PREZIDENT TABRIGI

:
PREZIDENT TABRIGI
:
:
1-09-2014, 05:34
:
:
1112
 
Prezident Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi tabrik sozi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 

Muhtaram mehmonlar! 

Bugun xalqimiz ona yurtimizning buyuk tarixidagi haqiqatan ham biz uchun eng ulug, eng aziz bolgan Vatanimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma uch yillik bayramini katta shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. 

Ana shu qutlug ayyom bilan siz, azizlarimni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barcha-barchangizga ozimning chuqur hurmatim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman. 

Aziz yurtdoshlarim, qadrdonlarim! 

Biz ota ogir, mashaqqatli sinov va kurashlarda qolga kiritgan Vatanimizning Mustaqillik kunini nishonlar ekanmiz, barchamizning hayotimizda chuqur iz qoldirgan, biz bosib otgan tarixan qisqa davrda nimalarni boshimizdan kechirdik, nimalarga erishdik, tabir joiz bolsa, "Biz kecha kim edigu bugun kim boldik? degan fikr-mulohazalar beixtiyor xayolimizdan otishi tabiiydir. 

Mustaqillik, istiqlol degan ulug nemat avvalo xalqimizga erkinlik va ozod hayotni bergan, insoniy shanimiz, milliy ongimiz, qadr-qimmatimizni tiklab, barchamizga ozligimizni anglash tuygusini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyat va urf-odatlarimizni qaytarib bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab bolmaydigan buyuk sanadir. 

Mustaqillik biz uchun bu oz taqdirimizni qolga olib, yurtimizning er osti, er usti boyliklariga ega bolish, beqiyos moddiy va manaviy salohiyatimizni amalga oshirish, jahon miqyosida ozimizga munosib orin egallash demakdir. 

Kechagi mustabid tuzumda yashagan insonlar yaxshi biladi: osha paytda Ozbekiston degan gozal bir diyorni, ozbek degan buyuk bir xalqni kim tanirdi? Bizni mustaqil davlat sifatida kim tan olardi? 

Yurtimiz qanday ulkan va noyob boyliklar makoni, aziz-avliyolar, buyuk allomalar, olim va mutafakkirlar vatani ekanini, biz qanday betakror meros, qanday ulug zotlarning vorisi ekanimizni kim bilardi? 

Milliy qadr-qimmatimizni, barchamiz uchun muqaddas diniy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni pisand qilmasdan, ular ayovsiz toptalgan zamonlarda bundan ortiq alam va bedodlik bolishi mumkinmidi? 

Ozbekistonimiz faqatgina xomashyo etkazib beradigan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan olkaga aylantirilgan, sobiq SSSR tarkibida eng qoloq agrar respublika emasmidi? 

Xalqimizni boqish uchun zarur bolgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan, kimlargadir yalinib olib kelganimizni unutib boladimi? 

Eski tizim hukmronlik qilgan oxirgi kunlarda yurtimizda atigi bir hafta-on kunga etadigan un zaxirasi qolganini, deyarli ocharchilik yoqasida turganimizni unutish mumkinmi? 

Lekin mustabid tuzum qanday adolatsizlik, zulm va zoravonligini otkazmasin, xalqimiz ozligini, iymon-etiqodini, dinu diyonatini aslo yoqotmadi va boshimizga qanday ogir va mashaqqatli sinovlar tushmasin, oz qadr-qimmatini yuksak saqlab kelmoqda. Bu haqiqatni hech kim hech qachon esidan chiqarmasligini istardim. 

Muhtaram dostlar! 

Bugun istiqlolimizning yigirma uch yillik toyini otkazar ekanmiz, biz tanlagan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga kirish yolida amalga oshirgan ishlarimizni baholar ekanmiz, hech ikkilanmasdan aytishni ozimning burchim deb bilaman: 

yurtimizda yashayotgan har qaysi yoshu qari inson, millati, tili va dinidan qati nazar, boshini baland kotarib, yagona Vatanimiz bolmish Ozbekistonimizning gullab-yashnashi yolidagi olamshumul ishlarda mening ham munosib hissam bor, deb aytishga haqlidir. 

Haqiqatan ham, biz qolga kiritgan yutuqlar milliy davlatchilik qurilishi, keng kolamli zamonaviy islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz erishgan barqaror osish suratlari, aholimizning turmush darajasi va sifati yuksalib, yurtimiz qiyofasi tobora ozgarib, chiroy ochib borayotgani bularning barchasi xalqaro maydonda munosib tan olinayotgani, obro-etiborimiz oshayotgani hammamizga katta iftixor bagishlaydi. 

Mustaqil taraqqiyot yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti taxminan 5 karra, aholi jon boshiga hisoblaganda 3,7 martaga osgani, xalqimizning hayot darajasi va sifati oshganining dalili bolmish odamlarimizning jon boshiga oladigan daromadlari 8,7 barobar kopaygani yurtimizning qisqa davrda kechagi, ozini boqishga qurbi etmagan respublikadan tez suratlar bilan osib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganining yaqqol tasdigidir. 

Mana shu yutuqlarning barchasini shu maydonda otirgan siz azizlar, sizlarning timsolingizda mehnatkash, fidoyi xalqimiz oz qoli bilan yaratib, bugun mustaqilligimizning 23 yillik qutlug bayramini gurur va iftixor bilan kutib olayotgani eng yuksak baholarga munosib emasmi?! 

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, Ozbekiston iqtisodiyotining yillik osishi oxirgi 10 yil davomida 8 foizdan oshib, barqaror rivojlanib borayotganini bugungi kunda kamdan-kam davlatlar misolida korish, kuzatish mumkin. 

Mamlakatimizni mana shunday yuksak suratlar bilan rivojlantirish, modernizatsiya qilish va keng kolamli islohotlarni joriy etish maqsadida iqtisodiyotimizda ozlashtirilgan kapital mablaglar hajmi 180 milliard dollardan ortiq bolib, buning 60 milliard dollardan ziyodi xorijiy sarmoyalardir. 

Ana shu investitsiyalar hisobidan avvalo iqtisodiyotimizning tarkibini tubdan ozgartirish, yuksak texnologiyalarga ega bolgan, havas qilishga arziydigan zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozorida raqobatdosh bolgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, Ozbekiston salohiyatini yangi bosqichga kotarish imkoniyati yaratilganini kop-kop misollarda kuzatish qiyin emas, albatta. 

Ayni shu yillarning ozida aholimizning soni 10 million 300 ming kishiga kopayib, bugungi kunda 31 million kishini tashkil etayotgani Ozbekistonimizning insoniy salohiyatini oshirib, yangi bosqich va marralarga erishish uchun nafaqat mustahkam zamin tugdirmoqda, kerak bolsa, boshqalarni biz bilan hisoblashishga majbur qilmoqda. 

Aziz yurtdoshlarim! 

Biz eski, ozini oqlamagan tizimdan yangi tizimga otishda, buning uchun mustahkam poydevor fundament qurishda shoshilganimiz yoq. Yani, biz "Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang degan hikmatli iboraga itoat qildik. 

Biz tanlab olgan tadrijiy, evolyutsion yol maqsad-muddaolarimizga bosqichma-bosqich, qadam-baqadam etish yolini ozimizga maqul topdik, uni katta sinovlardan otkazdik. 

Yillar otishi bilan, oldimizga qoygan buyuk maqsadlar sari yurishimizda chuqur va atroflicha oylangan, xalqaro maydonda "ozbek modeli deb tan olingan demokratik islohotlar yoli naqadar togri ekanini hayotimizning ozi oqlab, isbotlab bermoqda va bu haqiqatga bizga xayrixoh bolmagan mutaxassis va ekspertlar, tegishli xalqaro institutlar ham iqror bolmoqda. 

Shular haqida gapirganda, mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqich va ufqlarni zabt etishda barchamizni quvontiradigan, eng katta mezon avvalo yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik, osoyishtalik va hamkorlik, ozaro hurmat va mehr-oqibat muhiti, vatandoshlarimizning tobora osib borayotgan dunyoqarashi va ongu tafakkuri, huquqiy va siyosiy madaniyati va faolligi, desak, hech qanday xato bolmaydi. 

Xalqimizning manaviyatini yanada yuksaltirish uchun amalga oshirayotgan ishlarimiz oz hosilini bermoqda va shu fursatdan foydalanib, aytmoqchiman bu sohada erishgan marralarimiz bilan biz hech kimdan kam bolmasdan, kopgina manaman degan davlatlardan ozib ketganimizni eng muhim yutugimiz, deb hisoblayman. 

Bir payt bildirgan fikrimni yana takror aytaman: moddiy nuqtai nazardan biz eng rivojlangan davlatlardan balki hali orqadadirmiz. Lekin, biz oz yolimizni tanladik va bu yoldan qaytmasdan, qatiy ishonch bilan ayta olamiz: moddiy nuqtai nazardan ham bu marra albatta bizniki boladi, ammo manaviy nuqtai nazardan qaraganda, eng engilmas kuch ozi nima? Yuksak manaviyatli xalq emasmi? Ozingiz ayting, bunday xalqni engib boladimi? 

Bu haqda soz yuritganda, boshlagan ishlarimizning davomchilari bolmish aziz farzandlarimizni oz fikriga, oz qarashlariga ega, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, ertangi kunimizning masuliyatini oz zimmasiga olishga qodir bolgan, bugungi davr talab qiladigan soglom va barkamol avlod etib tarbiyalash masalasiga oz vaqtida ustuvor ahamiyat berib, uni umummilliy darajaga kotarganimiz eng togri, uzoqni kozlagan, hayotimizda ozini tola oqlagan tarixiy qadam boldi. 

Bir faraz qilaylik, biz bundan 17 yil oldin talim sohasini mutlaqo ozgartirgan, yangi, zamonaviy bosqichga olib chiqqan dasturlarni qabul qilmasak, bugun tez ozgarayotgan globallashuv davri, hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan Internet asrining otkir va murakkab talablariga munosib javob berish, mamlakatimizning taraqqiyotini, istiqbolini taminlash, biz kozlagan, kelajagi buyuk davlat qurish degan ulug maqsadni oldimizga qoyish mumkinmidi? 

Aziz bolalarim, qadrdonlarim! 

Bugun mana shu muhtasham maydonda jamuljam bolib otirgan siz, yosh avlodimiz vakillariga, mening farzandlarim bolmish butun Ozbekiston yoshlariga qalbimda, yuragimda bolgan bir fikrni aytmoqchiman: har qachon sizlar bilan uchrashganda, sizlarning yonib turgan kozlaringizni, navqiron qaddi-qomatingizni, sizlar erishayotgan yutuqlarni kuzatganda, kopchilik qatori men ham ozimda xuddiki qanot paydo bolgandek his etaman. 

Sizlar qaerda, qaysi sohada bolmasin bilim olish, ilmu fan choqqilarini egallash, eng zamonaviy kasb-hunarlarni ozlashtirish, biznes sohasini rivojlantirishda, sport maydonlarida Ozbekistonning shuhratini tarannum etishda barchaga namuna bolayotganingiz, sozsiz, hammamizni quvontiradi. 

Buning yaqqol tasdigini kuni kecha Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida otkazilgan osmirlar ortasidagi Ikkinchi Olimpiya oyinlarida 28 nafar yosh sportchimiz qatnashib, 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, hammasi bolib 10 ta medalni qolga kiritgani butun Ozbekistonimiz yoshlarining mustaqilligimizning 23 yillik bayramiga ulkan hissasi boldi, desam, ayni haqiqatni aytgan bolaman. 

Ozingiz bir oylab koring, 28 nafar navqiron ogil-qizlarimiz ana shunday nufuzli xalqaro musobaqada hech kimga bosh kelmasdan, azmu shijoat korsatib, ilgari biz tasavvur qilishimiz ham qiyin bolgan shunday ulkan marralarga erishgan ekan, bu butun Vatanimizning yutugi emasmi? 

