Закладки KinoLatifalar

Название:
KinoLatifalar
Жанр:
Дата:
25-09-2015, 03:06
Автор:
Просмотры:
2419
 
 
Kinoteatr ma’muri film tomoshasi paytida shovqin solgan kishini yoqasidan tutib, qo‘shimcha chiqish yo‘lagidan tashqariga itarib chiqarib yubordi.

– Hali buning uchun javob berasiz, men falon boyvachchaning o‘g‘li bo‘laman, – deb shovqin ko‘tardi u.

– Uzr, uka, bilmay qolibman! – dedi ma’mur va yana uni yoqasidan tutib ichkari kiritib,  asosiy eshikdan chiqarib yubordi.

                               *             *             *

Mashhur kinoaktrisa:

– Men haqimda shuncha gapirilgani etar. Endi siz haqingizda gaplashsak. Oxirgi filmimda sizga qanchalik yoqqanimni gapirib bering.

                               *             *             *

Bir aktrisa ikkinchisiga xunob bo‘lib dedi:

– Kompyuterim printerni ko‘rmayapti, monitorni unga o‘nglab qo‘ydim ham foydasi bo‘lmadi, nuqul "ko‘rmayapman” degan yozuv chiqyapti. Ayt, nima qilay?

– Unga barmog‘ing bilan ko‘rsat.

                               *             *             * 

Stalinga bir film tomoshasi yoqmadi.

– Rejissor otilsin, ssenariy muallifi otilsin, aktyorlar o‘n yilga kesilsin!

– O‘rtoq Stalin, bu – ularning birinchi filmi, shu gaplardan xulosa chiqarib oladi. Hayfsan bersak ham bo‘lar?

– Mayli, hayfsan bo‘la qolsin.

                               *             *             * 

Bir aktyordan so‘rashdi:

– Sizningcha, eng mashhur artist kim?

– Biz bir necha kishimiz, – deb javob berdi u kamtarlik bilan.

                               *             *             * 

Ziyofatda dunyoga mashhur kinoaktrisa Sofi Loren bir bankirning xotini bilan tanishib qoladi. Xotin hayqirib yuboradi:

– Shu qomatingiz bilan kinoga tushsangiz bo‘lar ekan!

– Men Sofi Lorenman.

– Nima qipti? Otingizni o‘zgartirsa ham bo‘laveradi. 

                               *             *             * 

Kinoteatr omborida kusurlatib kinofilm roligini kemirib o‘tirgan sichqondan boshqasi so‘rayapti:

– Durust film ekanmi?

– Kitob varianti yaxshiroq edi.

                               *             *             *

Kinostudiyada attestatsiya bo‘lyapti. Olifta rejissorga savol berilyapti:

– Qaysi chet tillarni bilasiz?

– Ruscha, inglizcha, italyancha.

– Italyancha biror narsa deng-chi.

– Auf Wiedersehen!

– Axir, bu nemischa "Xayr” degani-ku?

– Qoyil, unda nemischani ham bilar ekanman.

                               *             *             *

Ikki dugona kinoteatrda o‘tiribdi.

– Shu kinoni to‘rtinchi marta ko‘ryapman. To‘g‘risini aytsam, bugun aktyorlar har qachongidan zo‘r o‘ynadi.

                               *             *             *

Bosh rejissor:

– Bo‘sh aktyorlarning hammasi zalga kirsin! Tomoshabinlarni o‘ynaysizlar! Hamma og‘zini katta ochib rostakam esnasin!

                             *             *             *

Filmni tomosha qilib bo‘lgandan so‘ng bir kishshi do‘stiga shikoyat qilyapti:

– Afsuski, 15 yoshda emasman-da.

Nega endi?

– Shu film tomoshasiga kirmas edim-da.

                           *             *             *

Er uyqu aralash xotiniga shivirlayapti:

– Jon xotin, shippagimni echib, televizorni o‘chirib qo‘ygin.

– Xo‘jayin, bir oz sabr qiling, hali kinoteatrdamiz.

                          *             *             *

Aktyor xavfli sahnada qatnashishi kerak. U rejjissordan qvo‘rqa-pisa so‘rayapti:

– Ishqilib, arqon uzilib ketmaydimi?

– Barakalla! – xitob qildi rejissor. – Yaxshi fikr ekan!
 
Manba: Kinopanorama

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz