» » Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni noqonuniy import qilish bilan shug'ullangan jinoiy guruh qo'lga olindi

Закладки Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni noqonuniy import qilish bilan shug'ullangan jinoiy guruh qo'lga olindi

Название:
Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni noqonuniy import qilish bilan shug'ullangan jinoiy guruh qo'lga olindi
Жанр:
Дата:
2-09-2015, 01:16
Автор:
Просмотры:
500
 
Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni noqonuniy import qilish bilan shug'ullangan jinoiy guruh qo'lga olindi

Toshkentda Dong Feng rusumli avtotransportlarni O'zbekiston hududidagi noqonuniy olib kirish bilan shug'ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda "Ogoh” nashri yozmoqda.

2009 yildan buyon xususiy kompaniyada menejer lavozimida ishlab kelgan Shodmon Sharipov "D.K.” MChJ bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha mutaxassis Azim G'ayratov bilan kelishgan holda 2011 yilda ishlab chiqarilgan 2ta oq rangli, jami narxi 111 mln so'm miqdoridagi Dong Feng avtotransport vositasini import qilishda turli hujjatlarni soxtalashtirish yo'li bilan 126 mln so'mdan ortiq bojxona to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovladi.

Boshqa ishbilarmon – Alijon Nabiev esa yuqorida tilga olingan korxonaning boshqa mutaxassisi Ahad Aliev bilan kelishgan holda o'sha rusumdagi umumiy narxi 106.5 mln so'm bo'lgan avtotransport vositalarini import qilishda qonunbuzarlikka yo'l qo'yib, 126 mln so'mdan ortiq bojxona to'lovlarini to'lamadi.

Oradan bir qancha muddat o'tib, shu guruh yana bir dona 55 mln so'mlik Dong Feng avtotransportini olib kirishda 63 mln so'mlik to'lovlarni bojxonaga to'lamadi.
Sud qarori bilan jinoiy guruh ishtirokchilariga tegishli jazo tayinlandi.
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?