Закладки FARZANDLIKKA OLISH TARTIBI

Название:
FARZANDLIKKA OLISH TARTIBI
Жанр:
Дата:
15-10-2013, 05:18
Просмотры:
3257
 
 

FARZANDLIKKA OLISH FAQAT SUD TOMONIDAN KO’RIB CHIQILADI

 

 

OILA ulug’ va muqaddas makon, inson kamolotining beshigi, dunyodagi jamiki ezgu umidlarning oltin kalitidir. Yurtboshimiz aytganidek: "Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat sog’lom, mamlakat qudratli, yurt tinch-osoyishta bo’ladi!".

 

Konstitutsiyamizning 14-bobi oilaga bag’ishlanib, uning 63-moddasida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga egaligi qayd etilgan.

 

Barchamizga ma’lumki, davlatimiz rahbari taklifi bilan 2013 yil mamlakatimizda "Obod turmush yili", deb e’lon qilingan. Joriy yilning 14 fevralida esa Prezidentimizning "Obod turmush yili" Davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida"gi Qarori qabul qilindi. Davlat dasturi 8 ta bo’lim va 86 ta banddan iborat bo’lib, unda joriy yilda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy siyosiy hayotidagi muhim yo’nalishlar qamrab olingan.

 

"Obod turmush yili"da yosh oilalarning, unda voyaga etayotgan farzandlarning qadr-qimmatini ulug’lash, ularning jamiyatdagi o’rni va mavqeini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish borasida ham bir qator vazifalar belgilangan.

 

Konstitutsiyamizning 64-moddasida davlat va jamiyat etim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlashi kafolatlangan.

 

Jumladan, Oila kodeksining 151-moddasida farzandlikka olishga faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko’zlab yo’l qo’yilishi, farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko’ra, vasiylik va homiylik organlarining far­zand­likka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to’g’ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshirilishi, farzandlikka olish to’g’risidagi ishlar Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek, prokuror ishtirokida sud tomonidan ko’rib chiqilishi belgilangan.

 

Shuningdek, xalqaro tajribadan ma’lumki, ko’pgina davlatlarda farzandlikka olish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Xususan, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va ko’pgina MDHga a’zo (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa) davlatlarda ham mazkur masala sud tomonidan ko’rib chiqiladi.

 

Shu bilan birga, Oila kodeksining 107-moddasiga kiritilgan o’zgartishda voyaga etmagan bolani ota-onasidan olish va uni bolalar tarbiya muassasasiga joylashtirish to’g’risidagi hal qiluv qarorini chiqarishda sud ota va onaning har biridan mazkur bola foydasiga ushbu Kodeks­ning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda alimentlar undirishi, undirilgan ali­ment­lar mazkur bola nomiga ochilgan bank hisobvarag’ida jamlanishi va u voyaga etganda to’lanishi bayon etilgan. Bu esa tarbiya muassasasiga joylashtirilgan bolalarga voyaga etgandan so’ng yangi hayotni boshlashi uchun ma’lum miqdordagi shaxsiy mablag’lar jamg’arishga ko’maklashadi. Ya’ni, unda moddiy mablag’ zaxirasi shakllangan bo’ladi.

 

 

Shohjahon ERGAShEV,

 

Adliya vazirligi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo’limi mas’ul xodimi


 

 

 


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?