Закладки “UCHOLMAGAN” VALYUTALAR

Название:
“UCHOLMAGAN” VALYUTALAR
Жанр:
Дата:
15-10-2013, 06:03
Просмотры:
1517
 
"UCHOLMAGAN” VALYUTALAR YOXUD BOJXONACHILAR KO’ZINI SHAMG’ALAT QILISHGA URINGANLAR XUSUSIDA
 
     XORIJGA quruq hamyon bilan chiqilmasligi aniq. Lekin bu mamlakatimizdagi naqd xorijiy valyutalarni istalgancha tashib ketish mumkin, degani emas!
Amaldagi tegishli qo¬nun¬larga muvofiq, respublikamizda rezidentlarga 2000 AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutani bojxona bayonnomasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. Bundan ortiq miqdordagi naqd valyutalarni olib chiqish uchun esa vakolatli banklar yoki Markaziy bankning o’rnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi talab etiladi. Yurtimizdan chiqib ketayotgan xorijiy fuqarolar esa kirish chog’ida olib kirgan naqd valyutalari miqdoriga teng valyutani olib chiqib ketishlari mumkin.
     Mazkur tartiblar haqida batafsil eslatmalar barcha bojxona postlarining bayonnomalarni to’ldirish ustunlariga o’zbek, rus va ingliz tillarida ilib qo’yilganiga qaramay, safarga otlangan yurtdoshlarimiz va xorijliklar tomonidan naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishi bilan bog’liq holatlar uchrab turibdi. Bu esa siri fosh bo’lgach, amaldagi tartiblardan bexabarligini pesh qiladigan qonunbuzarlarning aslida bojxonachilarning ko’zini shamg’alat qi¬lishga urinishi ish bermaganini anglatadi.
     Yaqinda "Toshkent-Aero” ix¬tisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan shu turdagi bir nechta qonunbuzarlik holatlarining oldi olindi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi A.Mullayarova Sankt-Peterburgga parvozi oldidan salkam 60 ming Rossiya rublini bojxona bayonnomasida qayd etishni "unutib” qo’yibdi. "Parishonxotirlik” oqibatida uning yana bir yurtdoshi — Novosibirskka otlangan N.Nijegorodova ham 65 ming Rossiya rubli bilan "xayrlashishiga” to’g’ri keldi.
     Surxondaryolik S.Volodovning bojxona bayonnomasida qayd etmagan, demakki, yashirincha olib o’tishga uringan naqd xorijiy valyutasi 80 ming Rossiya rublini tashkil qildi.
"Toshkent — Pekin” reysi oldidan bojxona ko’rigidan o’tkazilgan xitoylik  Ts.Chenga esa qiymati 4,6 million so’mdan ortiq ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib o’tish rejasi ish bermadi.
     Moskvalik R.Dyomin bojxona bayonnomasida va og’zaki so’rovlar paytida ma’lum qilinmagan 3,5 ming AQSh dollarining bojxona ko’rigi paytida qo’l sumkasida "paydo” bo’lib qolganidan go’yoki xayratga tushdi.
     Avstriyalik F.Shtayner ham o’zi tashrif buyurgan davlatning bojxona qoidalarini mensimaslik oqibatida Rossiya Federatsiyasi poytaxtiga 6,6 ming AQSh dollarisiz ketishga majbur bo’ldi.
     "O’ychi o’yini o’ylaguncha, tavakkalchi ishini bitiradi”. Afsuski, bu naql "Toshkent — Istanbul” reysi bo’yicha parvozga otlangan uchtepalik G.Shodievaga naf bermadi. U 13 ming 800 AQSh dollarini yashirincha olib o’tishga tavakkal qilib, qat¬tiq adashdi.
     Shu tarzda pand egan qonunbuzarlar safida turkiyalik S.Tosun ham bor. Yuqorida sanab o’tilgan "qah¬ramon”lar orasida u amaldagi tartiblarga zid ravishda olib chiqishga uringan 14 ming AQSh dollari bilan "etakchi”likni o’z qo’liga oldi.
     Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va  surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
     Ta’kidlash joizki, joriy yilning o’tgan shu davri mobaynida "Toshkent-Aero” IBK xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 225 ta qonunbuzarlik holatida 981 million so’mdan or¬tiq ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo’yildi.
 
"Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz