Закладки Bajrangi og'a - Premyera!!!

Название:
Bajrangi og'a - Premyera!!!
Жанр:
Дата:
11-10-2015, 05:32
Просмотры:
23991
 
 
 
Chiqqan yili - 2015
Mamlakat - Hindiston
Janr - Komediya, drama, melodrama
 
Rejissyor - Kabir Xon
Rollarda: Salmon Xon, Karina Kapur, Harshaali Malhotra, Navoziddin Siddiqiy, Oum Puri, Nojim Xon, Rajesh Sharma va boshqalar.
     
     Tavsif: Mazkur film bosh qahramonining chin ismi Pavan Kumar Chaturvedi, ammo uni hamma Bajrangi og'a, deb atashadi. U umri davomida hech kimsaga hech qanday yomonlik qilmagan va hatto biror marotaba yolg'on gapirmagan. Bajrangi og'a Shri Xonumon (hindlarning ilohiy ma'budi - maymunlar podshosi)ning ta'limotiga sodiq qolgan holda, foniy dunyoda faqatgina ezgu amallar qilmoq darkor, deb hisoblaydi. 
     Pokistonlik ota-ona soqov qizlari Shohidaning tilini davolatish taraddudida, biroq, qizcha poyezddan qolib ketadi. Ittifoqo, Bajrangi uni uchratib qoladi. Qizchaning och-nahor ekanligini sezgan Bajrangi uning qornini to'yg'izadi va qizcha unga ergashgach, noiloj uni o'zi bilan birga olib ketadi. Bajrangi uni Pokiston elchixonasiga olib boradi, ammo elchixonadagi rasmiyatchi to'rabozlar uning hujjati yo'qligini ro'kach qilishib, qizchaga yordam berishdan bosh tortishadi. Shunda vizasi yo'qligiga qaramay, Bajrangi qizaloqni o'z ona yurti - Pokistonga o'zi elltib qo'yishga qaror qiladi. 
     Ma'lumingizkim, ko'p yillar davomida Hindiston va Pokiston o'rtasida qonli to'qnashuvlar bo'lib o'tgan. Chegarani buzib o'tgani uchun hind josusi, deb politsiya va maxsus xizmat xodimlari uning iziga tushishadi. Lekin Bajrangi og'a uchun insonning millati, dini va e'tiqodi emas, insoniyligi muhim bo'lgani bois, u bu mashaqqatli va xatarli yo'lda aslo chekinmay, o'z maqsadi sari olg'a qadam tashlaydi!!! U qizchaga Munna deb ism qo'yib oladi va ko'pgina qiyinchiliklarni boshidan kechirishiga to'g'ri keladi...
 
Taqrizchi - Muzaffar Muhammadnazar
      
 
   
 
 
 
 
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz