» » Toj Mahalni oyoq osti qilgan Koinot go'zali

Toj Mahalni oyoq osti qilgan Koinot go'zali

:
Toj Mahalni oyoq osti qilgan Koinot go'zali
:
13-10-2013, 06:11
:
3086
Hindiston politsiyasi amerikalik 21 yashar "Koinot gozali" Oliviya Kalponi xuddi shu narsada ayblamoqda.

                                                                                       
     Buyuk Boburiy hukmdorlaridan biri bolgan Shoh Jahon sevimli rafiqasiga atab qurdirgan "Toj Mahal" jahon memorchiligining "durdonasi" sanaladi.
"Muhabbat obidasi", deb ham yuritiluvchi maqbara Birlashgan Millatlar YuNESKO jamgarmasining "Noyob memoriy obidalar" royxatiga kiritilgan.
Asrlarki ozining gozalligi va nafosati bilan insonlarning aqlini shoshirib kelayotgan "Toj Mahal" "dunyoning etti mojizasidan biri" sifatida ham etirof etiladi.
Hindistondan olingan xabarlarga kora, "Koinot gozali" avvaldan ruxsat olmay turib, maqbara sathida xorijiy shirkatlardan birining poyafzalini reklama qilgan.
Hindistondagi kozga koringan nashrlardan biri bolgan "Hindustan Times"ning yozishicha, hodisa otgan yakshanba kuni yuz bergan va mahalliy politsiyaning "gozal"ga qarshi ish ochishi bilan yakunlangan.
Kuni-kecha "Koinot gozali" tanlovi tashkilotchilari Hindistondan rasman "uzr" ham sorab chiqishgan.
"Gozal"ning ozi esa, allaqachon Hindistonni tark etgani aytilmoqda.
Oliviya Hindistonda nimalar qilib yurgandi?
Tashkilotchilarga kora, Oliviya xonim Hindistonga "Koinot gozali" sifatida safar qilayotgan bolgan.
Xabarlarga kora, Amerikaning Rod-Aylend orolilik Oliviya Kalpo "Koinot gozali" sifatidagi majburiyatlari doirasida 10 kunga Hindistonga safar qilayotgan bolgan.
Otgan yakshanba kuni esa, gozalning "Toj Mahal" maqbarasiga qilgan safari foto-sessiyaga aylanib ketgan.
Xabarlarga kora, Oliviya xonim maqbaraning oq marmarli zinasiga otirib, bir jufti oyogida, ikkinchisi qolida bolgan alfozda oyoq kiyimlarini reklama qilgan.
"Toj Mahal" sathida biror bir narsani targib yoki tashviq qilish rasman taqiqlanadi.
Shu bois ham, maqbara nazoratchilari "Koinot gozali" va uning hamrohlari ustidan politsiyaga shikoyat qilishgan.
Oliviya Kalpo otgan yil dekabr oyida bolib otgan tanlovda 88 raqibini ortda qoldirib, "Koinot Gozali" tojini qolga kiritgandi.
Koinotning bu yilgi gozali esa, Rossiya poytaxti Moskvada aniqlanadi.

"Sidqidildan uzr soraymiz"

     Aybdor, deb topilsa, "Koinot Gozali" jarimaga tortilishi mumkin.
"Koinot Gozali" tashkilotchilari oz uzrxohliklari bitilgan bayonotlarini otgan kun "Frans-Press" axborot agentligiga yollashgan.
Agentlik oz xabarida, bayonotning "Biz "Koinot gozali" ishtirokida yuz bergan hodisa uchun hind xalqidan otinib kechirim soraymiz", - degan satrlaridan iqtibos keltirgan.
     Bayonot mazmunidan ayon bolishicha, Oliviya Kalpo xonim muxlislari uchun video kundaliklar qilayotgan bolgan.
"Biz shu rejamizning bir qismi olaroq foto-sessiyalarimizga homiylarimizni ham jalb qilamiz. Bu ishlarimiz tujjoriy maqsadlarni kozga tutmaydi", - deyiladi ularning bayonotida.
"Biz ehtiyotsizligimiz sabab bilmasdan etkazgan ozorimiz uchun chin dildan kechirim soraymiz".
Xabarlarga kora, "Koinot gozali" bilan birga "Toj Mahal"ga borgan hind dizaynerlaridan biriga ham ish ochilgan.
Agar, aybdor, deb topilishsa, ikkovlon jarimaga tortilishlari mumkinligi aytilmoqda.
Ayon bolishicha, ular "Qadimiy obidalar va Arxeologik Sathlar togrisi"dagi qonunchilikka zid ish tutishgan.

"Toj Mahal"

     
     Boburiylar davrida yaratilgan va hozir ham oz gozalligiyu salobatini butun dunyoga koz-koz qilayotgan memoriy obidalar ozmuncha emas
Maqbarani tarixga Buyuk Mugol imperatori sifatida ham kirgan Shoh Jahon ozining sevimli rafiqasi Mumtoz Mahal begim xotirasiga atab qurdirgan.
Shundoqqina Jamna daryosi boyida joylashgan "Toj Mahal"ni yiliga dunyoning turli burchaklaridan kelgan millionlab odamlar ziyorat qilishadi.
Uni bazan "yonoqdan oqayotgan koz yoshi"ga ham qiyoslashadi.
Maqbaraga oyoq kiyimida kirish va yurish taqiqlangan.
Ammo Oliviya xonim foto-sessiyasini otkazgan bogida poyafzalda yurish mumkin.
Oq marmarga qimmatbaho toshlar oyib ishlangan "Toj Mahal" maqbarani qurish ishlari begimning olimidan yil otib, 1632 yilda boshlanadi.
Tarixiy manbalarda "gozallik va zehnda tanho" bolgani aytilgan malikaning 14-farzandini tugish paytida dunyodan koz yumgani aytiladi.
Ozidan keyin ham dunyoning manaman, degan qanchadan-qancha memorlarini ilhomlantirib kelayotgan maqbara 22 yil deganda qurib bitkazilgan.
"Ustalarning qolini kesib tashlagan"
Ozbekistonning Andijonidan bolgan va oz yurti qolib, Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Boburning maqbarasi esa, Afgonistonning Kobul shahrida joylashgan.
Ayrim manbalarda keltirilishicha, Shoh Jahon tasavvuridagi "suyuklisining jannatdagi uyi"ni yaratish uchun yigirma mingta usta kechayu kunduz ter tokib ishlashadi.
Xalq ogzida yurgan rivoyatlarda esa, qaytib boshqa "Toj Mahal" qurmasliklari uchun shoh barcha ustalarning qollarini kesib tashlagan ekan, deb mubolaga ham qilinadi.
Otgan yil Birlashgan Arab Amirligi Dubayda "Toj Mahal" maqbarasi nusxasini yaratish loyihasi bilan chiqqandi.
Ushbu loyihaning qiymati esa, 1 milliard AQSh dollariga baholangandi.
Boburiylarning Hind yarim orolidagi hukmdorligi uch asrdan ziyod davom etgan.
Ularning shohliklari davrida yaratilgan va hozir ham oz gozalligiyu salobatini butun dunyoga koz-koz qilayotgan memoriy obidalar birgina "Toj Mahal" bilan cheklanmaydi.
Poytaxt Dehlidagi Qizil Qala va Jome masjidi, Fotihpur Sekridagi Panch Mahal, Lohurdagi Jahongir maqbarasi va Shalimar bogi har kuni necha yuz ming sayyohlarni oziga jalb etadi.

Jahon matbuoti xabarlari asosida Muzaffar Muhammadnazar tayyorlagan. 

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
«     2017    »
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz