TOQQIZ KUNLIK MASHUQA

:
TOQQIZ KUNLIK MASHUQA
:
18-08-2014, 07:48
:
4881
 

TOQQIZ KUNLIK MASHUQA

"Tico" haydovchisi

     Navqiron yosh deganda, aslida insonning ayni kuchga tolgan davri 20-30 yoshlar oraligidagi vaqt tushuniladi. Bu davrda aql-idrokli odam ozining insoniy fazilatlari bilan jamiyatda orin va mavqega erishadi, kelajagiga mustahkam poydevor qoyadi, yomon odatlardan tiyilib, masuliyat, burch degan tushunchalar mohiyatini chuqur anglaydi. Biroq, hamma ham bu yoshda bunday fazilatlarga erisha olmasligi mumkin. Bazan shunday kimsalar uchraydiki, ular oz huzur-halovati, aysh-ishrati yolida hamma narsadan voz kechadi.
     Koson tumanining Nartibaland mahallasida yashovchi Jamshid Patiev giyohvand moddalar savdosi bilan shugullanganligi uchun jinoyat ishlari boyicha Kasbi tuman sudining 2008 yil 15 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. JIB Muborak tuman sudining 2010 yil 20 oktyabrdagi ajrimiga kora, otalmay qolgan jazo muddati axloq tuzatish ishi jazosi bilan almashtirildi. Unga nisbatan qollanilgan bu insonparvarlik akti oz xatosini mulohaza qilib korishi uchun imkoniyat edi.
     Muqaddam sudlangan, ammo shartli ravishda muddatidan ilgari ozodlikka chiqqan Jamshid axloqan ozgargandek boldi. Ammo u 3 nafar farzandning otasi bolsa-da, shu kungacha biror tayinli ishning boshini tutmagandi. Rozgor tebratish, bola-chaqa boqish uchun esa ishlash kerak. Jamshid Patiev oylab otirmay, kirakashlik bilan shugullanishga ahd qildi. Ammo mashina boshqarish uchun uning haydovchilik guvohnomasi yoq edi. Tavakkal qilib, tanishi Qosim Rahmonovga tegishli "Tico" rusumli avtomashinani ogzaki kelishuv asosida ijaraga olib, "Koson-Qarshi" yonalishi boyicha qatnay boshladi.

Ilk uchrashuv

     2013 yil 21 iyul. Jamshid odatdagidek Erqorgon bozori oldida mijoz kutib turardi. Jazirama issiqda tirik jon borki, ozini soyaga urgan. Jamshid esa songgi mijoz kelsa, yolga otlanishga shay. Songgi mijoz ozini "Guli" deb tanishtirgan Sevara Xurramova (ism-familiyalar ozgartirilgan) boldi. Ayol mashinaga otirishidan oldin yonida puli yoqligi, kira haqini manzilga etganidan song tolashini aytdi. Mashina yolga chiqdi.
     Yolning taftini suhbat oladi. Yigit ham bu aqidaga amal qilib, yolovchilarni suhbatga tortdi. Ammo boshqa yolovchilarga qaraganda, Gulining qarashlari uning etiborini oziga jalb qildi. Jamshid negadir bu juvon bilan gaplashgisi keldi. Qisqa-qisqa suhbatlardan song yaxshigina "chiqishib" ham olishdi. Yigit juvonga qochirim gaplar qilib, uning qaerga, nima maqsadda borayotganligini bilib oldi. Suhbat davomida Jamshid uchun ayolning turmushdan ajrashgani, Qarshi shahridagi tamaddixonalardan birida ishlashini bilib olish qiyin kechmadi. Manzilga etgach, Guli unga telefon raqamini qoldirib, mashinadan tushdi. Kira haqini esa ayolni kutib olgan yigit toladi.
     Jamshid bu ayolni odatiy yolovchi sifatida ham korishi mumkin edi. Ammo imonining sustligi va begona ayollarga suyagi yoqligi sababli, Guliga qongiroq qilish fikri bilan yolida davom etdi.
     Sharq allomalari qalbni inson tanasining podshohi sifatida baholashgan. Insonning manaviy olami, qalbining pok bolishi uning tashqi olami pokligiga ham oz tasirini korsatadi. Egri yolga bosh suqish, nopok qadam tashlashning gunohi oilaning parchalanishiga, halol va haromning aralashib ketishiga sabab boladi.
     Uyda ayoli turib, kochada bazi engiltak ayollarni korganda ogzining suvi qochadigan erkakning na oilada, na jamiyatda orni bor. Dinimizda ham, qonunlarimizda ham zinokorlikka yol yoq. Allomalarimiz shaytoniy nafsni enga olgan kishigina komillikka erisha oladi, deya takidlashgan. Afsuski, Jamshid Patiev bunday tushunchalardan butkul bexabar edi. Kocha-koyda buzuq ishlarni qilib, uyga qaytishdan ham or qilmas, zinokorlikning naqadar jirkanchligini tushunishni istamasdi.

Fahsh botqogi

     2013 yil 25 iyul. Jamshid Gulini unutmagandi. Kech tushib, uyiga qaytishi kerak bolsa-da, unga telefon qildi. Ayol Koson tumanida ekanini aytgach, u bilan uchrashishga kelishib oldi. Chetdan qaraganda uchrashuv samimiydek tuyulsa-da, ammo ikkisiga ham shahvoniy istak tinchlik bermasdi. Oqshom chokib, atrof tinchigach, tumandagi 94-umumtalim maktabi roparasida qurilayotgan imorat ichiga kirib ketgan ikki kolankani birov payqadi, birov esa yoq...
     Muqaddas Quroni Karimda zino pokiza buloqdan yuz ogirib, iflos balchiqqa ozini urish, deya tariflanadi. Shuningdek, zinokorning harakati nasl-nasabning buzilishi, aralashib ketishiga sababchi boladi. Bu esa insoniyatga qarshi jinoyat qilish bilan baholanadi.
     Erkak yoki ayolning egri yolga yurishi bu oilaga xiyonat. Oilaga xiyonat qilindimi, demak, jamiyatga ham xiyonat qilingan hisoblanadi. Zinokorlik ortidan erkak uyiga kasofat olib kiradi. Rozgoridagi barakani yoqqa chiqaradi. Farzandlari oldida obroyini yoqotadi. Shahvoniy nafs qurboni bolgan Jamshid keyin ham ozini bunday harom yoldan qaytara olmadi, "mashuqasi"ni tez-tez daraklab turadigan boldi. Guldek xotini, farzandlarini unutib, fahsh botqogiga tobora chuqurroq botib boraverdi. Kun kelib bu qilmishi qanchalar ayanchli yakun topishini xayoliga ham keltirmadi.

Kiyimdagi dog

     2013 yil 30 iyul. Oyinga berilib, bilyardxonada anchagacha qolib ketgan Jamshid Guliga qongiroq qilib, uning qaerdaligini soradi. Ayolning yaqin joydaligini bilgach, mashinasiga otirib, uning yoniga oshiqdi. Bu paytda Guli dugonasi "Yulya" bilan uni kutib turardi. Gulining iltimosiga kora, Yulyani Qarshi shahriga olib borib qoyishi kerak edi. Jamshid aylanib kelish bahonasida ularni mashinasiga otqazdi. Yulya tushib qolgandan keyin ikki "oshiq-mashuq" tamaddi qilish uchun egulik va spirtli ichimlik sotib olishdi. Jamshid yaqinlashayotgan "visol" onlarining xayoli bilan mast edi. Ikkovi mashina salonida ovqatlanib, ozgina suhbatlashishdi. Spirtli ichimlik tasiridan Jamshid biroz sarxush edi. Shunday bolsa-da, mashina rulini Koson tumanining Guvalak qishlogi tomon burdi. Tun yarmidan oqqani uchun qishloq hududidan otadigan kanal boyida toxtagan mashinani hech kim sezmadi. Atrofda chigirtkalarning chirillashi-yu, qishloq itlarining bezovta hurishidan boshqa ovoz eshitilmasdi.
     Bora-bora odatiy ishq oyinlari joniga tega boshlagan Jamshid bilan Guli ortasidagi "oshiq-mashuq" haqidagi "shirin" suhbatlar endi janjalga aylandi. Sarxush yigit juvonning ogzidan chiqayotgan turli gaplarni eshitib, ozini haqoratlangandek his etdi. Kimligini korsatib qoyish maqsadida unga zorlik ishlata boshladi. Oldirish bilan qorqitib, yuziga shapaloq tortib yuborgan edi, Guli jon holatda mashinadan tushib qochmoqchi boldi. Ammo yigit chapdastlik bilan uni erga yiqitdi. Ayolning qichqirigidan xavotirga tushib, boshiga tosh bilan urdi. Zarba kuchidan ayol tinchib qoldi. Uning boshidan sizib chiqqan qonni korib, Jamshidning hushi oziga keldi va jinoiy qilmishini yashirish uchun Gulining jasadini kanalga tashlab yubordi.
     Tong bozarib ota boshladi. Yigit shosha-pisha mashinaga otirib, uyiga oshiqdi. Kiyimlarini almashtirib, xotini, bola-chaqasini olib kelish uchun qaynonasinikiga yol oldi. Uylariga kelgach, xotini erining qon tekkan kiyimlarini korib, sababini soradi. Jamshid kochada janjallashib qolganligini bahona qilib, kiyimlarini tozalab yuvishni buyurdi. Ammo qon doglarini ketkazishning iloji yoq edi.

Hayo va ibo timsoli

     Uyat olimdan qattiq, deydi xalqimiz. Bu maqol mohiyatini aksariyat ayollarimiz chuqur va teran tushunadilar. Momolarimiz hayo va nomusni qalb tumori deb bilishgan. Urush yillarida eridan qoraxat kelib, bir umr bevalik azobini tortgan ayollar uchun hayosizlik olimga teng hisoblangan. Zero, hayo ketsa, qaytmaydi. Momolarimiz qahatchilik zamonida ham sharmsizlik kochasiga kirishdan kora, ochdan olmoqlikni afzal bilganlar. Qolaversa, turmushidan baxt topmagan, hayotning zarbasiga uchrab, turmush ortogidan ajrashishga majbur bolgan ayollar uchun poklik har narsadan ustun hisoblangan.
     Keling, marhuma Sevara Xurramovaning taqdiriga bir nazar tashlaylik. Marhumaning onasi suddagi korsatuvida qizining turmushda baxti kulmagani, bir nafar farzandi bilan ularning uyida yashaganligini takidlaydi. Shuningdek, qizining Qarshi shahridagi tamaddixonalardan birida ishlashidan, begonalarga ozini "Guli" deb tanishtirishidan ham xabardor ekan. Albatta, ozbekona qarashlarimizga kora, rozgoridan tinib-tinchimagan, ajrashgach, boshi ochiq bolgan qizning onasiga juda qiyin. Qiyin tomoni shundaki, endi ona qizining ortidan biror isnod kelishidan, nomi yomonotliq bolib qolishidan xavotirlanib yashaydi. Uning bebaxtligi boshqa farzandlarining taqdiriga tasir qilishidan xavotirlanadi. Shuning uchun qiziga nisbatan juda ehtiyotkor va etiborliroq bolib qoladi.
     Hayotda Sevara singari baxti kulmagan ayollar yoq emas. Agar ularning barchasi buzuqlik kochasiga kirib ketaversa, unda biz tariflashdan charchamaydigan, ibo va hayo malikalari deya koklarga kotargan ayolning qadri qolarmidi?! Sevarani nomaqbul yolga kirib ketishga nima majbur qildi? Sevara turmushidan ajrashgan bolsa-da, avvalo, u ona edi. Oglining baxtli kelajagi uchun ham halollik va pokizalikda unga ornak bolmogi lozim edi. Harom luqma aralashgan joyda falokat bolishini anglashi, bu aqidaga amal qilishi kerak edi. Shuni unutmaslik kerakki, ayol, avvalo, oila mustahkamligi, farzandining baxti, kamoli uchun qayguradi. Shu sabab, turmushning barcha zarbalariga dosh beradi, ularni mardonavor qarshi oladi. Shundagina ayollik martabasiga, onalik baxtiga erishadi.

Hukm oqildi

     Telefon orqali Sevara bilan boglana olmagan ona undan xavotir ola boshladi. Qizi bilan ishlaydiganlardan sorab-surishtirishga tushdi. Afsuski, biror tayinli javob ololmadi. Telefon esa ochirilgan.
     2013 yil 1 avgust kuni ona umid bilan yana qizining telefoniga qongiroq qildi. Goshakni begona odam kotardi va unga Qarshi shahridagi Erqorgon bozoriga kelishni soradi. Bir kongilsizlikni sezgan ona kichik qizini olib, aytilgan joyga etib bordi. Ozlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari deb tanishtirgan kishilar ularni Qarshi shahar sud-tibbiyot ekspertiza bolimiga olib borishdi.
     Tezkor-qidiruv natijasida qotil Jamshid Patiev ekanligi malum boldi. Jamshid ozini oqlashga har qancha urinmasin, toplangan dalillar va ekspertiza xulosalari uning aybdor ekanligini isbotlab turardi. Mazkur holat jinoyat ishlari boyicha viloyat sudining majlisida korilib, Jamshid Patievga nisbatan uzil-kesil 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Toqqiz kun davom etgan ishqiy sarguzasht shu tariqa yakun topdi.

Songgi soz

     Buzuqlik kochasi. Bu kochaning har bir qarichida fahsh, nahs va razolat hukmron. Bu kochaga bosh suqishning oziyoq kishi manaviyatini emiradi. Halokatga etaklaydi. Pokiza tuygularidan mahrum etadi. Bu kochaning "bek" va "beka"larini yuzsiz, imonsiz, oz taqdirlarini oz qollari bilan qabohat botqogiga otganlar safida korish mumkin. Bu kochaga kirgan kishi yuzi qarolik tamgasi bilan yashashga mahkum. Shuning uchun ham bobo va momolarimiz bu kochaga qarashdan ham hazar qilganlar, avlodlarining manaviy pokligiga katta etibor qaratganlar. Ushbu jinoiy ishni batafsil bayon qilishdan maqsadimiz, buzuqlik va nopoklikning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini yana bir karra gazetxonlar yodiga solish, manaviy poklikning har narsadan ustun ekanligini takidlashdir.

Rustam NORChAEV,Qashqadaryo viloyat prokuraturasi bolim AMIB katta tergovchisi,
Norbota GOZIEV,Huquq gazetasining maxsus muxbiri

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?