Aziz farzandlarim, hech qachon unutmang: siz erishgan marra va yutuqlaringiz xalqimiz, elimiz erishgan yutuqlar deb hisoblayman, sizning bugungi va ertangi kuningiz yanada yorug bolishi uchun bor kuchimni ayamayman. 
  
Yoshlar haqida qancha gapirsam, charchamayman. Bu haqda gapirganda, ochigini aytsam, ozimni ham xuddi yasharib ketgandek his qilaman. 

Bugun biz boshlagan ulug ishlarning davomchilari bolmish mana shunday yigitlar, qizlarimizni, ularning baxtu kamolini korib, shunday gozal yurtda, shunday yorug, musaffo osmon ostida yashash nasib etganiga barchamiz shukronalar aytamiz. Bunday baxtli hayotni xalqimiz asrlar, ming yillar davomida havas va orzu qilib yashagan edi. Bizni mana shunday saodatli kunlarga Xudo etkazyapti. Har tongda pok bolib, chin dildan sorasak, Yaratganimizning ozi albatta yolimizni ochib beradi. Va Ollohning nazari tushgan mana shu muqaddas yurtda hech kim hech qachon kam bolmaydi, inshoollo. 

Muhtaram dostlar! 

Hozirgi kunda dunyoning turli hudud va mintaqalarida, yaqin va uzoq atrofimizda ekstremizm va terrorizm, qarama-qarshilik, qon tokilishi, xavf-xatarlar ortib, umuman, vaziyat tobora keskinlashib borayotgani barchamizni xavotir va tashvishga solishi tabiiydir. 

Ming afsuski, bunday qonli toqnashuvlar, nizo va ziddiyatlar oz echimini topib, kamayish orniga kopayib bormoqda. 

Bunday ota notinch, tahlikali sharoitda eng muhim masala bu ham bolsa, qaerda, dunyoning qaysi chekkasida bolmasin, endi boshlanayotgan qarama-qarshilik va paydo bolayotgan mojarolarni etiborsiz qoldirmaslik, ular urushga aylanib ketishining oldini olish uchun vaziyat doimo jahon hamjamiyati nazoratida bolishi darkor. 

Ozbekistonning pozitsiyasi bunday holatlar, keskin ziddiyat va toqnashuvlarni faqatgina siyosiy yol, tinch vositalar bilan hal etish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida muhrlab qoyilgan asosiy printsiplarga va xalqaro normalarga itoat qilgan holda, davlatlarning suvereniteti va chegaralarning daxlsizligini buzishga, zoravonlik va kuch ishlatishga yol qoymaslikdan iboratdir. 

Mana shunday ota murakkab vaziyat barchamizdan avvalo ogoh, hushyor va sezgir bolishni talab qilmoqda. 

Yaqin va uzoq qoshnilarimiz bilan til topib, bizlarni birlashtiradigan umumiy maqsadlar yolida hamkorlikni yanada kuchaytirish, ozaro manfaatli aloqalarni ornatish ustuvor vazifamiz bolib qolishini zamonning ozi taqozo etmoqda. 

Bizga tinchlik va omonlik kerak. Mana shunday ezgu fikr, ezgu intilish barcha-barchamizning yuragimiz, qalbimizdadir, desam, ayni haqiqatni aytgan bolaman. 

Fursatdan foydalanib, bizning bugungi eng ulug, eng aziz bayramimizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizga, xorijiy davlatlarning elchilari, xalqaro tashkilotlarning vakillariga ozimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildirish menga katta mamnuniyat etkazadi. 

Sizlarning Ozbekistonga doimo xayrixoh bolib, amaliy yordam korsatib kelayotganingiz uchun xalqimiz nomidan chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman, barchangizga sihat-salomatlik, yurtingizga ravnaq tilayman. 

Muhtaram vatandoshlarim, qadrdonlarim! 

Shu munavvar oqshomda barchangizni bagrimga bosib, Mustaqillik bayrami bilan tabriklar ekanman, hammangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilayman. 

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bolsin! 

Mustaqilligimiz abadiy bolsin!  

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz