Закладки Soqov qiz

Название:
Soqov qiz
Жанр:
Дата:
1-04-2014, 06:39
Просмотры:
4149
 
  
     "Qalpoq" hajviy ko'rsatuvining aynan shu soni xususida ayrim oydinliklarni kiritib o'tmoqchiman. Dastlab, hajviy ko'rsatuvning ushbu sonini ko'rganimda, rejissyor va aktyor - Bahodir Mirmaqsudovning ssenariysi asosida tasvirga olinib, ekran yuzini ko'rgan "Dardi bedavo" kinokomediyasidan voqea va g'oyalar deyarli aynan ko'chirilganini ko'rib, hayron qoldim. Malaymamat tog'a rolini qoyilmaqom ijro etib, ko'pchilikni kuldirib kelayotgan Abdurahmon Turopovning iste'dodini, tan olishim kerakki, juda hurmat qilaman va har bir ko'rsatuvni maroq bilan kuzatib boraman. Ammo bu ko'rsatuvda nega aynan ko'chirmachilik ustun kelganiga oydinlik kiritish uchun Bahodir Mirmaqsudov bilan telefon orqali bog'landim. 

- Bahodir, "Qalpoq" ko'rsatuvining mazkur "Soqov qiz" soni "Dardi bedavo" bilan deyarli bir xil bo'lib qolibdi. Buni qanday izohlaysiz?

- O'zim ham ushbu asarni Molyerning "Zo'raki tabib" asaridan ilhomlanib yozganman. Abdurahmon Turopovning bu galgi ko'rsatuvidagi o'xshashlikning bir necha sabablari bor. Avvalambor, Abdurahmon Turopov "Qalpoq" ko'rsatuviga ishga o'tguniga qadar bizning "Abror Hidoyatov" nomidagi drama teatrimizda ishlagan va o'sha paytlar "Dardi bedavo" kino bo'lib chiqmasdan avval, "Etikdo'z tabib" deb nomlangan spektaklni tomoshabinlar hukiga havola etganimda, kinoda Ubaydulla aka Omon o'ynagan rol, ya'ni qizning otasi rolini Abdurahmon Turopov o'ynagan. Shu sababli bo'lsa kerak, o'sha paytdagi spektakl va film g'oyasidan kelib chiqqqan holda, o'ziga xos parodiya ishlashgan, ya'ni taqlid qilishgan.

- 1-Aprel - hazil-mutoyiba kunida Onlayn.uz saytimizning muxlislari va o'z muxlislaringizga tilaklaringiz?

- Barchaga xotirjamlik, oilaviy farovonlik tilayman, teatrlarga tashrif buyurishsin, chunki kino boshqa, teatr boshqa, teatrda aktyor va aktrisalarni yaqindan ko'rish va jonli ijroda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

- Katta rahmat, sizga ham eng ezgu tilaklarimizni tilagan holda, san'at va kino sohasidagi faoliyatingizga ijodiy va ijobiy muvaffaqiyat tilab qolamiz!!!

    Shuningdek, saytimiz muxlislari uchun yana bir xushxabar. Shu bugunga qadar "Dardi bedavo" kinosi kinoteatrlarda, televizorlarda namoyish etildi va diski chiqdi, ammo sotuvga chiqqan disklardagi kinoning sifati o'rtamiyona. Bahodir Mirmaqsudov bayram sovg'asi tariqasida muxlislarimiz uchun "Dardi bedavo" kinosining HD sifatdagi diskini sovg'a qildi. Yaqin fursat ichida mazkur kinoning HD sifatlisini saytimizda ko'rish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo'lasizlar! 
 
Muzaffar Muhammadnazar suhbatlashdi.
 
 


 
кино. клип, мр3 , софт
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz