Закладки Oy qiz ertagi (Treyler)

Название:
Oy qiz ertagi (Treyler)
Жанр:
Дата:
8-12-2015, 18:50
Автор:
Просмотры:
10304
 

"O‘zbekfilm” tomonidan 1,6 milliard so‘mga suratga olinayotgan "Oyqiz ertagi” filmi treyleri chiqdi"O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan "O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olinayotgan "Oyqiz ertagi” ertak-filmining dastlabki treyleri internetda paydo bo‘ldi. Treyler ommabop videoxizmatlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.Qariyb 130 soniyalik treyler jangari sahnalarga boy bo‘lib, unda vatanni yovuz kuchlardan himoya qilish haqida so‘z boradi. Shuningdek, videorolikdan filmdagi bosh qahramon — Oyqiz (Yulduz Rajabova ijro etgan) va aktyor Yigitali Mamajonov o‘rtasida muhabbat rishtalari bo‘lishi anglashiladi."O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qilishlaricha, film "Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi talablarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Ertaklar olamida” ishchi nomi ostida 2014-yilda ishlab chiqarishga tushirilgan bo‘lib, unda qiziqarli afsona va rivoyatlarga asoslangan holda Vatanni sevish, mardlik, halollik singari ezgu g‘oyalar aks ettirilgan.Film ssenariysi Muhammad Davlatilloh va Akbar Bekturdiyev tomonidan tayyorlangan. "O‘zbekkino” Milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ertak-filmni suratga olish ishlari uchun davlat byudjetidan 1,6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Film premyerasini Yangi yil bayrami arafasida tashkil etish rejalashtirilgan.


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz