» » MTS O‘zbekistonga qaytish masalasida “deyarli kelishib bo‘ldi”

Закладки MTS O‘zbekistonga qaytish masalasida “deyarli kelishib bo‘ldi”

Название:
MTS O‘zbekistonga qaytish masalasida “deyarli kelishib bo‘ldi”
Дата:
23-05-2014, 05:07
Автор:
Просмотры:
3268
 
     Rossiyaning MTS mobil aloqa operatori O‘zbekiston hukumati bilan mamlakatdagi faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish borasida deyarli kelishib oldi. "RIA Novosti”ga asoslanib xabar berishicha, MTS mahalliy kompaniya –      "O‘zdunrobita”dagi o‘z ulushini O‘zbekistonga topshirishi ham mumkin.

     "RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda MTSni nazorat qiluvchi "Sistema” kompaniyasi rahbari va asosiy egasi Vladimir Yevtushenkov jurnalistlarga ma’lum qilgan.

     "Biz barcha shartlarni kelishib oldik, faqat bitta shart qoldi – u biz uchun yetarli darajada sezilarli. Agar shuni ham kelisha olsak – shu yili O‘zbekistonga qaytamiz”, – dedi Yevtushenkov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum kuluarlarida.

     Uning aniqlik kiritishicha, hal qilinishi kutilayotgan so‘nggi masala chastotalar bilan bog‘liq. "Bu davlat ishtirokidagi kompaniya bo‘ladi, biz esa uni nazorat qilamiz”, – deya qayd etdi "Sistema” rahbari.

     2012-yil iyulida MTSning O‘zbekistondagi sho‘basi – "O‘zdunrobita” operatorining litsenziyalari chaqirib olingan edi. Kompaniyaga nisbatan qiymati 600 million dollardan ortiq bo‘lgan da’volar e’lon qilingan, operator rahbariyatiga nisbatan esa jinoiy ish ochilgan edi. Moliyaviy da’volarni to‘lash qobiliyati yo‘qligi sabab, 2013-yil yanvarida "O‘zdunrobita” bankrot bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

     "Biz katta mamnuniyat bilan ushbu mamlakatga qaytamiz. Bu yaxshi bozor”, – deya qayd etdi Yevtushenkov. Bu kabi holat yana takrorlanmasligiga kafolat bormi qabilidagi savolga, Yevtushenkov shunday javob berdi: "Hatto sug‘urta polisi ham yuz foizlik kafolat bera olmaydi”.

     MTSning O‘zbekistonga qaytishi borasidagi aniq sanalarni ma’lum qilmagan Yevtushenkov bu kelishuvlarga bog‘liq masala ekanligini qayd etib o‘tdi.

Manba: "Kun", "Daryo" va "Gazeta" internet nashrlari
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Aziko-s
тезрок кайтса яхши буларди
  • 23 мая 2014 11:08
y.hamid
agar mts uzbekistonga qaytsa uccel bilan bilayn simqartalarini maydalab bir joyga komib yuboraman. hech kim topmaydigan joyga
  • 23 мая 2014 20:53
Jahit
ha qaytsin mts
  • 24 мая 2014 17:13
ula-ronaldo
yaxshi bo`lar edi
  • 26 мая 2014 17:36
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz