Закладки KIm ko'proq sevadi

Название:
KIm ko'proq sevadi
Жанр:
Дата:
12-06-2013, 01:02
Автор:
Просмотры:
4784



Kim köproq sevadi? Yigit va qiz bu haqda köp bahslashishardi. Aslida ularning har birining yuraklarida ikkisiga ham yetgudek bir dunyo sevgilari bor edi. Kim köproq sevishini esa nigohlar hal qilib berardi doim. Sevgiga töla közlar bir-birlariga uzoq termulardi. Yigit har safar g'olib chiqardi. "Kördingmi, kim köproq sevarkan", -derdi u qizga. Qiz hech qachon mag'lub bölganidan xafa bölmasdi. "Seni kimdir shunday seva olsa, ehtimol baxt degani shu bölsa kerak" - öylardi u. Ha, olamda sevgidan ulug'vor tuyg'u bölmasa kerak. Lekin shu olamning yana bir qat'iy qonuni bor: sevgi faqat 2 qalbga tegishli böladi, özgalar uchun esa u mavhum, boshqacha aytganda ahamiyatsiz. Yigit b-n qizning sevgisini ham özlaridan boshqa hech kim anglay olishmadi. Ota-onalar bu munosabatlarga qarshi chiqdilar. Yigit ham, qiz ham ularning amriga qarshi chiqmaydigan darajada qobil farzand edilar. Endi baxt töla nigohlarni ma'yuslik egalladi. Ular bahslashadigan savol ham özgardi. Ularda faqat bir ma'noni uqish mumkin edi: "Endi nima qilish kerak?" Ularning qalblarida asrayotgan sevgilari köl suvidek sokin va shaffof bölishi b-n birga töfondek qudratga ham ega edi. Ular bu dunyoda bölmasa, u dunyoda baribir birga bölamiz deb ishonardilar. Shuning uchun ham har ikkisi sevgisi uchun jonini qurbon qilishdanda chöchimasdilar. Ularning ahd-u paymonlari shunday böldi: "Biz birga ölamiz..." Ular sönggi bor bir-birlariga termuldilar. Qiz yig'ladi... yigit xörsindi... Keyin har biri öz yöliga ketdilar... Qiz sirtmoqqa böynini suqar ekan, közlarini chirt yumdi. Közida yosh, tanida titroq, keyin esa og'riq... Yigit ham közlarini yumdi. Lekin uning taqdiri bunday ölimni istamadi. Közlarini ochganida qoshida ota-onasini kördi... Bir necha kun og'ir yotgan yigit nihoyat qizning qabriga keldi. Endi u bir vaqtlar dunyodagi eng gözal bölgan közlar örniga qizning yurakni ezuvchi qabr toshlariga termuldi. Yangi qabr toshlariga shunday so'zlar yozilgan edi: ...ayting kim köproq sevarkan?

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
fingal
vaaaay zor bechara qiz

  • 12 июня 2013 11:22
franklin
G'irt bemanilik, eh yowlar yowlar balo bormi sevgiga o'qiwindi o'qisen bo'lmidmi uni o'rniga, kelajagin haqida o'yla owqovoqlar!
  • 13 июня 2013 19:31
alisher198022
to'pa to'g'ri aytasan
  • 14 июня 2013 20:52
SuperLed
bola g'rirromli qibtide a, wun4un bollaga kupam uwonovirmela
  • 26 июня 2013 03:25
Asia444
Ayanchli taqdir.
  • 28 июня 2013 14:35
XaTSeN
JUDA yOMON BO'PTIDA 22 22  ota onalar tshunishmaydida bizlarni 22
  • 5 августа 2013 17:46
nazow
hm yowla nimalani o'ylislaya oxirattda o'zini o'ldirgan insonni hich nima oqlamidi keyn u insonga janaza o'qilmidi wu yaxwimi otonamiz chumadi wuyam gapmi bu hayot tugadi digani emas wart borib mani sevganim bor dimasda" oyijon holam bita qiz topiptila ko'rinchi" bo'ladiyu uni sevganim dip tanwtiriw wartmasu hayoota qancha go'zal narsala bor qanaqib tawab ketiw mumkin hayotti oila farzand eng aiz nemat
  • 14 сентября 2013 14:26
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz