Mening oilam - Nazokat Azim

:
Mening oilam - Nazokat Azim
:
7-02-2014, 06:00
:
2815


Mening oilam

     Orzumdagidek bolsin, desangiz...

     Qizaloqlarning xola-xola oyinini kormaganlar topilmasa kerak. Bu ularning kelajakdagi oila haqidagi orzulari. Doxtir-doxtir, maktab-maktab esa jajjilarning bolgusi kasblariga daxldor oy-xayollari debochasi. Bilasizki, kelin bolib, kocha supurish, ona bolib, farzandlarga mehr berish, oyisi bolib, adasini kutib olish rollarini oynamagan qizchaning ozi yoq. Zero, qizlar toy, mehmon kutish, uy yumushlarini bajarish, bolaga qarash kabilarni avval oyin biladilar, songra osha orzularining bir qismini bolajak turmushlariga kochiradilar. Oq otdagi shahzoda, bolajak umr yoldosh haqida tasavvur qila turib esa: chekmasin, ichmasin, har yili tilla taqinchoqlar sova qilsin..., deya qizarinqiraydilar...

     Hoyu havas asiriga aylanmaylik

     Orzuga ayb yoq. Lekin, negadir, shu kichkinagina qiz, osib, ulayadi-yu, uning orzulari ulaymaydi. On tort yasharlik osmir toy-hashamga uchishi tabiiy, lekin turmushning pastu balandini korib, bilib, yana hoyu havas ortidan quvganlarga hayron qoladi, kishi.

Farida, 27 yosh.

     Uning orzusi namunali kelin bolish edi. Boldi ham. Ikki qizdan keyin, oil kordi. Endi tilab-tilab olgan bolasining sunnat toyi nafaqat mahallada, balki butun shaharda duv-duv gap bolishini orzu qila boshladi.

     Orzusi ushalishi uchun eri va onasini nishonga oldi: toyni dabdaba bilan otkazishlarini talab qildi. Eri topgan-tutganini toyga sarflagani bir tomon bolsa, urf-odatlarimizga kora, toriroi, Faridaxonning had bilmas royxatiga kora, onasi toy yasatib, qiziyu kuyoviga, ularning bolalariga, sarpo-suruqdan tortib, yana allanimalarni (darvoqe, allanimalar ichida, tilla zanjiru zirak-uzuk ham bor) avtobusga yuklab, olib kelinishi ikkinchi tomon boldi. Bazmu jamshid ana qizidi-yu, mana qizidi. Taomlarning mazasi, qoshiqlarning sarasi bari risoladagidek. Faridaning boshi osmonga etdi, ammo... Buncha xarajatdan song... Ozining uyida ham, uni voyaga etkazgan ota-ona xonadonida ham qora qozon oylab goshtsiz qaynashiga tori keldi, repititorga borayotgan qaynsinglisining darslariga nuqta qoyildi, shu yil yozda uylanishi rejalashtirilgan ukasining toyi keyinga qolib, seviklisi ozgaga turmushga chiqib ketdi.

      Turmush ushalmagan orzular qasrimi?

     Yillar otadi. On yillik turmushdan keyin ayol kishi qizlik orzulari ushalmaganini tushunib, xafsalasi pir bolishi mumkin. Nega deganda, orzular royobga chiqmadi, birortasi ham. Albatta, buning oziga yarasha sabablari bor: qizlarning orzusidagi erkakni va ular xayollarida qurgan oilani topish amrimahol. Axir, ertakni hayotga kochirib bolmaydi! Ana shu haqiqatni tushunib etgan ayolning qanday qaror qabul qilishi esa muhim ahamiyatga ega. Zero, endi uning uchun ikki yol bor: biri orzuga erishish uchun harakat qilish, ikkinchisi esa taqdirga tan berib, boriga shukr qilish.

      (Aytgancha, uchinchi yol ham bor. Bu ajrashish. Ammo ajrashishning oxiri baxayr bolishi dargumon. Bolalar tashvishi, moddiy ehtiyoj atalmish barchaga malum turmush talablarini chetga surib turganimizda ham tadqiqotchilarning fikricha, boshqatdan turmush qurganlarning oilasida inqiroz avvalgisidan ertaroq boshlanar ekan. Yani inson agarki, birinchi turmushida on yil otgach, norozi bola boshlagan bolsa, ikkinchi bor oila qurilganida ahvol besh yil otmay salbiy tomonga ozgarar ekan).

     Holva, degan bilan, oiz chuchimas...

     Odatda, ayol zoti mojizaga ishonuvchan boladi. Axir, biz bir paytlar sochimizga pushti lentalar taqqan, parqu koylaklar kiyib, ostonasi tillo uylar borligiga chin dildan ishongan qizlarmiz! Ammo negadir, orzumiz sari ozimiz intilish orniga xayolan chizgan suratimiz ichiga turmush ortoimizni ham majburlab tiqishga urinamiz. Bizga yoqadigan gaplar aytishini, hamisha konglimizga manzur sovalar berishini, doimo bosh vaqtini bizga baishlashini talab qilamiz. Barchasi xuddi orzumizdagidek bolishini istaymiz-da... Erimiz osmondan bizga muzqaymoq yodirib turadigan sehrgar bolishini xohlaymiz. Ozimiz esa jimgina turib, mojiza roy berishini kutamiz, xolos. Goyo faqatgina aqlli qiz bolganimiz uchun mojiza roy berishi shart va zarurdek!

      Omad kaliti mehnat

Yulduz, 32 yosh.

      U diplomatga turmushga chiqib, dunyo kezishni orzu qilardi.

     Umr yoldoshi diplomat bololmadi. Hozir uyali aloqa kompaniyalaridan birida operator bolib ishlaydi, maoshi yomon emas. Tori, agar oila byudjetini tori taqsimlay olishsa, yiliga bir marotaba xorijga dam olish uchun borishlari mumkin. Ammo unda mashina xarid qilish ortga suriladi yoki uyni tamirlashga qol qisqalik qilib qoladi.

     Yulduz orzusini amalga oshirish uchun faqat ozi harakat qilishi kerakligini tushundi. Poliklinikadagi ishini tashlab, farmatsevtika kompaniyasiga ishga otdi. Uning bilimi, odamlarni ishontira olish qobiliyati, maqsad sari qatiyat bilan intilishi, chaqqonligi, vazifalarni vaqtida sifatli ado etishi rahbarlar etiboridan chetda qolmadi. Uni ish yuzasidan teztez xizmat safarlariga jonatadigan bolishdi. Bir yil ichida mamlakatimizdagi barcha shaharlarga bordi: Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon... Ayni dam esa ilk bor xorijga - Tailandga ketish taraddudini korayapti.

     Yulduz shubhasiz, kuchli ayol. Ammo bu, agar siz qatiyatli xonimlar toifasiga kirmasangiz, orzularingizga etolmaysiz, degani emas. Balki bugungi hayotingiz orzu qilganingiz turmushdan ham afzalroqdir. Chunki yoshlikda biz xayol qilgan narsalarning aksariyati moddiy xarakterga ega bolib, yoshimiz otgani sayin asl baxt boylikda emas, balki kongil xotirjamligida ekanligini tushunib etamiz. Tashqaridan baxtiyor koringanimiz bilan hech narsadan qalbimiz yorishmasa, nimadir etishmayotgandek tuyulaversa, buni gozal orzuning ijobiati, deyish mumkinmi?

     Ezgu niyat sharofati

Shahnoza, 36 yosh.

     Shahnoza yoshligidan shifokor bolishni orzu qilardi. Oq xalat kiyishni, xastalar dardiga malham bolishni istardi, u. Ammo oq xalat orniga, maktabni bitirishi bilan oppoq toy libosini kiyishiga tori keldi. Sababi sevgi. Korichak bolib, shifoxonaga tushib qolganida shu erda amaliyot otayotgan yosh shifokorning oppoq xalati va oppoq kongliga ishqi tushdi. Shu tariqa ular oila qurishdi.

      Shahnozaningamxorligi, erini doimo qollab-quvvatlashi, uning kasbiga bolgan chuqur hurmati tufayli osha yoshgina amaliyotchi kop otmay professorga aylandi. Tengqurlari orasida birinchilardan bolib, nufuzli klinikalarning biriga bosh shifokor etib tayinlandi.

     Shahnoza turmush ortoining oppoq xalatlarini dazmollar ekan, bazan, ozi ham shu xalatni kiya olmayotganiga afsuslanadi. Ammo bir fikr taskin beradi. U ham bolsa, eri oilasidan, bolalaridan kongli toq bolgani uchun ham el koriga yarayapti. Buning ustiga Shahnoza doim ozi sevgan kasb egalari orasida hayot kechirmoqda. Turmush ortoining aksariyat dostlari, tanishbilishlari shifokorlar, uydagi suhbatlarning ham bir uchi hamisha tibbiy mavzuga borib taqaladi. Mahalla-koyda Palonchiev doxtirning rafiqasi, deb ardoqlashganida esa boshi osmonga etadi.

     Orzungizga, albatta erishasiz!

     Bu hayotiy hikoyalarni nima uchun bayon qildik? Demoqchimizki, kishi oz orzu-havasining qurboniga aylanishi ham mumkin yoki bolmasa, gozal orzusiga intilib, ulkan maqsadlarga erishishi ham haqiqat. Zero, niyatga erishish oz qolimizda. Faqat dilimizdagi har qanday orzu-niyat uchun javobgar ekanligimizni unutmasak kifoya. Axir, hech kim, hatto turmush ortoimiz ham bizning orzularimiz ijobatiga masul emas. Shu manoda orzularga chek qoyish yoki aksincha, ularga erishishga kirishing! Tori, oson emas. Zero, bu yolda siz eng mushkul yumush ozingizni ozgartirishning uddasidan chiqishingizga, kop mehnat qilishingizga, faqat sevilishni emas, balki sevishni, ardoqlashni ham organishingizga tori keladi. Ana shunda siz sharoitu vaziyatlarning quliga aylanib qolmaysiz.

     Aslida, orzuga yaqinlashishning ozi bir baxt, shunday emasmi?..

Nazokatbegim

     Ozingizni shubhalantirmaydigan orzularni amalga oshirish osonroqdir. A. Dyuma

     Dunyodagi jamiki narsalarning bari qachondir orzu bolgan. K.Sendberg

     Kelajak gozal orzularga ishongan odamlar qolida. Eleonora Ruzvelt

     Agar nimagadir qattiq ishonsang, butun olam sening orzung ushalishiga xizmat qiladi. Paulo Koelo

     Avval orzular aqlga tori kelmaydigandek tuyuladi, keyin haqiqatga tori kelmaydigandek boladi, songra esa undan qochib qutulolmaysan. Kristofer Riv

      Sening har bir orzungga yarasha uni amalga oshirish uchun kuch beriladi. Shu bois ham orzuing ushalishi uchun mehnat qilishingga tori keladi. Richard Bax

     Ona olam faxridir

     Bejiz onalik togrisida gapirilarkan, uni qahramonlikka qiyoslamaydilar. Oddiygina insoniy ish bolani parvarishlash, boqish va ostirish qahramonlik...

     Toqqiz oy yuragi ostida olib yurgan bolasi dunyoga kelganidan keyin ona bir umr farzandining hayotini imkon qadar har tomonloma mukammal bolishi uchun tinimsiz mehnat qilishni boshlaydi. Va uning bola saodati yolidagi mehnatlari butun umr davom etadi. Onaning bolaga nisbatan mehri bu Alloh bergan inom. Bu inom, ayniqsa chaqaloqni qolimizga olib, uning naqadar ximoyaga muxtoj ekanligini xis etganimizda, ayniqsa yaqqol his etiladi. Bola ulgaygani sari ona ham manan osadi, onada xali ozi ham bilmagan ajib xislatlar, ruhiy holatlar paydo boladiki, bularning barini bir soz bilan ifodalab bolmaydi. Bolaning yomon qiliqlarini engish uchun dadillik, unga bolgan muhabbatini bolaga namoyish etmay, mehr korsatish uchun farosat paydo boladi onalarda. Onalar avval enaga, keyin murabbiy boladilar, songra ustoz, zarur vaqtlarda rahbar, kerak bolganda dost, ulgayganida maslakdoshiga aylanadilar.

      Ona farzandiga bir qarab, undagi ozgarishlarni sezadi, konglidan otayotgan narsalarni fahmlaydi, bolasining omadi chopmasa, qollaydi, muvaffaqiyat qozonganida tahsinlaydi, xatosini togrilaydi, shubhalanganida togri yol korsatadi. Har qanday holatda ham ona oz farzandining pok niyatiga, hech kim bilmagan imkoniyatiga, xayrli yollarni bosib otishiga ishonadi. Ona ozi haqida emas, farzandlari haqida qaygurarkan, ona ozi haqida emas, farzandlari haqida oylarkan, uning qalbi yanada gayrat bilan josh uradi, bagri kengayadi, yuragi tozaradi, kongli osadi.

     Onaning muhabbati shunchalik chuqur va cheksizki, faqatgina yosh otgan sari uni aql bilan tushunish, yurak bilan his qilish mumkindir. Bolalar esa buni his qilishmaydi, balki, shunchaki onalarini yaxshi korishadi. Mana shu bolalarda onalariga nisbatan sevgidan onaga hurmat hissini barpo etish odamzodning eng buyuk manaviy burchidir. Gap shundaki, bola borki, onasini yaxshi koradi, ammo hamma ham onasini asrash va qadrlashga orgnmagan. Bola ulgayarkan, u tezroq mustaqil, kuchli va nufuzli bolishga intiladi-yu, mana shu mustaqillik, kuch va nufuz qaerdan paydo bolgani haqida oylamaydi, hatto onaga mensimay nimani ham tushunardingiz? deb ham qoyadi.

     Aslida onalarning shuncha mehnati, vaqti, mehriga javoban qaytara oladigan nasrsamiz birgina shu hurmat-ku. Onalar uchun hurmat juda muhim, negaki, bu ularning muhabbatiga javobimiz, ularning mehnatlariga minnatdorchiligimizdir. Onaga hurmat faqat ona uchun emas, balki ozimiz uchun ham suvdek zarur. Zero, onaga hurmat ortidan ozimizda qanchadan qancha ijobiy xislatlarni kashf etamiz, onaga hurmat qanchadan qancha fazilatlarning debochasi bolib xizmat qiladi. Onani hurmat qilib, birovlarga yaxshilik qilish lazzatini tuyishni, yaqinlarmizni arzimagan narsa uchun xafa qilmaslikni organimiz, xudbinlikni daf etamiz.

     Onaga hurmat, ayol kishiga hurmat bilan chabarchas bogliq. Agar oilada qarib qolgan ammamizni menismasak, yoki ularning ortlaridan kulib gapirsak, yoki singlimizga qichqirib buyuruq berish odat tusiga aylangan bolsa, onaga bolgan hurmatning ham mustahkam ekanligiga ishonish qiyin.

     Ibratli oilalarda ota bolalar onalariga quloq solmasliklari, qopollik qilishlari yoki indamay ketishlariga yol qoymaydi. Uning ozi esa bu jihatda bolalarga ornak boladi. Onalarga hurmat uygotishda bu uning asosiy vazifasidir.

     Aqlli odam hech qachon bolalarning onasini bir tiyinga olmasligida ayol kishini ayblab, ozing boshingga chiqargansan ularni demaydi. Ayol kishi shunchalik rozgor tashvishlari bilan band bolib ketadiki, uning betinim, mashaqqatli mehnatiga oddiy nazar bilan qarashlariga organib qoladi. Bolalarning onasining mehnatlarini pisand qilmasligini sezganida, kech bolgan boladi. Shuning uchun ham otalar bunday hol ularning oilasida roy bermasligi uchun masuliyatni his qilishlari darkor.

     Onaga bolgan hurmatni, nafaqat oila, balki jamiyat ham shakllantiradi. Bogchada, maktabda bu borada maxsus darslar, mashgulotlar otkaziladi, ona haqida sherlar qoshiqlar, sherlar yod olinadi. Hatto maktab yoshigacha talim muassaslarida 8-martga bagishlangan ertalikni xotin-qizlar bayrami deb emas, balki Onalar bayrami deb otkazishadi.

      Shuningdek, ishlab chiqarishda ayol mehnatini ximoya qiluvchi, onalik majburiyatlarini engillashtiruvchi bir qator qonunlarbolib, ularning amalga oshirilishi qatiy nazoratga olingan. Ammo uyimiz oz qorgonimizga kirganimizdan song faqat mehr, vijdon va shuur qonunlari ishlaydi xolos. Bolalar va ularning otasining onaga bolgan munosabati ayolning talim olish, mehnat qilish, jamoa ishlarida ishtirok etish, dam olish huquqidan qanchalik unumli foydalanishini belgilaydi.

Nazokat Azim
"Sug'diyona" gazetasining bosh muharriri

 



. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?