» » Тошкентда 15-18 август кунлари ҳаво салқин бўлади

Закладки Тошкентда 15-18 август кунлари ҳаво салқин бўлади

Название:
Тошкентда 15-18 август кунлари ҳаво салқин бўлади
Дата:
16-08-2014, 06:58
Просмотры:
1859
 
 
     O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 15-18 avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda Daryo.uz.

     Unga ko’ra, respublikaning deyarli barcha viloyatlari, shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasida ham yog’ingarchilik kuzatilmaydi.

     Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatlarida 15-16 avgust kunlari havo harorati kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo’ladi. 17-18 avgustda esa harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 darajagacha ko’tarilishi kutilmoqda.

     Buxoro va Navoiy viloyatlarida 15 avgust kuni shamol sekundiga 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo’ladi. 16-17 avgust kunlari harorat 33-38 darajagacha ko’tarilishi mumkin.

     Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham 15 avgust kuni shamolning sekundiga 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 14-19 daraja, kunduzi 29-34 daraja issiq bo’ladi.

     Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 15 avgust kuni shamolning sekundiga 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi ehtimoli bor. Kechqurun havo harorati 15 avgustda 22-27 daraja, 16-17 avgust kunlari 18-23 daraja; kunduzi esa 32-37 daraja issiq bo’lishi kutilmoqda.

     15-16 avgust kunlari Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining ayrim qismlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. 15 avgust kuni shamolning sekundiga 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. Kechqurun havo harorati 15 avgustda 20-25 daraja, 16-18 avgust kunlari 15-20 daraja; kunduzi (15-16 avgust) 25-30 daraja, 17-18 avgustda 29-34 daraja issiq bo’ladi.

     O’zbekistonning tog’li hududlarida 15-16 avgust kunlari qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi mumkin. 15 avgust kuni shamolning sekundiga 15-20 metr tezlikkacha kuchayishi kutilmoqda. 15 avgust kechasi 14-19 daraja, 16-18 avgustda esa 10-15 daraja issiq bo’ladi. Havo haroratining kunduzi 15-17 avgustda 17-22 daraja, 18 avgust kuni esa 20-25 darajagacha ko’tarilishi kutilmoqda.
 
Manba: Kun


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Aleks7
jeki chan qatnashgan politsiya hangomalari zor kino ekana
endi kurishim bu kinoni
  • 17 августа 2014 18:18
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz