» » Toshkentlik fermer kuyovini pichoqlab qo'yib, 10 yilga qamaldi

Закладки Toshkentlik fermer kuyovini pichoqlab qo'yib, 10 yilga qamaldi

Название:
Toshkentlik fermer kuyovini pichoqlab qo'yib, 10 yilga qamaldi
Жанр:
Дата:
22-09-2015, 02:08
Автор:
Просмотры:
2148
 
Toshkentlik fermer kuyovini pichoqlab qo'yib, 10 yilga qamaldi

     Toshkent viloyatidagi fermer xo'jaliklaridan birida ishlab kelayotgan G'ofur Xudoyorov mast holda kuyovi Hasanni o'ldirib qo'ygani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda "Huquq olamida” gazetasi yozmoqda.

     Aytilishicha, shu fermer xo'jaligida cho'ponlik bilan shug'ullanib kelgan Hasan Gulchehra ismli qizga oshiq bo'lgan, lekin qizning bu munosabatlardan norozi bo'lgan otasi uni boshqa qishloqqa uzatib yuborgan. Shunda Hasan akasining do'sti G'ofurning singlisi Masturaga uylangan.

     Ammo ularning oilalari tinch bo'lmay, Hasan doim mast yurar, janjal ko'tarar edi. Ayniqsa, Gulchehra ajralib, otasining uyiga qaytgach, Hasan oilasidan deyarli xabar olmay qo'ygan va Gulchehra bilan yangitdan munosabatlarga kirishgan. Hatto rafiqasi bilan birga yashamaslik uchun qizi bilan fermer xo'jaligining shiyponida yashay boshlagan.

     Bir kuni qaynog'asi G'ofur bilan aroq ichib, eski dardlarini yodga olgan. Qarindoshlar o'rtasida bahs kelib chiqqan, u tezda dahanaki jangga, so'ng chinakam mushtlashuvga aylangan. Hasandan 10 yosh katta bo'lgan G'ofur kuyoviga kuchi etmasligini tushunib, uyga kirib ketgan va qo'yniga pichoq yashirib chiqqan. Hasan unga tashlanganidan bo'ynidan pichoq egan. Voqeani Hasanning qizi, G'ofurning jiyani kuzatib turgan, ammo mast erkaklarni ajratishga ojizlik qilgan.

     Hasan hushiga kelmay, tuman kasalxonasida olamdan o'tdi. G'ofur Xudoyorov esa Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-bandiga ko'ra sudlanib, keyingi 10 yil umrini qamoqda o'tkazadigan bo'ldi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz