» » Qarshida o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori jazoga tortildi

Закладки Qarshida o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori jazoga tortildi

Название:
Qarshida o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori jazoga tortildi
Жанр:
Дата:
2-06-2014, 04:05
Просмотры:
1621
 
     O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentining Qarshi shahar bo‘limiga fuqaro D. Egamova ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda Qarshi shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli umumta’lim maktabida direktor lavozimida ishlayotgan Qurbonoy Safarova tamagirlik qilayotgani aniqlangan.

Q. Safarova maktabning musiqa fani o‘qituvchisi D. Egamovadan 2012-yil avgust oyida 20 soat dars qo‘shib berish evaziga 300 ming so‘m pul so‘rab, avval 200 ming so‘mini oladi. Sentabr oyi­da esa D. Egamova Qarshi madaniyat kollejiga ishga o‘tganida, uning mehnat daftarchasini kollejga o‘tkazish evaziga 50 ming so‘m pul talab qilib, noyabr oyida 35 ming so‘mlik yog‘ va maktabda o‘tkaziladigan shanbalik ishlariga qatnashmaganligi uchun 100 ming so‘m pul so‘raydi. 2013-yil aprel oyida esa 30 ming so‘m miqdorida pul hamda 40 ming so‘mlik chinni idish to‘plamini pora tariqasida oladi.

Q. Safarovadan 30 ming so‘m pul hamda 40 ming so‘mlik chinni idish to‘plami ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning tegishli qarori bilan tamagir direktor jazoga tortildi.

Manba: "Huquq" gazetasi va daryo, kun nashrlari
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?