Farishtam

:
Farishtam
:
22-07-2012, 14:59
:
:
3344
San kettingu ey voh sanam, dildor sogindim, 
hajringda kuyib lahzada ming bir sogindim.

Telefondan jaranglab chiqqan sokin kuy mudroq bosgan yuragimni uygotib yuboradi! Soginganim, sogintirganim qongiroq qilyapti! Shosha pisha yashil tugmani bosib, telefonni qulogimga tutaman: 
- Allo? 
- .
- Allo, gapiraqoling.
- Jimjitlik. Xorsiniq va nihoyat
- Jonim 
- Quloqlarim erib, telefon tugmachalariga yopishib qoladi goyo 
Jinnivoy, doim shunaqa qiladi. Atayin yalintira-yalintira oxiri tilga kiradi. Naq ikki kun "xizmat doirasidan tashqarida yurib, oxiri qaytibdilarda muhabbat doirasiga  
- sogintirib yubordingizku farishtam Meni hijron domiga topshirib nima foyda topasiz-a? Ikki kun ichida olar bolsam olib boldimku! jismimning yarmiga aylanib ulgurgan mahbubamdan opkalanaman 
- Bir sogintiray dedim-da -yongan yuragimga olov purkaydi u 
Qayerda bor ekan-a shunchalar chiroyli ovoz?! Quloqlarimdan qalbimga buloqdek oqib kirib, butun vujudimni rohatga burkab tashlaydi. Farishta! Farishtaginam u meni!.... Har tong uygongach, bir bor ovozini eshitmasam kunim otmaydi goyo Hart un shirin sozlaridan bahra olmay kozlarimni yumsam uyqu kechamni tark etadi 
- Bir martagina korishaylik, yoq demang, iltimos Sizni bir lahzagina kormoq uchun butun hayotimni sadoga etardim, Farishtam! 
- Imkoni yoq buning 
- Nega ahir?! 
- .
Aytmaydi. Bir yil, naq bir yilki jonimni azoblarga tashlaydi bu qiz Uni kormaganman Ammo usiz otgan bir onim menga jahannam azobi Uning qongiroqgullar jarangidek ovozi, mayin, begubor kulgualari qorongu hayotimni nurlarga komib tashlaydi Inson zoti kormasdan turib sevib qolishi mumkin ekan! Ha men uni sevaman! Telbalardek sevaman uni!  
********
- Meni shunchalar korgingiz kelyaptimi?
- Ortiq chidolmayman! 
- Agar siz tasavvur qilganingiz darajasida bolmasamchi? 
- Menga baribir! 
- Meni korgach afsus cheksangiz-chi? 
- Yoq! 
- Unda Mayli.
Bir yilu sakkiz oy, on besh kun, olti soatu yigirma daqiqa Shuncha vaqt kutgandim-a bu sozni! Yuragim qinidan chiqib ketgudey boldi goyo 
- Qachon?!
- Ertaga Soat 15:00 da, uyingiz yaqinidagi xiyobonda
- Sizni qanday taniman?! 
- Men ozim sizni topvolaman 
Bu tun menga uyqu yoq! Ertaga xiyobonda, soat 15 da Oh, bu vaqt, bunchalar imillamasa-ya! Qani imkon bolsayu, soat millarini qollaring bilan burab burab tashlasang! Farishtaginam, nahot diydoringga toyar onlar yaqin?!
********
Xiyobonga naq yarim soat oldin yurib emas uchib bordim! Qollarimda oppoq atirgullar Yigirma daqiqa qoldi On daqiqa Uch daqiqa 
San kettingu ey voh sanam, dildor sogindim,
hajringda kuyib lahzada ming bir sogindim.

Shoshganimdan yashil tugmaga ikki qollab yopishdim: 
- Qayerdasiz?! Qanisiz?! 
- Buncha shoshmasangiz
- Qiynamang iltimos 
- Chindan ham meni korgach afsuslanmaysizmi?! 
- Yoq, yoq! Qayerdasiz?!
- Orqangizga qarang
Shitob bilan ortga ogirildim. Qollarimdagi oppoq atirgullar yonginamda turgan aravacha poyiga yiglab bosh urdi. Beshafqat qismat! Kozni kuydirgudek gozallik ato etibsan-u, nechun bu xilqatni tokis yaratmadeng?! Bir kam dunyo! 
Nogironlar aravachasida otirgan, tushlarimda korgan malakdanda gozal farishta kozlarimga maxzun tikildi
- Xafsalangiz pir boldi a? Korgingiz kelib, sabringiz chidamayotgan edi, endi qochib ketgingiz kelyapti 
Shu tobda oz-ozimni dopposlagim kelib ketdi Nima qilibdi nogiron bolsa?! Nima qilibdi yura olmasa?! Axir uni sevasan-ku?! Sevarding-ku?! 
- Nega endi xafsalam pir bolarkan?! Alloh sizni men uchun, mening baxtimga yaratgan, farishtam! Men sizni qanday bolsangiz shundayligingizcha, butun vujudim bilan sevaman! Sizni ozim, oz qollarimda kotarib yuraman ! Soz beraman!!!
Tuproqqa qorishgan oppoq gullarni gullardan-da gozalroq malakka tutdim
Behos jaranglagan begubor kulgu ezgin xayollarimni yettinchi falakka uchirib yubordi.
- Jinnivoy! Muhabbatingiz chinligiga endi ishondim! Sinab kormoqchi bolgandim sizni! 
Andishani bir chetga surib qoydim-u, qarshimda qad rostlagan nozaninni quchib oldim 
Farishtam!!!
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
Manzura
zo'r hikoya ekan maza qilib o'qidim 10
  • 6 2012 22:28
Maxsuda
kechiring gap yoq
  • 24 2012 10:25
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz