ASAL - Umid Ali

:
ASAL - Umid Ali
:
22-07-2015, 07:09
:
1201
 
 
 

ASAL

Asalning ozi shirin

Xalq maqoli

     Bu oyimtilla qiz bolib qiz emas, juvon bolib juvon. Qiz bolmaganining boisi, qiz yoshidan otgan. Juvon deyishga ham tili bormaydi kishining, er kormagan qizni bu nomda atab bolmaydi. Unga xos shunday mos tarif boru, ammo noongay-da. Yuzlari kozgudek tiniq va korkam, qosh-kozlari popukdek bu sohibjamolni qariqiz desak, dunyodagi barcha gozal sanamlar kaminadan ranjishmasmikan, deymiz-da. Axir, u chini bilan gozal, suxsur qiz. Keling, asakamiz ketmaydi, uni shu nomda atay qolaylik: suxsur.

Suxsurning nega oila qurmay yurganining sababi bor. U oziga bino qoygan, oz husni talatidan gururlanadigan qizlardan. Bolmasa, shu kunlarga qadar eshik tambasini qoqib qaytgan sovchilar tizilsa, kishida dokonda son-sanoqsiz ayollar navbatga turgandek taassurot uygonadi. Uni turmushga uzatishga hech kim unday olmadi. Hatto, boyaqishgina ota-ona ham. Axir, yalab-yulqab ostirilgan yakkayu yagona farzand, buning ustiga qiz erka-tantiq bolgach... Tantiq qizning maqsadi bitta: ozi kabi yuzlari tiniq, boy-basti kelishgan, qosh-qozlari qop-qora barno yigitga turmushga chiqmoqchi. Bu tarifdagi yigitlarni kunduzi fonus kotarib yurib topib bolmaydi-yu... U bir gal dugonalariga hazil ohangida shunday soz qotib, song qiqirlab kulib yuborgandi:

Chiroyli qiz chiroyli yigitga munosib

Mahallaning shox qizlari bir kuni unga birortasi sevib qolib, ortingdan izma-iz ergashib, jon-holingga qoymasa, oxiri unga tegishga rozilik berganingni ozing ham bilmay qolasan, deyishganida sozga chechan qiz darrov javob ham tayyorlagandi:

Be, bir emas, naq on uchtasi sal qoldiku, asfalasofilinga ketishga, toza yuragidan urgan ekanman hammasining. Mana shunda ham boy bermadim-ku?

Qachon?-hayron bolishgandi qizlar.

Toqqizinchi sinfdaligimda-da?!

Bu gapdan keyin quv qizlar sharaqlab kulib yuborishdi.

Suxsur oshanda ozi oqigan 11-maktabdagi songgi oquv yilida on uch nafar sinfdosh yigitning bir qizni deb bir-biri bilan mushtlashishganini nazarda tutgandi. Chindan ham jamoliga oy hasad qiladigan mohichehrani deb yuragida muhabbat ishqimi, havasimi uygongan ospirinlarning uni bir-biridan qizganishi ahmoqlik bolib tuyilsa-da, misli ertaklardagi malikadek korilgan qiz shu janjalga arzirdi.

Suxsurning ish joyi shahar markazidagi kutubxonada. Kunlarning birida kutubxonada shahzodamonand yigit paydo boldi-yu, uni korib, suxsurning aqli ozayozdi. Yigit kohlikkina edi: boychan, sportchilarnikidek koksi bortib chiqqan, qoshlari quyuq, qop-qora, kozlari oktam boqadi. Otgan-qaytyotgan yolovchilarning hammasi beixtiyor unga qarab, goyoki bir mojiza ustidan chiqqandek hayratda qolishgandi. Yigit kitobga ishtiyoqmand ekan chogi, togri suxsurning oldiga kelib, buyurtma yozilgan bir parcha qogozni uzatdi:

-Mana shu kitobni topib bersangiz...

Yigitning ovozi ham yoqimli edi. U past gapirsa-da, tovushi keng va shinam xonaning burchak-burchaklariga borib tegdi. Shu asno kitobdan boshini kotarmay kitob oqiyotganlar ham bir qur nigohlarini uzib, ovoz kelgan tomonga qarashdiyu bir muddat undan koz uzolmay qolishdi.

Qiz bechoraning yuragi gum-gurs urib, hayajoni toshib kelsa-da, ozini yoqotib qoymadi. Nigohini qogozchaga qadab, pichirlab oqidi:

- Sevgi rutubati... Muallifi...- u shunday deya yigitga yuzlandi.

-Muallifini unutibman,-yigit bu qissani u oqiganmi, yoqmi, bilish uchun atay yolgon gapirdi.-Bu qissa bir takabbur qizning qismati haqida. U hech bir yigitni nazar-pisand qilmay...

-Oxiri ozi shu ahvolga tushadi.-yigitning sozini bolib, dedi suxsur.-Esladim. Jeyn Tvinson, irland yozuvchisi, otgan asrning birinchi yarmida yashagan.

-Togri,-tasdiqladi uni yigit.

-Otirib, kutib turing, hozir topib beraman.

Barno yigit xiyol otib, muqovasi qattiq, rangli, qalin kitob Sevgi rutubati qoliga tekkach, pasportini qoldirib, uni olib ketdi. Parishonhol suxsur stoli ustidagi keraksiz qogozlarni yigishtirayotib, nogahon yigit boyagina buyurtma yozib qoldirgan qogozchani ongarib, taajjublandi. Kitob nomi yozilgan bir parcha qogozning orqa tomonida mana shu raqamlar bitilgan edi: 1 19 1 13.

Tavba... bu nima ekan?-pichirladi qiz. Ammo uni chiqindi chelakka tashlashga negadir kozi qiymay, barno yigitning pasporti orasiga qistirib qoydi.

Oradan bir kun otib, barno yigit kutubxonaga kirib keldiyu xijolatomuz alfozda suxsurga yaqinlashdi.

-Uzr,-dedi salom-alikdan song,-men... haligi... kitobingizni yoqotib qoydim. Ammo jarimasi qancha, necha pul bolsa ham tolayman,-dedi keyin dadillashib. Mana shunday qaltis vaziyatlarda jahli chiqadigan kutubxonachi qiz bu gal negadir olov olmadi. Yigitning mayin, ammo jodu sachratayotgan kozlaridan nigohini olib qochdi va xotirjam alfozda dedi:

- Puli kerakmas. Orniga kitob opkeb berasiz. Yangi nashrdan chiqqanlaridan.

-Xop.

-Himmatingizga qarang. Kutubxona uchun qancha kitob bolsa ham kam,- qoshib qoydi suxsur yigitga qarab nim jilmayarkan.

Yigit tushundi. Demak, bir kitob ornini bosish uchun endi kop kitob olib kelishi kerak. U shoshdi. Suxsurga tushgacha olib kelib beraman, deb vada berdi-yu ketdi. Qiz uning birsozliligiga tushga ham etmay bir necha kitob keltirganida ishondi. Stoli ustida muqovasi rangli, qalin, ixcham va bejirimgina kitoblarni bir-bir qoliga olib, kayfiyati kotarildi.

-Toqqizta ekan,-dedi song.

-Ha, toqqizta,-takrorladi yigit ham.-Endi pasportimni berarsiz?

-Hozir, bir daqiqa,-qiz buyurtmachi kitobxonlar pasportlari saqlanadigan javonga yaqinlashib, uning darchasini ochdi-da, paysallanib, yigitning pasportini topgach, orniga qaytdi. Hujjati qoliga tekkan on yigit juftakni rostladi. Qiz eshikkacha borib, uning ortidan qarab qoldi. Kongli bir tashqariga chiq, ortidan bor dedi ham. Ammo iymandi. Joyiga kelib, yigit hozirgina keltirgan kitoblarni qavat-qavat qilib, taxlagandi ham, stol yuzida tagin bir parcha qogoz paydo boldi. Uni qiziqsinib qoliga oldi va hayratdan kozlari kattalashib ketdi. Unda yana osha raqamlar takror yozilgandi:

1 19 1 13.

Charchadim shekilli? Bu raqamlar koz oldimdan ketmay qopti...

Suxsur shunday deya ozini chalgitmoqchi bolib, bilagidagi bejirim soatiga qaradi. Tushlikka chiqadigan vaqt bolgan edi.

Shu kuni kechga borib, ish tugab, xodimlar uy-uyiga tarqala boshlagach, suxsur negadir besaranjomlandi. Xuddi xayolida barno yigit hozir kirib keladigandek, uni kinogami, kontsertgami taklif etadigandek tuyilaverdi. U narsalarini yigishtirib, elkasiga kitobcha keladigan sumkachasini ilgach ham yurishni, bu xonadan chiqib ketishni xohlamay, derazaga yaqin bordi. Kun qisqa emasmi, darrov qorongi tushibdi. Kocha chiroqlari yoqilgan, son-sanoqsiz mashinalarning fonuslari ham parcha-parcha yoruglik taratib otishardi. Oxiri, aqli ishlab ketdi qizning:

Axir, ish tugadi, hozir qorovul kelib, bu erning eshigini qulflaydi. Kim ham kelardi endi? U-chi? Endi kelarmikan?

Bir kun otdi. Ana shu yigirma tort soat mobaynida qizning yuragi olovda qovrilib jizganagi chiqdi goyo. Beixtiyor qalbini barno yigitga topshirganini, uning chiroyli kozlari, qop-qora qoshlari, tabassumi, xijolatomuz turishlari, himmati va yana boshqa xislatu xususiyatlari yodiga tushib, bularning bari qalbda bir dardga aylandi. Shundagina tushunib etdi u: Sinfdosh yigitlar bejizga mushtlashishmagan. Oshanda men kechirgan tuygular ularning yuragini ham azoblagan. Uni yoqtirib qolganimdek meni sevishgan. Muhabbat olovi kuydirgan...

Suxsur ishxonasiga kelib, xona burchagidagi ilgakka paltosini ilgach, oz joyiga, keng va shinam oqish zaliga otgandi hamki, chekkaroqdagi stulda kozlarini bir nuqtaga qadab otirgan barno yigitni korib, bir necha lahza ozini yoqotib qoydi. Yigit suxsurning sharpasini sezgach, ornidan turib, u tomon yaqinlashgandagina qizning tili kalimaga keldi:

-Assalomu alaykum!

-Vaalaykum salom, yaxshimisiz? Kitobingizni olib keldim. Mana,-yigit shunday deb Sevgi rutubatini uzatdi.

Suxsur muqovasiga uzoqlashib boryotgan yigit va uning ortidan kaftlari bilan yuzlarini berkitib yiglayotgan qiz suvrati solingan kitobni oldi.

-Axir, yoqotib qoymaganmidingiz?-hayron boldi qiz.

-Avvaliga shunday deb oylagandim. Bilsam, bir qoshnim olib ketgan ekan. U ham ashaddiy kitobxon. Kitobga kozi tushsa, sorab-soramay olib ketadigan odati bor. Kecha kechqurun keltirib berdi.

-Kitoblaringizni olib ketsangiz boladi. Hozir tayyorlab beraman.

-Yoq-yoq,- shoshib dedi yigit,-bu kitoblarni oz ixtiyorim bilan olib keldim kitobxonlarga.

-Rahmat. Yana biror kitob kerakmi?-soradi suxsur.

-Yoq... endi ketishim kerak. Men shahringizda mehmonman. Bugun ketyapman. Sizdan xursandman.

-Men ham,-dedi suxsur negadir lablari titrab. Shu dam yigi toshib kelib, beixtiyor devor tarafga ogirildi. Kozlarini yorib chiqqan yoshni darhol shoshib barmoqlari bilan artdi. Yigit sezmadimikan, deb u tomon ogirilgandiyamki, xonada ozidan bolak hech kim yoqligini korib, esi chiqayozdi. Song xorsindi. Ish orniga otib stulga ohista chokdi. Ikki tirsagini stolga tayagan koyi kaftlarini yuzlariga qoydi. Tagin yigladi. Kozlaridan tirqirab chiqqan beshafqat yoshlar tomchi-tomchi bolib oqa boshladi. Qiz ozi bilmagan koyi Sevgi rutubati muqovasini hol qilib yuborgandi. Ilkis hushini yigib, ozini tartibga keltirdi. Keyin kitobni varaqladi. Uning birinchi betini ochgan ham ediki, yana osha tanish raqamlar yozilgan varaqchaga kozi tushib, esi ogayozdi goyo.

Bu nima ozi? Bu raqamlar nimani bildiradi? Nimanii... U ham alamzada, ham telba koyiga tushib, qogozcha bilan birga kitobni tirsagi bilan surib yubordi. Kitob top etib, polga tushdi. Uning orasidan nimaningdir uchi sezilar-sezilmas korinib qoldi. Suxsur bu abgor otirishida chiroyli korinmayotgandi. U polda yotgan kitobga bir necha muddat parishon qarab turdi-da, song birov kirib qolishidan qorqib, darrov ozini tartibga soldi. Itqitilgan kitobni poldan olayotib, uning orasidan uchi korinib turgan nimarsani sugurdi. Buklangan qogoz ekan. Suxsur kitobni stol ustiga qoyib, buklogliq qogozni yoydi.

1 19 1 13...

Sizga tushunarsiz va mavhum korinayotgan bu raqamlar aslida hayotingiz bilan chambarchas bogliq. Zehn qoysangiz, tugilgan kuningizdan boshlab to hozirgi kunlargacha bolgan voqealar mana shu oltita raqamlarda aks etganiga amin bolasiz. Pasportingizni ochib qarang: 1 1 91. Bu yilning dastlabki oyi va ilk sanasini bildiradi. 1991 yilda tugilganingiz afsona emas, shundaymi?

Shu erga kelganda, oqishdan toxtab, ong va sol tarafiga qarab oldi suxsur. Yuragida uygona boshlagan qorquv butun vujudi uzra yoyilgandi, biroq ichki qiziqish, ishtiyoq tagin oqishga undadi.

Darvoqe, ajralib turgan 13ning tugilgan sanaga nima daxli bor, deyayotgandirsiz? Bu vaqtni anglatadi. Siz 13:00da dunyoga kelgansiz...

Shu on suxsurning yodiga ayasi keldi. Bir damda u seni kuppa-kunduzi, tush payti tuqqanman, deb aytgandi. Bu haqiqat ekanligiga yana amin bolib, yuragi orziqib ketdi.

13 nafar sinfdosh ospirinning jangi dovrugi maktabingizdagina emas, butun mahallaga yoyilgani xotirangizdadir. Bilsangiz, bu mojaro ham ana shu sirli raqamlarga dongan: 1 19 1 13. 11 - bu siz toqqiz yil davomida tahsil olgan maktab, 9 - songgi oquv yili, 1-bu siz, 13 esa siz yuraklaridan urgan ospirin sinfdoshlaringiz...

Suxsur goyo sirlari ochilib, bundan hamma voqif bolgach, uyatga qolgan kishi holiga tushdi. Yuzlari qizarib, olov oldi. Ammo sirli xat hali nihoyasiga etmagan edi.

Sizning dugonalaringizga qarata aytgan chiroyli qiz chiroyli yigitga munosib hazil gapingiz takabburlik ekanini xayolingizga keltirganmisiz hech? Yoq, shunday-a? Ammo farishtalar har bir gapga omin qilishini bilasiz. Buni kunda bolmasa-da, kunida eshitasiz. Biroq nega amal qilmaysiz? Bu dunyoda har bir aytilgan ezgu va yomon soz uchun mukofot va hisob borligi konglingizga kelganmi hech? Yoq! Siz ozingiz orzu qilgan shahzodani kutardingizu, ammo uni sevib qolib, katta va davosiz dardga yoliqishingizni, bundan esa qutila olmasligingizni xayolingizga ham keltirmagansiz.

1 19 1 13. Hozir 2013 yil. Oy - yanvar, uch kun avval sana 19 edi. 19 1 13da yuragingizda tofon kotarilib, tuygularingiz tolqinlanib, bir mehmon qalbingizga kirib keldi. Ajralib turgan 1 raqami osha mehmon - muhabbatni bildiradi. Ha, ha, tan olavering, men otmishdan hozirga qadar ayon bolgan jabhalaringiznigina emas, hatto ayni dam kechirayotgan tuygularingizni ham sezib turibman. Kutubxonadaki odam bor, etiborini qaratgan kimsaga siz ham nigoh sanchib, olovlandingiz...

Suxsur haqiqatdan ogishmay, hammasini roy-rost yozgan, hatto oz qalbida kechirgan tuygularigacha unga ayon bolgan karomatgoy yigitning noyob xislatidan lol qoldi. Birrov oqishdan tindi. Havo etishmadi chogi, borib derazaning kichkina darchasini ochib yubordi. Ichkariga kirgan muzdek havo yuz-kozlari, qollarini yalab otgach, tetiklashdi. Oqishda davom etdi:

1 19 1 13... Butun bir hayotingiz mana shu raqamlarga aylangan desam, ishonarmidingiz? Keling, kuni kecha bolib otgan voqeani esga olaylik. Ilk dafa kelganimda sizdan bitta kitob oldim. Ammo uni yoqotib qoydim deb oylab, bir kun otgach, oldingizga kitobsiz soppayib kirib keldim. Mana shu raqamlardan peshroqda turgan ikkita 1 shu voqeani anglatadi. 9 esa yoqotib qoygan asar orniga sizga keltirgan kitoblar soni, alohida ajralib turgan 1 shu kitoblarning bir mavzudaligi (sevgi tarannum etilgan sheriy kitoblaru qissa va romanlar). Keyingi 1 kutubxonaga tegishli bolgan Sevgi rutubatini topib keltirganimdir. Birgina 3 qolyapti. Buni topib korishga uriningchi...

Qizning xayoliga shu choq sirli raqamlar yozilgan qogozchalar keldi.

Ha, bu sizga uch bora takror yozib qoldirgan sirli raqamlar...

Konglingizda savollar yogilayotgani, shubhasiz. Deylik, men bilan bogliq hamma sirlar ipidan ignasigacha ayon-u ismimni bilmaysiz, demoqchi bolyapsiz. Men sizga yana bir hayrat eshigini ochaman.

1 19 1 13-bu sizning ismingiz jamlangan raqamlar. Biroq buni echishni endi ozingizga qoldiraman. Shu bilan xayrlashamiz, konglingizda muhabbatdek pok tuyguni uygota olganim uchun sizdan ham, ozimdan ham minnatdorman. Ishonamanki, endi kibr libosini echib tashlaysiz...

Kozlariga yosh yiltillagan bechora qiz xatni tort buklab, stoli oldiga keldi va stulga chokdi. U ismim qanaqasiga bu raqamlarda jamlanishi mumkin, deb oylay boshladi. Song birdan kutubxonaga azo bolgan kitobxonlarning varaqalari saqlanadigan yashikcha yodiga keldiyu, ornidan dik etib turib, javon sari yurdi. Varaqalarda kitobxonlarning uy manzili, pasport seriyasi, telefon raqamlari yozilardi. Suxsur yigitning varaqasidagi qaydlardan uni izlab topish mumkinligi favqulodda xayoliga kelgandi. Shoshilinch javondagi tortmachalardan birini tortib, varaqalar alifbo tarzida taxlangan yashikchani sugurib chiqardiyu, titkilab, birdan A ostidagi 1 raqamiga kozi tushdi. Bir muddat qoli harakatdan tinib, ong-shuuri yolqinlandi. Song yashikchani dast kotarib kelib, stolga qoydi-da, boyagi buklangan xatni yoyib, undagi eng songgi xatboshiga koz yugurtirdi:

1 19 1 13 - bu sizning ismingiz jamlangan raqamlar...

Suxsur bir shu yozuvga, bir yashikchadagi harflar ostida taxlangan varaqalarga nazar tashlab, favqulodda miyasiga kelgan fikrni tavakkaliga qogozga tushirdi. Qogozga dastavval krillcha harflarni alifbo tartibida yozdi, keyin ularning tartib raqamlarini belgiladi. Song ismi jamlangan raqamlarni birin-ketin tartib boyicha harflar yonidan belgilab chiqdi.

A-1, B-2, V-3, G-4, D-5, E-6, Yo-7, J-8, Z-9, I-10, Y-11, K-12, L-13, M-14, N-15, O-16, P-17, R-18, S-19, T-20, U-21, F-22, X-23, Ts-24, Ch-25, Sh-26, -27, -28, E-29, Yu-30, Ya-31, O-32, Q-33, G-34, H-35.

A-1, S-19, A-1, L-13.

Kalit topilgandi. U qattiq hayajonlanganidan ornidan turib ketdi, bot-bot kozlarini yumib-ochib hozirgina ozi echgan jumboqqa tagin nazar tashladi.

1 19 1 13 raqamlari harflarga donib, mana shu ismga aylangandi: A S A L.

Asal ozini jumboqlarga komib tashlagan sirli yigitning varaqasini topib, qaragan on yuragi orqaga tortib ketdi. U kuni kecha qoralagan mana shu azolik varaqasida na harf, na biror belgi bor edi.

Nogahon butun vujudida titroq uygongan Asal bir parcha top-toza qogozdan koz uzmagan koyi telbalarcha shivirladi.

-U... farishta?! Farishta ekan!

Umid Ali,

Muallifning ruxsatisiz boshqa saytga ko'chirish taqiqlanadi!


. , 3 ,
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz