» » «Sotqin» filmining noqonuniy savdosi bo’yicha qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Закладки «Sotqin» filmining noqonuniy savdosi bo’yicha qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Название:
«Sotqin» filmining noqonuniy savdosi bo’yicha qonun buzilishi holatlari aniqlandi
Жанр:
Дата:
20-06-2015, 03:16
Просмотры:
1573
 
 
 
«Sotqin» filmining noqonuniy savdosi bo’yicha qonun buzilishi holatlari aniqlandi

     Filmlarning noqonuniy savdosi va namoyishi bilan shug’ullanayotgan shaxslar va saytlarga nisbatan choralar ko’rilmoqda.

     Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan suratga olingan, shuningdek, xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan filmlarning noqonuniy savdosi va namoyishini oldini olish bo’yicha tegishli idoralar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
     Xususan, O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Toshkent shahar hokimligi Ishchi guruhi bilan hamkorlikda gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shoxobchalarda «Sotqin» badiiy filmining noqonuniy savdosi bo’yicha monitoring o’tkazib, 33ta qonun buzilishi holatini aniqladi.
     Bundan tashqari, milliy UZ zonasida faoliyat olib borayotgan bir qator nodavlat saytlarda, xalqaro domen zonalaridagi resurslarda «Sotqin» filmining noqonuniy namoyishi tashkil etilayotgani ma’lum bo’ldi.
     Shu bilan birga, Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida faoliyat yuritayotgan «G‘ijduvon oynai jaxoni» MChJ muassisligidagi «G’ijduvon-TV» telekanali tomonidan 2015 yil 12 aprel kuni soat 20:46dan 23:18gacha «O’zbekkino» Milliy agentligi huquq egasi bo’lgan, davlat byudjeti mablag’lariga yaratilgan «Sotqin» badiiy filmi huquq egalarining ruxsatisiz efirga uzatilgan. Bu kabi holatlar nafaqat davlat filmlari, balki nodavlat kinostudiyalar tomonidan suratga olingan filmlar bilan ham uchrab turibdi. 
     O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ma’lumotiga ko’ra, mazkur holat O’zbekiston Respublikasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida»gi Qonunining 62-moddasiga asosan (huquq egasi bilan shartnoma tuzmasdan asarlardan foydalanish) mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi va Qonunning 65-moddasiga asosan huquq egasi huquqbuzardan, jumladan, huquq buzilishi natijasida boy berilgan foydani qoplashni talab qilishga haqli.
     Mazkur holatlar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qonuniy choralar ko’rilishi uchun tegishli ma’lumotnomalar taqdim etildi.
     O’z navbatida «O’zbekkino» Milliy agentligi davlat byudjeti mablag’lariga, shuningdek, nodavlat kinostudiyalar tomonidan suratga olingan filmlarning noqonuniy savdosi va namoyishi bilan shug’ullanayotgan shaxslar hamda internet resurslariga yana bir bor murojaat qilib, ularni belgilangan qonun talablari doirasida faoliyat olib borishga chaqiradi, shuningdek, qonunbuzarlarga nisbatan aniq ta’sirchan choralar ko’rilishini ma’lum qiladi.
 
Manba: Darakchi

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?