» » Mast erkak ikki haydovchini tunab ketdi

Закладки Mast erkak ikki haydovchini tunab ketdi

Название:
Mast erkak ikki haydovchini tunab ketdi
Жанр:
Дата:
2-10-2015, 01:00
Просмотры:
349
 
 
 
Mast erkak Rishton tumanida ikki haydovchini tunab ketdi

     Farg'ona viloyatining Rishton tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Inomiddin T. mast holatda 1982 yil tug'ilgan Alisher A. ga boshqaruvidagi "Neksiya” rusumli avtomobilni to'xtatib, ma'lum joyga olib borishni iltimos qiladi. Hech narsadan shubhalanmagan Alisher yo'lovchini so'ragan manziliga yetkazib qo'yishga qaror qiladi.

     "Na postu” nashrining xabar qilishicha, yo'lda Inomiddinning niyati aynib, mashinani to'xtatishni talab qiladi. Shundan so'ng haydovchiga pichoq o'qtalib, uni avtomobildan tushirib yuboradi va mashinani o'zi haydab ketadi. Biroq ko'p yurmasdan avtomobil o'g'risi boshqaruvni yo'qotib, uni fermer xo'jaliklaridan birining devoriga borib uradi. Talonchi mashina salonini titkilab, avtomobil g'aladonida saqlanayotgan haydovchiga tegishli 350 ming so'm pul va "Nokia” rusumli mobil telefonini olib, o'z yo'lida davom etadi.

     Jinoiy harakatlarini tamomlamagan Inomiddin "Damas” rusumli mashinani to'xtatadi va yuqoridagi stsenariy asosida haydovchi Davlat J. dan tuman markaziga eltib qo'yishni iltimos qiladi. Manzilga etganidan so'ng hamyonidan pichog'ini chiqarib, Davlatning yonida bo'lgan 116 ming so'm pulni zo'rlik bilan olib qo'yadi.

Jabrlanganlar arizasiga binoan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi qo'lga olindi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz