» » Qizlarga maslaxat ( kimga xazil , kimga chin )

Закладки Qizlarga maslaxat ( kimga xazil , kimga chin )

Название:
Qizlarga maslaxat ( kimga xazil , kimga chin )
Дата:
19-09-2012, 23:34
Автор:
Просмотры:
2964

  

Aslida qizlarimiz maslaxatga muxtoj emas. Xar kim o’z dunyoqarashi, olgan ta’lim va tarbiyasiga ko’ra xayot tarzini olib boradi. Men bermoqchi bo’lgan maslaxatlarni "ultra zamonaviy maslaxatlar” deb qabul qilgaysiz. Boshladik unda.

Avvalambor, ochiqroq kiyining: tor shim, kalta yubka, kindikni, elkani ochib turadigan kiyimlar... "Xay, xay, xay, nimalar deyapsiz? Axir bu gaplaringiz o’zbek madaniyatiga to’g’ri kelmaydi-ku” deyishingiz mumkin. To’g’ri, bu mutlaqo o’zbekchilikka to’g’ri kelmaydi. Xozir dunyoda qadriyatlar o’zgardi. Siz dunyodagi OAV targ’ib qilayotgan ommaviy madaniyat vakilasi bo’lishingiz uchun milliylikdan uzoqlashingiz kerak. Xullas, iloji boricha ochiqroq kiyinib, xirsni qo’zg’atadigan liboslarda o’zingizni bozorga solib yuring. Shunda narxingiz oshadi. "Axir men buyum emasman” deysizmi? Axir xorijdan kirib kelayotgan, bizga o’rnak bo’lishga urinayotgan ommaviy madaniyat ayollarni buyum sifatida qarashga o’rgatmayaptimi? Ultra zamonaviy bo’lishni istasangiz, maslaxatlarimga quloq soling.

Sizning ochiq kiyinishingiz, o’zingizni engiltaklarcha tutishingiz atrofdagilarga yoqmasligi mumkin. Sizni tanqid qilayotganlarga yaxshilab shallaqilik qilib bersangiz ularning ovozini o’chirasiz. Og’zingizdan bodi kirib shodi chiqib tursa, xech kim sizga churq etolmaydi. U tanqidchilarga qolsa yigitlar bilan o’pishib ko’rishishingiz u yoqda tursin, qo’l berib ko’rishishingizni xam tanqid qilishadi. Ular qoloq odamlar. Axir qanchadan qancha filmlar, kliplar va xokazolar nikoxsiz aloqalarni targ’ib qilib tursayu zamondan ortda qolganlar qayoqdagi odob-axloq degan eski gaplarni chaynab o’tirsa, kimga quloq solasiz?

Ibo, xayo, iffat, nomus, oriyat, nafosat kabi eskilik sarqitlarini tashlab yuboring. Ma’naviyatdan voz keching, moddiylik sari intiling. Xullas, ultra zamonaviy qiz bo’ling. Bu yo’lda kattalarga, ota-onangizga, akalaringizga, xatto eringizga xam quloq solmang. To’g’ri, siz yomon qiz degan nom orttirasiz, lekin xamma narsani moddiylik bilan o’lchaydiganlar orasida narxingiz oshadi.

Yomon bo’lsangiz xam, omon bo’ling!



кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
cibernet
Bir cholning gapi: Qizlarning shunday kiyinishini ko'rib sabir qilib yurgan bollarga ming RAHMAT.
  • 14 октября 2012 05:12
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?