XORLANGAN KELIN

:
XORLANGAN KELIN
:
6-08-2014, 03:27
:
4342
 
 
XORLANGAN KELIN

     Yurtboshimiz takidlaganlaridek, "Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yol qoymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi manaviy iqlimni ozaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bolur edi". Jamiyatda qabul qilingan axloq meyorlarini pisand qilmay, oilaviy nizolar keltirib chiqarayotganlar ham afsuski, uchrab turibdi.
     Shundaylardan biri Chorievlar oilasidir. Oila bekasi Adiba Chorievaning salbiy xulqi oiladagi muhitga oz tasirini otkazdi.
     U qarindoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashni niyat qilib ogli Dostonni bir yosh katta bolishiga qaramay, jiyani Sayyora Yarashevaga uylantirishga ahd qildi va 2009 yilning kuz oyida ular turmush qurishdi. Yuqorida takidlanganidek, Adiba Chorievaning salbiy xulqi bois, hali kelinlik libosini echishga ulgurmagan Sayyora turli bahona va sabablar bilan kamsitila boshlandi. U ogliga oilada er xotinga nisbatan qattiqqol bolishi kerakligini takidlar ekan, onasining gapini ikki qilmaydigan farzand jufti halolini arzimagan bahonalar bilan sokadigan, hatto qol kotarib, uradigan boldi. Onaning "pand-nasihatlari" tufayli ular ortasida tez-tez kelishmovchiliklar paydo bolib, muqaddas oila devorlari nuray boshladi. Qaynona esa ikki yosh ortasidagi nizolarni bartaraf etish, ularning turmushini mustahkamlash orniga kelinini rozgor yumushlarini bajara olmasligini rokach qila-qila, hatto uning homilador bolishiga ham qaramay, ogli Doston bilan birgalikda muttasil ravishda kamsitib, haqoratlab, kaltaklashga bosh-qosh boladi.
     Achinarlisi, Adiba Chorieva homiladorlik davrining oziga yarasha ogirliklari bolishini yaxshi bilsa-da, kelinini rozgor yumushlari bilan ortiqcha urintirmaslik orniga, xorlab keladi. Oxir-oqibat qaynona va er tomonidan otkazilgan tazyiq va kaltaklar homilaga oz tasirini otkazadi. Doston Choriev hamda Sayyora Yarashevalarning ozaro turmushidan 2012 yil yanvar oyida nuqsonli farzand tugilib, 3 oygina hayot kechirdi. Eri va qaynonasi tomonidan xorlanishi etmaganday, qalbining bir parchasi bolmish farzandining hayotdan koz yumishi Sayyoraga ruhan qattiq tasir etdi. Buni qarangki, shunday ogir damda ona-bola Sayyoraga dalda bolish orniga, uni bolaning olimida ayblab, kamsitib, kaltaklab, turli darajadagi tan jarohatlari etkazishdi.
     Xorlanish va kaltaklanishlarga chiday olmagan Sayyoraning nazarida ozini osibgina bularning barchasidan qutulish mumkinligini oylab, joniga qasd qiladi.
     Sudda sudlanuvchi Doston Choriev aybiga iqror bolgan holda, garazli, past niyatlar zamirida bunday qilmishga qol urganligini takidladi. U Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, sud tomonidan belgilangan muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Adiba Chorieva esa yurtimizdagi insonparvarlik tamoyillariga binoan, amnistiya aktiga kora jazodan ozod etildi. Oylaymizki, A.Chorieva bunday bagrikenglikdan hamda oylamay qilgan ishlari tufayli oilaga kulfat keltirganidan oziga tegishli xulosa chiqarib oladi.
Alisher ShOKIROV, Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori


ESIZ, AYOL DEGAN NOM...

     Sud jarayonida sudlanuvchining savollarga berayotgan javoblarini eshitib, ham hayron qolasan, ham unga achinasan, kishi. Avvalo, u yurtimizda amal qilayotgan  qonun-qoidalarni bilmaslik darajasida yosh emas. 1974 yilda Zangiota tumanida tugilgan. Achinarli jihati, oilali, muqaddam sudlanmagan. Eng asosiysi esa, u ayol. Ha, jamiyatning guli, usiz turmush faromush, manisiz, yurish-turishimizda, hayotimizda suyanchiq, gozallik timsoli, deya tarif berilgan ayol...
     Garchi u oziga elon qilingan aybga toliq iqror bolsa-da, bu yolga kirishga majbur qilgan jihatlarni gapirar ekan, endi beixtiyor hayron bolishdan ozga chora qolmaydi. Uning gapiga qaraganda, tirikchilik, yani oila tashvishi bilan tanishlari va qarindoshlaridan qarzga pul olib, Turkiya davlatiga borishni, u erdan kiyim-kechak olib kelib sotishni moljallaydi. Chetdan qaraganda, bu ham tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi. Buning uchun tegishli tartibda royxatdan otish, patent olish va shunga oxshagan jarayonlardan keyin bemalol faoliyat yuritish mumkin. Mamlakatimizda shu yosinda tadbirkorlik bilan shugullanib, ham oilasi va ham davlat byudjetiga malum darajada hissa qoshayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Bularni amalga oshirish uchun esa ozgina qunt bilan birga, tegishli qonun va qoidalarga rioya qilinsa kifoya. 40 yosh ostonasida turgan Mehrinisa Mahmedova bularning barchasini yaxshi bilardi.
     Ammo u bunday yol tutishni xohlamaydi. Hujjat yigish, royxatdan otish kabi ishlar unga qiyin bolib tuyuladi, shekilli, daromad topishning oson usuliga qol uradi. Ozi biror yaxshiroq erga ishga joylashishga muhtoj bolib turgan bir paytda, boshqalarga ish topib berishga qaror qiladi. Nazarida, bu usul anchayin oson edi. Birinchi galda chiroyli, kelishgan, ammo turmushdan qiynalgan qizlarni axtarishga kirishadi. Axir bundaylar momay daromad uchun dunyoning u chetiga borishga ham tayyor boladilar-da!
     Xullas, otgan yilning yanvar oyida tanishlari orqali ikki nafar qizni topgach, xorijda yaxshi ish borligi haqida ogiz kopirtiradi-da, ularni Ukraina poytaxti orqali Turkiyaning Istambul shahriga olib borib, "ish"ga joylashtirib qaytadi.
     Mart oyining ortalarida M.Mahmedova tuman bozori yonida tanish bir ayolni uchratib qoladi. Salom-alikdan song ayol xorijga ketish istagi borligi, shuningdek, bir tanish qiz ham shunday xohish bilan oziga murojaat qilganini aytib, shu masalada yordam soraydi. Ozi shundaylarni qidirib yurgan M.Mahmedova bunday iltimosga yoq, dermidi?! Bajonidil yordam berishini aytib, tezda osha qiz bilan uchrashish istagini bildiradi. Kop otmay ular uchrashishadi. M.Mahmedova unga xorijdagi shart-sharoitlarni tushuntirib, yolkira haqini ham ozi tolashi, birga borib, u erga joylashtirgach, dastlab topgan ikki oylik maoshni ozi olishini, shuningdek, agar ish qidirayotgan biror tanish-bilishlari bolsa, ularni ham olib ketishini bildiradi.
     Oradan uch-tort kun otib, unga qongiroq qilgan qiz ishga borish fikridan qaytganini bildirib, bir dugonasi juda ham qiynalgani, ijarada yashayotgani uchun har qanday taklifga rozi bolishini aytadi va uning telefon raqamini beradi. M.Mahmedova vaqtni otkazmay nomzodga telefon qilib, uchrashuv belgilaydi. Uchrashganlarida esa unga ham avvalgi qizlarga nima degan bolsa, shularni aytib, uni ozi bilan ketishga kondiradi va unga samolyot chiptasini xarid qilishadi. Shu orada qiz unga telefon qilib, oziga sherik topganini aytib, uni M.Mahmedova bilan tanishtiradi. Ertasiga bu qizga ham chipta sotib olishadi. Songra bozorga olib borib, ularga turli kiyim-kechaklar olishadi, gozallik salonida esa pardoz-andoz ham qildiradi. Barcha ishlar bitgach, uchovlon yolga otlanadilar. Biroq, Toshkent aeroportida tezkor xodimlar ularni toxtatib qolishadi.
     Malum bolishicha, kuni kecha ular bilan ketish niyatini bildirgan qiz xorijda ularni nimalar kutayotganini kech bolmasdan anglab qolgan va tegishli organlarga xabar qilgan ekan.
     Shunday qilib, yurtdoshlarini xorijga "eksport" qilishni oziga kasb qilib olgan yana bir kimsaning qingir faoliyatiga chek qoyildi va sud tomonidan unga 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Narimon IZMULLAEV, Toshkent viloyat prokurorining katta yordamchisi

Manba : "Huquq" gazetasi


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?