda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinmoqda. 

Fuqarolik jamiyati rivojiga qaratilayotgan alohida etibor natijasida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi orni va tasiri tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda ushbu tizim aholini ijtimoiy himoyalash, bandlikni taminlash, manaviy muhit barqarorligi va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, hududlarni obodonlashtirish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi qator vazifalarni bajarib kelmoqda. 

Fuqarolar ozini ozi boshqarish organlari hududdagi muhim masalalarni hal etmoqda. Mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borilmoqda. Mahallada tom manodagi demokratik qadriyatlar rivojlanmoqda. Bu otgan yilning noyabr-dekabr oylarida otkazilgan fuqarolar yiginlari raislari va ularning maslahatchilari saylovida ham yaqqol ifodasini topdi. Umumetirof etilgan demokratik tamoyillar asosida otkazilgan mazkur saylov joriy yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bolib otadigan saylovlar oldidan muhim bosqich boldi.  
...Ildizlari mustahkam daraxt kokka boy chozadi. Kelajak moziydan quvvat oladi. Bayram sahnasida yangrayotgan mumtoz kuy-qoshiqlarda xalqimizning manaviy merosi, ajdodlarimizning ijodiy salohiyati namoyon boladi. 

Istiqlol yillarida Vatanimizning boy manaviy-madaniy merosi tiklandi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy singari ulug bobolarimizning yubileylari keng nishonlandi. Abduxoliq Gijduvoniy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ahmad Fargoniy, Burhoniddin Marginoniy kabi buyuk ajdodlarimiz qadamjolari obod etildi, hayoti va bebaho merosi organilmoqda. 

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Toshkent, Margilon singari qadim va muazzam shaharlarimiz yubileyi xalqaro miqyosda tantana qilindi. "Avestoning 2700 yilligi, "Alpomishning 1000 yilligi, Xorazm Mamun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash asnosida tariximiz yanada teran organildi, shaharsozligimiz, madaniyatimiz ildizlari tadqiq etildi. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan va Samarqandda muvaffaqiyat bilan otgan "Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati mavzusida xalqaro konferentsiya dunyoda buyuk ajdodlarimizning dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini organishga qiziqish hamon yuqori ekanini korsatdi. Unda ishtirok etgan olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari Ozbekiston allomalarining dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qoshgan hissasini yana bir bor etirof etdi. Mamlakatimizda tarixni organish, talim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor samaralarini yuksak baholadi. 

...Bolalik umrning beguborlik, baxtiyorlik pallasi. Bugungi bolalarning yuraklarida otmish zalolati, nohaqlik asoratidan qolgan doglar yoq. Ular ozod va obod yurt bolalari. Ularning yuz-kozlarida hamisha quvonch, dillarida olam-olam orzular bor. Bayram sahnasini shodlikka toldirgan bolajonlarning qoshiqlari shunga hamohang. 

Xalqimiz bolajon. Barcha orzu-havaslarimiz, hayotimiz mazmuni farzandlarimiz bilan bogliq. Bu mentalitet davlatimiz siyosati, mamlakatimizning strategik maqsadlarida ham oz ifodasini topgan.  
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida bolalarning soglom tugilishi va barkamol ulgayishi uchun barcha sharoit yaratildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, talim tizimini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish kabi sohalardagi islohotlar ozaro uzviylik kasb etib, izchil amalga oshirildi. Bugun zamonaviy tibbiy markazlar, talim muassasalari, sport inshootlari har jihatdan soglom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 

Mamlakatimizda Soglom bola yili deb elon qilingan joriy yilda bu boradagi ishlar kolami yanada kengaydi. Jamiyatimizda soglom turmush tarzini qaror toptirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, irsiy kasalliklarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. 

Buning asosiy vositasi sifatida sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tomonidan asos solingan Ozbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasining faoliyati umummilliy harakatga aylandi. Bu jarayon talim-tarbiya tizimi bilan mutanosib ravishda olib borilayotgani yoshlarimizni ham manaviy, ham jismoniy jihatdan uygun rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Sportda toblangan yoshlarimiz kamoloti dostlik va salomatlik bayramiga aylanib borayotgan uch bosqichli sport musobaqalarida yaqqol namoyon bolayotir. Joriy yil Namangan shahrida ushbu tizimning orta bogini "Barkamol avlod sport oyinlarining final bosqichi bolib otdi. 

Maydonga yaqinda Xitoyning Nankin shahrida otkazilgan osmirlar ortasidagi II Olimpiya oyinlarida golib bolgan yosh sportchilarimiz kirib keladi. Jahonning eng nufuzli musobaqalaridan birida munosib qatnashib, 4 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalni qolga kiritgan qahramon yigit-qizlarni bayram ahli olqishlar bilan kutib oladi.  
...Harbiy orkestr sadolari ostida maydonda Vatan himoyachilari saf tortadi. Ularning qadamlaridagi zalvor yuraklarni larzaga soladi. Mustaqilligimizning mustahkam qalqonlari "Tinchliging asraymiz, muqaddas Vatan! deya kuylaydi. 

Tinchlik taraqqiyot va farovonlikning asosiy omili. Mamlakatimizda ana shu omilning doim barqarorligi tufayli barcha sohalarda ulkan yutuq va marralarga erishilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qomondoni Islom Karimov rahnamoligida zamonaviy Qurolli Kuchlarni shakllantirish, uning qudrati va salohiyatini oshirish boyicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Ozbekiston qatiy tinchliksevar siyosat yuritib kelmoqda. Davlatimiz hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi. Askarlarimiz faqat oz Vatani, oz xalqi tinchligi va daxlsizligini himoya qiladi. Davlatimiz tashqi siyosati milliy manfaatlarning ustuvorligi, xalqaro huquq meyorlariga rioya etish, bahsli masalalarni tinch yol bilan hal qilish tamoyillariga asoslanadi. 

Ana shunday qatiy siyosati va ezgu tashabbuslari sabab mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro-etibori tobora oshib bormoqda. Eng rivojlangan davlatlar, dunyoga dongi ketgan firma va kompaniyalar yurtimiz bilan hamkorlikka intilmoqda. 

Bugun Ozbekiston 130 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlar ornatgan. Toshkentda 45 mamlakatning elchixonasi, yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat korsatmoqda. Xorijiy davlatlarda, xalqaro tashkilotlar huzurida Ozbekistonning 50 ga yaqin diplomatik va konsullik vakolatxonasi ochilgan. Mamlakatimiz BMT, ShHT, MDH, Islom konferentsiyasi tashkiloti kabi nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarga azo. 

..."Kim edigu kim boldik?. Sahna ortidan oqilayotgan bu sher xalqimizning fikrini ifoda etayotgandek, barchaning qalbidan chiqayotgandek tuyuladi. Monitorlarda elu yurtimizning zafarli odimlari, yigirma uch yillik tarix zarvaraqlari, betakror tabiatimiz, mehnatsevar yurtdoshlarimiz siymosi aks etadi.  
Mustaqillik yillarida Ozbekiston iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, asosan paxta xomashyosi etkazib berishga ixtisoslashgan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan qoloq respublikadan sanoati tez suratlar bilan osib borayotgan, jadal taraqqiy etayotgan mamlakatga aylandi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan avtomobilsozlik, motorsozlik zavodlariga, neft va gazni qayta ishlash, zamonaviy maishiy texnikalar, kompyuter va mobil telefonlar ishlab chiqarish kabi yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi. Oziq-ovqat, engil sanoat, kimyo, qurilish materiallari sanoati korxonalari modernizatsiya qilindi. Bugun ularda tayyorlangan mahsulotlar aholi ehtiyojini tola taminlab, dunyo bozorlarini ham zabt etmoqda. 

Yaqinda Mustaqil Davlatlar Hamdostligi davlatlararo statistika qomitasi mintaqa mamlakatlarining 2014 yil birinchi yarim yilligidagi rivojlanish korsatkichlarini elon qildi. Unga kora, Ozbekiston sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boyicha MDHda birinchi orinni egalladi. 

Bundan atigi 23 yil oldin Ozbekiston ushbu mintaqada ayni shu korsatkichlar boyicha eng oxirgi orinlarda turardi. Prezidentimiz rahnamoligida iqtisodiyot tarkibi tubdan ozgartirilgani, sanoat rivojiga alohida etibor qaratilgani samarasida mamlakatimiz bu sohada ham birinchilar safiga chiqib oldi. Bugun yurtimizda yuksak texnologiyalarga asoslangan koplab zamonaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularda inson uchun, xalqimiz ehtiyoji uchun zarur barcha mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

Shu kabi islohotlar samarasida istiqlol yilarida Ozbekiston iqtisodiyoti qariyb 5 karra osdi. Aholi daromadlari jon boshiga 8,7 barobar kopaydi. Keyingi on yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining osish surati 8 foizdan oshdi. Joriy yilning birinchi yarmida bu korsatkich 8,1 foizni tashkil etdi. 

Dunyoda kamdan-kam kuzatiladigan bunday natijalar xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu shaharu qishloqlarimiz qiyofasi tobora ozgarib borayotgani, yuz minglab uy-joylar va zamonaviy infratuzilma obektlari bunyod etilayotgani, odamlarning sifatli istemol tovarlari bilan taminlanayotganida namoyon bolayotir. Mamlakatimiz ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr korish davomiyligi, oilalar mustahkamligi, bozorlar tokinligi boyicha jahonda yuqori orinlarni egallab turibdi. 

Erishilgan natijalar bilan cheklanmasdan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning qoshimcha imkoniyatlari izlanmoqda. 2013 yil 22 noyabr kuni poytaxtimizda Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yigilishi otkazildi. Xalqaro energetika agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tuzilmalar vakillari, soha mutaxassislari va olimlar ishtirok etgan anjumanda mamlakatimizda quyosh energetikasini rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi. 

...Maydon uzra navo yangraydi. Sozlarga tokilgan hislar, hislardan tugilgan kuylar qalblarni hayajonga soladi: 

Hech kimni baxt oz-ozidan quchgan emas, 
Qush ham kokka mashaqqatsiz uchgan emas. 
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar 
Oydan tushgan emas, kokdan tushgan emas. 

Darhaqiqat, hech narsa osmondan tushmaydi. Maqsadga, baxt-saodatga erishishning ozi bolmaydi. Bu kunlarga etguncha xalqimiz ne-ne mashaqqatlarni boshidan otkazdi. Avvalo oz fitratiga, oz qudrati va oz davlatiga ishonib, hammasini engib otdi. Bugun osha sabr-toqatning, tinimsiz mehnatning rohatini kormoqdamiz.
  
Yurtimizda har bir inson mehr va etiborda. Bolalar sport bilan mashgul. Yoshlar bilim olish, kasb egallash ishtiyoqida. Ota-onalar toylar qilsam, bolalarimning kamolini korsam, degan yaxshi niyat bilan mehnat qilayotir. Yoshi uluglar farzandlarini, el-yurtimizni duo qilib, tinchlik-xotirjamlikda hayot kechirmoqda. 

Yurtimizning har bir goshasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Dunyo miqyosida ham noyob sanalgan yirik zavodlar, sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz shaharlari bosh reja asosida qayta qurilmoqda. Buni Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Termiz, Qarshi, Urganch, Nukus, Fargona kabi shaharlarimizning bugungi jamoli misolida korish mumkin. Natijada ushbu shaharlar qiyofasi butunlay ozgardi, ijtimoiy infratuzilma rivojlandi. Madaniyat va sanat saroylari, sogliqni saqlash, talim, sport muassasalari, xizmat korsatish va servis shoxobchalari, dam olish maskanlari hududlar korkiga kork qoshdi. 

Qishloqlarimizda barpo etilayotgan zamonaviy uylar oilalar farovonligini yuksaltirmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida minglab ana shunday yangi uy-joylar oz egalariga topshirildi. 

Yurtimizda transport infratuzilmasi izchil rivojlanmoqda. Yangi yollar, yol otkazgichlar bunyod etilmoqda. Mamlakatimiz hududlari yagona temir yol tarmogiga boglanmoqda. 2013 yilda ulkan strategik ahamiyatga ega yana bir yangi yol Angren-Pop temir yoli qurilishi boshlandi. 124 kilometrlik mazkur temir yol, shu jumladan, 19 kilometrlik tunnel Ozbekistonning markaziy qismini Fargona vodiysi bilan boglaydi, Sharqiy Osiyo mamlakatlarining Garb davlatlariga chiqishida muhim bogin bolib xizmat qiladi. 

Qishloq xojaligida amalga oshirilgan tub islohotlar, fermerlik harakatining samaradorligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish yildan-yilga kopayib bormoqda. Bozorlarimiz tokin va farovon, dasturxonlarimiz fayzu barakali. Sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, meva, uzum etishtirish, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmi oshib borayotir. 

Mamlakatimizdagi bunday farovonlik, mol-kolchilikka butun dunyo havas qilmoqda. Joriy yilning 6 iyunida poytaxtimizda bolib otgan "Ozbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari mavzusidagi xalqaro konferentsiyada qatnashgan xorijlik mutaxassislar va ishbilarmonlar buni yana bir bor etirof etdi, yutuqlarimizni tan oldi. 

Bu yil dehqonlarimiz 8 million 50 ming tonnalik yuksak xirmon bunyod etdi. Mustaqillikkacha don va un taminoti boyicha boshqalarga qaram bolib kelgan xalqimiz ayni paytda oz ehtiyojini taminlash bilan birga, xorijiy davlatlarga don eksport qilmoqda. Gallachilik rivoji chorvachilik va parrandachilik kabi boshqa koplab tarmoqlarga ham ijobiy tasir etib, gosht, sut, tuxum kabi oziq-ovqat mahsulotlarining mol bolishini taminlayotir. 

Ozbekiston mustaqilligi bayramida yana bir bor ishtirok etayotganimdan mamnunman, deydi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. Bayram tantanasidagi kotarinki ruh, odamlar yuz-kozidagi quvonch va shodlik yurtingizdagi tokinlik, farovonlik, tinch va osuda hayot ifodasidir. Prezident Islom Karimov rahnamoligida Ozbekiston har tomonlama jadal rivojlanmoqda. Buni mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik kolami yildan-yilga kengayib, ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga kotarilganida ham korish mumkin. Ozbekiston bilan Xitoy ortasidagi hamkorlik aloqalari bundan keyin ham izchil taraqqiy etaverishiga ishonaman. Fursatdan foydalanib, Ozbekiston xalqini mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman, baxt-saodat tilayman! 

...Bayram tantanasi yanada qiziydi. Vatanni, sevgi va sadoqatni, bugungi dorilomon kunlar shukuhini madh etuvchi qoshiqlar yangraydi. Yurtdoshlarimiz shunday mustaqil va gozal mamlakatda yashayotganidan gurur va surur tuyadi. 

Men 23 yoshdaman, Istiqlolimiz bilan tengdosh ekanimdan, mustaqillik yillarida kamolga etganimdan faxrlanaman, deydi bayram tantanalarida ishtirok etgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Dilafroz Usmonova. Biz baxtli avlodmiz. Shunday gozal va farovon yurtimiz, yoshlarning gamxori Prezidentimiz bor. Yurtboshimiz tabrik sozida bizga yana bir bor murojaat etib, oz mehr-etiborini bildirdilar. Bunday etibor biz, yoshlarga kuch-gayrat, qanot bagishlaydi. 

Qalblardan toshayotgan hayajon misol samoda rang-barang mushaklar porlaydi. Uning yogdulari odamlar yuzini, butun poytaxtimizni yoritib yuboradi. Goyo xalqimizning yuzi hamisha yorug, mamlakatimiz kelajagi porloq bolishidan nishona beradi. 

Bayram tadbirlari erning suniy yoldoshi orqali dunyoning saksondan ortiq mamlakatiga togridan-togri olib korsatildi. 

Yillar otadi, zamonlar otadi. Xalqimizning xohish-irodasi, davlatimiz rahbarining jasorati bilan qolga kiritilgan Mustaqillik kuni mamlakatimiz tarixidan aslo ochmaydigan abadiy sana bolib qoladi. Asrlarga tatigulik bu kun asrlar davomida eng ulug, eng aziz bayram sifatida nishonlanaveradi. 

Manba:OzA,
Anvar Samadov, Sarvar Ormonov, Alo Abdullaev (surat)


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?