» » Namanganlik «Otello» 19 yilga qamaldi

Закладки Namanganlik «Otello» 19 yilga qamaldi

Название:
Namanganlik «Otello» 19 yilga qamaldi
Жанр:
Дата:
13-08-2014, 05:20
Просмотры:
2545
 
 
     «Pravda Vostoka»ning yozishicha, Namanganda Avazbek A. uyiga oshnalarini chaqirib, ziyofat uyushtirdi. Shirakayf bo’lib qolgach, u ulfatlariga xotini Feruza bilan janjallashib qolganini aytib, u haqda noliy boshladi.
     Mehmonlardan biri, Feruzaning sobiq qo’shnisi Ilyos Avazbekning gaplariga e’tiroz bildirib, ayolni maqtay ketdi va «U juda yaxshi ayol, uni butun oilamiz bilan yaxshi ko’ramiz», – dedi.
     Bu gaplar Avazbekka yoqmadi. U bu mavzuni o’zi ko’targan bo’lsa-da, hech kimdan uning oilaviy ishlariga aralashmaslikni so’radi. Mojaro kelib chiqishini sezgan oshnalar Ilyosni olib, uy-uylariga tarqaldi. Biroq Ilyos ortga qaytib, anglashilmovchilikka barham bermoqchi bo’ldi. Uy xo’jayini uni yaxshi kutib olmadi: Avazbek oshpichoq bilan Ilyosning avval qornidan yaraladi, so’ng orqa tomonidan ikkinchi zarbani berdi.
     Yaralangan Ilyos hovlida yotib, odamlarni yordamga chaqira boshladi. Baqir-chaqirni eshitib, qo’shnilar chiqishdi va qonga belanib yotgan kishini ko’rib, vahimaga tushishdi. Ular yordamga shoshilishdi, biroq rashkchi Avazbek qo’shnilariga pichoq bilan tahdid qilib, yaradorning yoniga yo’latmadi. Uni qurolsizlantirishga muvaffaq bo’lishdi, bu jarayonda yana ikki kishi jarohat oldi. Ilyosni shifoxonaga etkazishdi, biroq afsuski, u o’sha yerda vafot etdi.
     Qilgan jinoyati uchun Avazbek A. viloyat sudi tomonidan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
 
Manba: Kun, Daryo
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz