» » O'zbekiston fuqaroligini yo'qotish

Закладки O'zbekiston fuqaroligini yo'qotish

Название:
O'zbekiston fuqaroligini yo'qotish
Жанр:
Дата:
14-08-2015, 06:34
Автор:
Просмотры:
1392
 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishning yangi asosi kiritildi

2015-yil 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov imzolagan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun asosida "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga fuqarolikni yo‘qotish bilan bog‘liq yangi asos kiritildi, deb xabar beradi Xushnudbek.

Unga ko‘ra, agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin.

Bungacha quyidagi asoslar bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilar edi:

shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.

Manba: Daryo va Xushnudbek

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz