Закладки QOCHISH REJASI

Название:
QOCHISH REJASI
Жанр:
Дата:
6-10-2015, 01:23
Автор:
Просмотры:
1392
 
 
 
QOCHISH REJASI

     G‘arb o‘lkalaridan birida bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan odam ertadan kechgacha qochish rejasini tuzish bilan band bo‘lardi. Qamoqxona hovlisi, o‘z kamerasi, ish joylari - hamma joy juda yaxshi himoyalangan, qochib ketishning chorasi yo‘q edi.  

     Bir kuni hovlida aylanib yurgan ekan, mashinaga yuklanayotgan tobutlarni ko‘ribdi-yu, xayoliga qochish  fikri kelibdi. (U yoqda tobutning hamma tarafi mahkamlangan bo‘ladi) Qamoqxona juda ham katta bo‘lgani sababli u yerdan har kuni 2-3 mahkumning jasadi chiqarilar edi.  

     Mahkum qamoqxona qo‘riqchilaridan biriga juda katta miqdorda pul berib, buning evaziga jasadlar chiqariladigan kuni tobutlardan birining ichiga yashirib qochirishni taklif qilibdi. Boshida qo‘riqchi qo‘rqqanidan rad etgan bo‘lsa-da, pulning kuchi ustunlik qilibdi. Shunday qilib,  u qo‘riqchi bilan kelishuvga erishibdi. Reja bo‘yicha mahkum tunda tobutning ichiga kirib olishi, tobut qabrga joylangach esa qo‘riqchi mozorga borishi va uni qutqarib olishi kerak edi. Shu sababli qo‘riqchi mahkumga murdalar saqlanadigan xonaning kalitini yasatib beribdi. 

     Reja pishitilgach, uni amalga oshirishga kirishishibdi. Tun qorong‘usida mahkum murdalar saqlanadigan xonaga yashirincha kirib, bir tobutni ochibdi-da, siqilishib, jasadning yoniga kirib olibdi. 

     Tongda mas’ul qo‘riqchilar tobutlarni mashinaga yuklab, qabristonda nomigagina diniy marosim o‘tkazishibdi-da, tobutlarni ko‘mib ketishibdi.

     Mahkum tobutning ichida sabrsizlik bilan o‘zi kelishgan qo‘riqchini kuta boshlabdi. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, qo‘riqchidan xabar yo‘q edi. Mahkumda biroz qo‘rquv paydo bo‘libdi. Bu yerdan o‘zim chiqa olarmikanman degan o‘y bilan cho‘ntagidan chaqmog‘ini  chiqarib yoqibdi-da, yon-verini ko‘zdan kechira boshlabdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yonida yotgan murda u bilan kelishgan qo‘riqchi ekan.
 
Manba: Abituriyent

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz