KOTIBANING KIRDIKORLARI

:
KOTIBANING KIRDIKORLARI
:
19-07-2015, 05:52
:
7944
 KOTIBANING KIRDIKORLARI
 
KOTIBANING  KIRDIKORLARI
       
   ...Parizod yigitga qattiq tikildi: Kennoyim bilan... ajrashganmisiz?
Yog-e,  dedi Maruf shosha-pisha. Hali uylanmaganman.
Rostdanmi? ayol beixtiyor chapak chalib yubordi. Buni qarang-a. Rosa yoliqibman-ku. Necha yoshdasiz ozi?
Yigirma toqqizda. Maruf nihoyat yurak yutib soradi: Siz-chi?
Menmi? ayol norozi tarzda qoshlarini kerdi. Aslini olganda-ku, ayollarning yoshi soralmaydi. Bu girt madaniyatsizlik. Ammo klubga odatda xotinidan ajrashgan yoki xotini olgan erkaklar kelishini bilardim.
U erda... u erda... chaynalib qoldi yigit.
Xosh, u erga nima qipti?
U erda sizni... yigirma tort yoshda deb yozishgan ekan... 
Ayol pinak buzmadi: Toppa-togri. Hujjat topshirganimda yigirma tortda edim. Oshandan buyon malumotni yangilashmagan-da.
Ilgari... tilining uchiga kelgan savolni berishga qiynalardi Maruf. Ilgari turmush qilganmisiz?
Ha, albatta. Keyin xarakterimiz togri kelmay, ajrashib ketganmiz. Bitta qizim bor. Ozingiz-chi, ozingiz nega uylanmagansiz? Yoki... ayol ovoziga sirli tus berdi, erkaklik tarafdan sal kamchiligingiz bormi?
Yoq, kamchilik yoq, dedi Maruf ozini oqlagandek hijolatli ohangda. Shunchaki, ish bilan bolib...
   Ayol piqillab kulib yubordi: Ha, buni sinab korsam yomon bolmasdi.
      Maruf sholgomday qizardi. U ayni damda bu erdan tezroq ketishni orzu qilardi, xolos.
Hay, mayli, dedi ayol nihoyat murosa ohangida. Aytishadi-ku, majburlab sevdirib bolmaydi deb. Siz hali erga tegmagan hurliqo qizni qidirib yuribsiz, men esa xotini olgan yo xotinidan ajrashgan erkakni... Xullas, yulduzimiz yulduzimizga togri kelmadi... Xayrlashish oldidan hech bolmasa biron nima eyishga taklif qilarsiz?
Albatta, albatta, dedi yigit battar kalovlanib. Ayni damda u hammasi bu qadar tez va osonlikcha tugaganidan mamnun ham edi. Parizod yol boyidagi bir qahvaxonaga boshladi. Juvon bu erning ozini odami bolib qolganmi, ishqilib, ularni darrov ichkaridagi alohida xos xonaga boshlashdi. Shinamgina xonadagi bezatilgan stol atrofiga otirishgach, Marufning atrofga bezovtalanib alanglayotganini korgan Parizod iljayib qoyib dedi: Restoranning alohida xonasi shu. Lekin siz qorqmang, unchalik qimmat emas...
   Yigit dovdirab qoldi: E, nega unaqa deysiz, gap pulda emas...
      Ayol yigitga sinovchan tikildi. Nimada bolmasa?
      Rosti, bu haqda oylab ham kormagani uchun Maruf har ehtimolga qarshi elka qisib qoydi.
Gap pulda bolmasa ham, dedi ayol qoniqish bilan, osha pulning qanchaligida! 
       Bu jumboqli gap manisini anglamagan Maruf yana bir bor elka qisib qoyish bilan kifoyalandi.
Endi, xonimga xizmat korsating, dedi Parizod stolda turgan ichimliklarga ishora qilib. Aytganday, nima ish qilasiz ozi?
Battar ongaysizlanib, lavlagiday qizargancha stoldagi konyak qopqogini burayotgan Maruf negadir ochigini aytgisi kelmay: Zavodda... oddiy ishchiman, deb qoya qoldi.
Yaxshi, dedi ayol qadahga quyilayotgan konyakdan kozini uzmagan koyi. Song salgina zardaliroq ohangda buyurdi: Quygandan keyin sal tolatib quying-da bu zormandani! Ozi angishvonaday ryumka bolsa.
     Chochib ketgan Maruf ozgina konyakni dasturxon ustiga quyib yubordi. Juvon norozi tarzda nimalarnidir tongillab qoydi. Ikkinchi qadahdan song, juvonning chiroyi ochildi. Shundan keyin juvon ozini yanada erkin tuta boshladi. Parizodning ochiq-sochiq gaplari, bazan qopol shamalari Marufni battar uyaltirardi... 
     Nihoyat, beshinchi yo oltinchi qadahdan song kozlari chaqnab, yonoqlari lovullay boshlagan Parizod ochiq savdoga otdi: Menga qarang, yigitcha, birinchidan, igna ustida otirganday tipirchilashni bas qiling-da, savollarimga aniq javob bering! Keyin, meni mast qilib, qochib qolaman, deb ham xomtama bolmang. Men bir ozim bunaqangi konyaklardan ikki shishasini ichib tashlay olaman... Ikkinchidan, men bugun charchab turibman, shuning uchun siz bilan mushuk-sichqon oynash niyatim yoq. Korib turibman, men sizga yoqmadim...
Nega endi, hijolat chekib goldiradi Maruf. Siz ajoyib, yosh ayolsiz...
     Ayol yigitga ochiqdan-ochiq mazaxomuz boqdi: Shu ajoyib, yosh ayol bilan bir kecha yotishga necha pul berasiz?
     Maruf lol bolib qoldi. Ayol mamnun ishshaydi. Kordingizmi, nafasingiz ham chiqmay qoldi-ya. Biroq, ochigi, men ham siz bilan bolaman, deb olib turganim yoq. Shuning uchun, gapni oshiqcha chozib otirmasdan, maqsadga ota qolaylik.
       Parizod yigitga yana bir bor qattiq, baayni bir gramm ham ichimlik ichmagan juvondek tikildi. Bu qahvaxona mening... yaqin tanishlarimdan biriniki. Mening uyim bu erdan ikki yuz qadam narida. Men hozir sizni uyga olib ketishim, uyqu dori berib uxlatib qoyishim, keyin sizni qip-yalangoch qilib echintirib, yoningizda ozim ham shu ahvolda sizni quchoqlab yotishim, buni rasmga oldirib, har zamon-har zamonda ozingizga korsatib qoyib, qorqitib, tuzukkina pul olib yurishim mumkin. Ochigi, mening kasbim ozi shunaqa. Ammo korib turibman, uylanmagan yigit ekansiz, shuning uchun ochiqchasiga kochganimiz maqul: qancha berasiz?
Bu nima deganingiz? dedi yigit tamomila esankirab.
Bu shu deganimki, dedi ayol tishlarini gijirlatib, sizni tinch qoyishim uchun qancha berishingizni bilmoqchiman! Yo haliyam gapimni tushunmayapsizmi? Men hammasini ochiqcha aytayapman. Buning qadriga eting, lekin haddingizdan oshmang. Togri, endi uyimga bormaysiz, biroq hozir bir baqirib, "Meni zorlamoqchi boldi!, deb ustimizga odam toplash qolimdan keladi. Aytdim-ku, qahvaxona egasining ozi onta guvoh topib beradi. Topib bermayam korsin-chi! Men bilan yotganda olingan rasmlarni xotiningga korsataman desammi... ozi oldimga emaklab keladi...
Bunaqalar kopmi? deb soray oldi nihoyat Maruf horgin tarzda.
Etarli, nolimayman, istehzoli iljaydi ayol. Tirikchilikning aybi yoq.
Ozingiz asli nima ish qilasiz? vaqtdan yutishga urina boshladi Maruf.
Kotibaman. Lekin boshligim "gah desam, qolimga qonadi.
Uniyam... shantaj qilib...
Albatta! pinak buzmadi juvon. Shu paytgacha tortta boshliq qolimdan otdi. Hammasining tizgini qolimda boldi. Xudo xohlasa, beshinchisiniyam tizginlab olaman...
Omad tilayman, dedi Maruf.
Menga qarang, yigit, dedi ayol bu gal oshkora nafrat bilan. Ochigini aytayapman, siz konglimga otirishmadingiz. Umuman, sizga oxshash lattachaynar erkaklarni jinim suymaydi... Xosh, qancha berasiz?
      Lekin
      Ayol Marufga achinib qaradi va kokragini toldirib nafas olgach, asta-sekin tirsillab turgan kokragi ustidagi kofta tugmalarini yecha boshladi...
 
 
Muallif: Muzaffar Muhammadnazar  
                                                                                  KOTIBANING KIRDIKORLARI                     
. , 3 ,
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz