Закладки Ramazon Taqvimi Jadvali 2015

Название:
Ramazon Taqvimi Jadvali 2015
Дата:
18-06-2015, 01:19
Автор:
Просмотры:
4303
 
 
 

 

 

RO’ZA TUTISh SAHARLIK (OG’IZ YOPISh) DUOSI:

     Navvaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag’ribi, xolisan lillahi ta’ala. Ollohu Akbar!

     Ma’nosi: Ramazon oyining ro’zasini subhdan to kun botgunga qadar tutmoqni niyat qildim. Xolis Olloh uchun. Olloh Buyukdir!

IFTORLIK (OG’IZ OChISh) DUOSI:

     Ollohumma laka sumtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu, fag’firli yag’offarumaqoddamtu va ma axxortu. OMIN!

     Ma’nosi: Ey Ollohim, ushbu ro’zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag’firat qilgin.

Yurtimiz boshqa viloyat va shaharlarida
 

     Avval : Chimkent (1), Konibodom (5),Qo’qon (7), Jambul (7), Namangan (10), Farg’ona (10), Marg’ilon (10), Andijon (12), O’sh (14), Jalolobod (15), Bishkek (21), Olma - ota (21).

     Keyin : Bekobod (4), Turkiston (4), Jizzax (6), Guliston (7). Denov (7), Jonboy (7), Samarqand (9), Shahrisabz (10), Kattaqo’rg’on (12), Qarshi (9), Nurota (14), Navoiy (19), Buxoro (21), Xiva (35). 

 

Tortiq bo’lsin Sizga duo-salomlar, Duoda eng go’zal, shirin kalomlar.
Iloho yuzingiz nurlarga to’lsin, Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin!!!
 
     Ramazon oyi oxirlar ekan, Rasulullo alayissalomning hadisi shariflari yodga tushadi: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro’zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, u qadr kechasimi?» deb so’rashdi. Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallam: «Yo’q, lekin ishchi ishini ado etganidan so’ng ajrimi to’la qilib beriladi», dedilar (Imom Amad rivoyati).

Gunohlar kechirilishining alomati

     Ramazon oyida inson o’zi uchun cheksiz manfaatlar garovi bo’lgan ibodatni ado etishi barobarida, son-sanoqsiz gunohlardan poklanib, qalb sokinligiga erishadi. Ulamolarning aytishlaricha, kishi gunohlarining kechirilgani alomati — o’sha gunohdan tiyilishdir. Ro’za tutgan kishining o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi, irodasi mustahkamlanib, sabr-bardoshi qat’iylashadi. Ana shunday buyuk va mashaqqatli ibodatni eson-omon ado etib, uning beqiyos foydalarini qo’lga kiritish baxtiga muyassar bo’lganliklarining shukrona va sharafiga mo’’min-musulmonlar Ramazon oyi tugagan kunining ertasiga, Shavvol oyining birinchi kunini bayram qiladilar.

Iyd al-Fitr

     Biz «Ramazon hayiti» deb nomlaydigan kun diniy manbalarimizda «Iyd al-Fitr» deb nomlanadi. «Iyd al-Fitr» ro’zadan chiqish, taomlanishga o’tish kuni deganidir. Xalqimizda qadimdan «Ramazon hayiti» kuni tantanali ravishda nishonlab kelingan. Iyd namozidan keyin beva-bechoralar holidan xabar olish, miskinlarga yordam ko’rsatish, bolalarga hayitlik sovg’alari ulashish xalqimizda an’anaga aylangan.

Iyd kechasini ibodat bilan o’tkazish

     Iydga o’tar kechaning ham o’ziga yarasha fazilati bor. Uning bir qismini zikr, tasbeh bilan o’tkazish bilan katta savoblarga ega bo’lish mumkin.
     Nabiy alayhissalom: «Kim ikki Iyd kechasini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar o’ladigan kunda uning qalbi o’lmas», dedilar(Ibn Moja va Tobaroniy rivoyati).

Hayit uchun g’usl qilish

     Islom poklik dini. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadislarida: «Poklik imonning yarmidir», deganlar. Mana shunday ibodatlar oldidan, jamoat to’planadigan joylarga borishdan oldin g’usl qilish dinimizda alohida ta’kidlangan. Rasuli Akram alayhissalom Fitr, Ado va Arafa kunlari g’usl qilgan ekanlar (Ibn Moja rivoyat qilgan).

Tishlarni misvok yoki tish pastalari yordamida tozalash

     Tishni toza tutishga Islom dinichalik e’tibor bergan birorta din yoki ta’limot yo’q. Nabiy alayissalom, «Agar ummatimga mashaqqat bo’lishidan ko’rmaganimda, ularni har namoz oldidan misvok qilishga buyurgan bo’lar edim», deganlar. Shu bois, namoz oldidan misvok qilish sunnat amal hisoblanadi. Hayit namozi uchun esa bu narsa yanada ta’kidliroq.

Iyd uchun yasanish

    Musulmon kishi hayitga eng yaxshi kiyimlarni kiyishi, iloji bo’lsa, yangi kiyim sotib olishi mustahab, ya’ni yaxshi ko’rilgan amal. Bu ham bo’lsa, Alloh bayram qilib bergan kunni nishonlash, uni qadrlash ramzi hisoblanadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam juma va ikki hayit kunlarida Yamandan keltirilgan ibara degan chiroyli to’nlarini kiyib olardilar.
 
Xushbo’yliklar surtish

     Jamoatchilik joyga kirishda xushbo’ylik surtib olish yuksak odob namunalaridan biri va ko’plab noqulayliklarning oldini oladi.

Namozdan oldin biror yegulik tanovul qilish

     Ramazon hayitida, qurbon hayitidan farli o’laroq, namozga chiqishdan oldin biror narsa yeb olish ham Ramazon hayitining odoblaridan sanaladi. Bunda Ramazon ro’zasi yakun topganligiga e’tiborni qaratish bor. O’sha yegulik urug’ yoki ho’l meva bo’lgani yaxshi.
     Imom Buxoriy rivoyatiga ko’ra: «Nabiy alayhissalom Fitr kuni bir necha xurmo yemasdan turib chiqmas edilar. To yer edilar». 

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz