» » » Yulduz Usmonovaning 50 yillik yubileyi

Закладки Yulduz Usmonovaning 50 yillik yubileyi

Название:
Yulduz Usmonovaning 50 yillik yubileyi
Жанр:
Дата:
14-04-2014, 05:57
Просмотры:
25522
 

     O'zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova 50 yoshni qarshi oldi. 2013-yil 12-dekabr kuni nafaqat Yulduz Usmonova uchun, balki uning ijodiga befarq bo'lmagan barchamiz uchun o'zgacha sanadir. Aynan shu kuni afsonaviy yulduzimiz 50 yoshlik yubileyini nishonladi.

     50 yosh… Ya'ni yarim asr… Bu yoshni nishonlash tadbiri haqiqiy bayramga aylandi. Yulduz Usmonovaning tavallud ayyomi chinakamiga dillarni hushnud etdi. Tantanali tug'ilgan kun tadbiri kutilganidan ham a'lo darajada o'tkazildi.

     Barcha chin dildan afsonaviy san'atkorimizni tabriklash va diydorlashish uchun tashrif buyurdi. Shu o'rinda tadbirning tashkiliy masalasi haqida alohida to'xtalib o'tish zarur.

     Mehmonlarni kutib olishdan tortib, to stol bezaklarigacha a'lo darajada bajarilgan. Koshonaning o'zgacha bezatilgani barchani e'tiborini tortdi. San'atkorlar chiqishlari uchun alohida sahna yaratildi. Yulduz Usmonova ismiga monand ulkan yulduz sahnaning markaziga yanada ko'rk bag'ishlagan.

     Yulduz Usmonovaning 7 yoshdan 70 yoshgacha barchaning dilidan joy egallagan mashhur qo'shiqlarini tinglash barcha uchun zavq bag'ishladi.

     Ushbu qo'shiqlar esa estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan qayta ijro etildi. Ozodbek Nazarbekov, Shahzoda, Lola, Alisher Fayz, Nilufar Usmonova, Amira Alibekova, Rayhon va boshqalar tomonidan qayta kuylangan xit qo'shiqlar primadonna uchun ajoyib va kutilmagan sovg'a bo'ldi. Ushbu qo'shiqlarni siz ham tinglash imkoniga egasiz. 

     Tashrif buyurgan mehmonlar ham ushbu tadbirga alohida tayyorgarlik ko'rganliklari yaqqol seziladi. Koshonaning ekranlari shu kuni primadonna uchun beminnat xizmat qildi. Kiraverishda mehmonlarni shaxsan Yulduz Ibragimovnaning o'zi kutib oldi.

     Yubiley egasiga taqdim etilgan gullar bir-biridan bejirim, inson ko'zini o'ynatadi, betakror tarzda san'at asari sifatida yaratilgan. Yubiley dasturi hech bir insonni befarq qoldirmadi, ba'zilarni yig'latgan bo'lsa, ba'zilarning quvonchiga quvonch bag'ishladi.

     Dastur davomida namoyish etilgan 5 daqiqalik viderolikda Yulduz Usmonovaning 50 yoshgacha erishgan yutuqlari, shu darajaga erishish uchun bosib o'tgan qadami bosqichma-bosqich yoritib berildi. Bu rolikni tomosha qilgan afsonaviy yulduzimiz ko'z yoshlarini tiyib turolmadi.

     Shu kuni tavallud ayyomga tashrif buyurgan mehmonlar bo'sh qo'l bilan ketishmadi. Afsonaviy Yulduz Usmonova barchani statuetkalar bilan taqdirladi va o'z minnatdorchiligini bildirdi. Tashkilotchilar jon dildan xizmat qilganliklari tahsinga sazovordir.

 
Reportaj "Popcorn" saytidan olindi.
 

 
 
2-qism (yakuniy)


кино. клип, мр3 , софт
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Stiven
Tug`ilgan kun juda zo`r bo`libti raxmat hammaga.
  • 14 апреля 2014 14:37
muxlis
Kotta raxmat. Agar iloji bo`lsa 2-qismini ham qo`shinglar...
  • 14 апреля 2014 16:02
Muzaffar Muhammadnazar
Muxlis, 2-qismi ham albatta qo'yiladi.
  • 14 апреля 2014 17:18
muxlis
Цитата: Muzaffar Muhammadnazar
Muxlis, 2-qismi ham albatta qo'yiladi.

Kutib qolamiz.
  • 14 апреля 2014 17:52
baxodir_A
катта рахмат 2 кисмини хам кутиб коламиз

  • 14 апреля 2014 17:57
Stiven
Katta rahmat ikkinchi qismni ham oldim va miriqib tomosha qildik oila davrasida zo`r.
  • 15 апреля 2014 15:38
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz