» » Jannat va do'zax haqida rivoyat

Закладки Jannat va do'zax haqida rivoyat

Название:
Jannat va do'zax haqida rivoyat
Жанр:
Дата:
3-10-2015, 06:27
Автор:
Просмотры:
1650
 
 
 
Jannat va do'zax haqida rivoyat

Bir inson Tangrining jamolini ko'rishga muyassar bo'libdi. U Yaratganga debdi:

– Men jannat va do'zaxni ko'rishni istayman.

Xudo uni ikki eshik oldiga olib kelibdi. Birinchi eshik ortida ulkan dumaloq stol bo'lib, uning o'rtasida 

hidi ishtahani qitiqlaydigan ovqat to'la katta idish qo'yilgan ekan. 

Stol atrofida o'tirgan odamlarning ko'rinishi abgor bo'lib, ular ochlikdan sillalari qurib qolgan ekan. 

Ularning barchasining qo'liga uzun qoshiqlar bog'langan ekan. Stol atrofidagilar idishdagi ovqatni 

qoshiqqa olishlari mumkin ekan, lekin qoshiq uzunligi bois uni og'izlariga to'g'rilay olishmas ekan. 

Boyagi kishi ularning bu holatidan qattiq ta'sirlanibdi.

– Bu do'zax, – debdi Xudo.

Haligi kishi ikkinchi eshikdan ichkariga kiribdi. Bu erda ham xuddi shunday stol va shirin taom to'la 

idish bor ekan. Bu erdagi odamlar ham qo'llariga qoshiq bog'langan holda stol atrofida o'tirishgan 

ekan. Biroq ularning hammasi qorinlari to'q, xursand holda ekanlar.

– Tushunolmayapman, – debdi boyagi kishi.

– Bu juda oddiy, – debdi Tangri. – Bu odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishadi, ya'ni o'z qoshiqlari bilan 

bir-birlarini to'ydirishadi. Shuning uchun ularning hammalari to'q va baxtli. Do'zaxdagi odamlar esa 

faqat o'zlari eyishni o'ylashadi. Shu baxilliklari uchun ham ularning bari och va abgor. 

Xulosa: hamma o'z fe'liga yarashasini oladi.
 
Manba: xabardor
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz