Закладки Fohishaxonadagi qotillik

Название:
Fohishaxonadagi qotillik
Жанр:
Дата:
18-11-2015, 07:16
Просмотры:
2094
 
 
 

Fohishaxonadagi qotillik


 

     Ushbu hodisalar Gulistonda bo’lib o’tgan.

 

     Uning bosh «qahramoni» Andijon viloyatida tug’ilgan Yahyobek o’g’ri, bezori yigit sifatida tanilib qolgan edi. Chunki u uch marta sudlangan. Unga nisbatan amnistiyalar qo’llanganligi, bir necha bor qisqa muddatlarga qamoq jazolarini o’tagani yigitga dars bo’lmadi, deb yoziladi «Adolat ko’zgusi» gazetasining 43-sonida.

 

     Bu kimsaning ko’zi qiz-juvonlarni ko’rganda, o’ynab ketardi. Zangiota tumanidagi novvoyxonalardan biriga ishga joylashib olgan yigit zerikkandan-zerikar edi. O’zi kabi boshqa viloyatdan kelgan «Xumor»ni ko’rib ko’ngli alag’da bo’ldi.

 

     Uning kasalmand ekanligi, operatsiya qilinganligi, shifoxonada davolanayotganidan boxabar bo’lgach, u mehribon akaga aylandi qoldi.

 

— Do’xtirlar o’z yo’liga, eskicha ham qilish kerak, — dedi u qizni avrab. — Bizni Andijon taraflarda shunaqa ziyoratgohlar borki, shunaqa folbin-qushnochlar borki...

 

     Uning gaplarini eshitgan qiz tezroq Andijonga borgisi keldi. Yo’lga tushishdi. Ular o’tirgan taksi Ohangaron tumaniga etib kelgach, kimsasiz da-lada to’xtadi. Taksini jo’natib yuborgan Yahyobek qizni bo’g’ib, o’ldirish bilan qo’rqitib, zo’rlik yo’li bilan murodiga etadi.


 

Gulistondagi uchrashuv


 

     Ishdan zerikkan mahali Yahyobekning telefonni «titkilab», tasodifiy raqamlar orqali tanish orttirishga ishqibozligi kuchli edi. Bunday ishqibozlikka o’ch ayol ham topila qoldi. Bir necha bor telefon orqali qilingan muloqot va «SMS»lardan so’ng «Dilnavoz» Ya.Abdunazarovga uchrashuv belgilaydi.

 

     Pulni cho’ntakka joylab, Yahyobek Guliston shahriga yo’l oldi. Aytilgan manzil bo’yicha fohishaxonani topib bordi. Qo’shmachi xotin uni bir fohishaga ro’para keladi. Nafsi qongan Yahyobek to’lovga kelganda nomardlik qilgan ko’rinadi, o’zaro kelishmovchilik oqibatida u pichog’ini qinidan chiqarib, avval fohishaning siynasiga, keyin qo’liga, oyoqlariga pichoq sanchdi. Uning dod-voyini eshitgan qo’shmachi xotin xonaga bostirib kirdi. Himoyaga otlangan qo’shmachining yonida yana bir fohisha paydo bo’ldi. Yahyobek uning ham yarim yalang’och elkasiga va qo’liga pichoq sanchdi. Ketma-ket sanchilgan pichoqlar oqibatida qo’shmachi xotin shu erning o’zida jon taslim qildi.

 

     Yahyobek bu safar ham qochishga ulgurdi.


 

***


 

     «Buzoqning yugurgani somonxonagacha» deyishadi. Jinoyat ishlari bo’yicha Sirdaryo viloyati sudi tomonidan Yahyobek Abdunazarov nomusga tegish, bosqinchilik, qasddan odam o’ldirish bilan bog’liq, bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sudning hukmi bilan, tayinlangan jazolarni qisman qo’shish yo’li bilan Yahyobek Abdunazarov 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U tayinlangan jazoning 2 yilini turmada, qolganlarini qattiq tartibli koloniyalarda o’taydi.

 
Manba: Darakchi
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz