UMID IPI - Gulruh Yormatova

:
UMID IPI - Gulruh Yormatova
:
19-07-2015, 04:27
:
1586
 
 
 

UMID IPI


("Kuyovmisan kuyov" komediyasining ssenariy muallifi - Gulruh Yormatovadan saytimiz uchun maxsus tuhfa! )


     Odamlar hali yozning jarimasini, rohatbaxsh taftini unutmay turib, ostonadan mungaygancha, ranglari sargaygan kuz kirib keldi. Kozi tola nam, ust-boshi abgor, ilma-teshik bolgan gulbarglari er bilan bitta bolib ezgilangan. Goyo ular tunov kungi avjini unutganu, kuzakning oldida juda past ketib, ozini poyondozlikka mahkum etgandek edi.

     Gulzor derazaga peshonasini tiragancha, yomgir shivalayotgan qip-yalangoch boglarga qararkan negadir ozini shu mungaygan kuzga oxshatdi. Ana, qargalar qagillab yotgan, huvillagan dala uning qalbi, shoxlarining uchidan to tanasigacha jimirlab yomgir yuvayotgan oq terak ozi. Shamollarga ermak bolib, haddini bilmay osmonga bir uchib, bir qonib erga toshalayotgan xazonlar esa his-tuygulari...

Oxshatishi oziga nasha qilib, miyigida kulib qoydi. Ich-ichidan tabiatning ongsiz bir bolagiga aylanishni istadi. Hech bolmasa yomgir bolsaydi. Erga singib, yoq bolib ketsa ham mayliydi. Yoq, yaxshisi shamol bolgani yaxshiroq ekan. Oziga yoqqan xas-xazonlarni maza qilib ermak qiladi, ustidan kuladi song tashlab ketadi...

Ana axiyri bu ilma-teshik abgor xazonlar joniga tegdi shekilli, ming maqom bilan qilpanglayotgan shamol ham kokka shahd bilan bir kotarildida, oq terakning uchlarini silkitib, ermagini yomgirlar izmiga qoldirib etagini hilpiratgancha ketdi-qoldi. Ezilgan yaproqlar beqaror shamolning yollariga muztar termuldi, qaytib qolar deya kozlari battar teshildi. Ammo endi uni tamoman mavh etgan yomgir xazonlarning umidvorligidan jahli chiqqandek bor qahrini ularning ustidan socha boshladi. Xazonlar bu bosimga ortiq bardosh berolmay beton yolaklarga, ariqchalar chetiga, tunuka tomlar qirgogiga beholgina chozildi, ojiz ingrandi...

Kun boyi nimalarni oylaydi bu qiz? yonginasidan guldiragan bu ovozdan Gulzor chochib tushdi.

Qorqitib yubordimmi? dedi unga qarab jilmayib turgan yoshgina davolovchi vrach. Gulzor negadir uyalib ketdi.

Yoq, dedi yana yuzini derazaga burib. Va yigitning qadam tovushlari ozidan uzoqlashishini kutdi. Ammo qadamlar uzoqlashish orniga unga yanada yaqinlashdi.

Yomgirni yaxshi korasizmi? dedi vrach yigit yonginasiga kelib, u ham nigohlarini derazaga qadarkan.

Yomon koraman, dedi qiz pichirlab. Vrach gavdasi bilan burilib unga hayron boqdi. Shunda Gulzor uning yuzlariga bir qur nigoh tashladi. Yonoqlari silliq, soqoli hafsala bilan qartishlangan, kozlari xotirjam eng muhimi u soglom, butun vujudidan kuch yogilardi. Ozi esa... Birdan qizning dilini gayrlikkami oxshash bir nima tilib otgandek boldi.

Nega yomon korasiz? dedi yigit jilmayib.

Yomonligi uchun yomon koraman, ozining naqadar mantiqsiz gapirayotganligini bilsada, qiz shunday deyishdan tilini tiyib turolmadi. Yigit unga biroz qarab turdi-turdida, song indamay ortiga burilib ketdi. Bekor qildim, dedi Gulzor hayal otmay pushaymon chekarkan. Nima qilardim birovning konglini ogritib. U yana peshonasini derazaga tiradi. Endi yomgir battar kuchaygan, sovuqdan diydirayotgan oq terak ham, yolaklarga chippa yopishgan xazonlar ham oynaga urilayotgan yomgirdan boyogi chaplangan suratdek ayqash-uyqash bolib ketgandi.

Bozorova ukolga! dedi uzun koridor oxiridagi xonadan chiqqan hamshira qiz qichqirib. Gulzorning birdan asabi buzildi. "Buncha qargaga oxshab qagillaydi bu qiz. Koshki ovozi yoqimli bolsa?

Eshitayapsizmi, hoy?

Hozir, Gulzor derazaga yana biroz termulib turdida, song istar-istamas ortiga burildi...

Voy-bo, namuncha oriqsiz? Faqat teringiz bilan suyagingiz qolgandek-a?! Ukol qilishga ham qorqadi odam, dedi hamshira qiz uning bilagiga igna sancharkan.

"Odamning konglini kotarishni ham bilmaydi bu befarosat, ichida gijinib qoydi qiz. Song bilagini igna kirgan joyiga qoyilgan paxtani ikkita barmogi bilan bosgancha koridorga chiqdi. Yana deraza oldiga borgisi keldi. Ammo koridorda shipillab u yoqdan bu yoqqa otib turgan hamshira qizlardan uyaldi. "Derazga elimlanib qoldimi nima balo deyishmasin yana. Qolaversa anavi xushbichim yigitga yomgirni yomon koraman deb qoygandi. Yana derazaga termulib otirganini korsa nima deb oylaydi.

Gulzor istar-istamas palatasi tomon yurdi. Hali xonaga kirmayoq zerika boshladi. Hamma yogi oppoq rangga boyalgan xonada rangi shu devordan ham oq hamxonalari bor. Yuziga qarasang kasal bolasan kishi. Yana tarki dunyo qilgandek shiftga termulib yotgani yotgan. Na gapradi, va na birovni gapirtirgani qoyadi. Gulzorning onasi olib kelgan eguliklarni tumbochkaga joylay turib, u yoq, bu yoqdan gurung qila boshlasa eshik oldidagi karovatda yotgan qiz darrov dami chiqqan koptokdek uflay boshlaydi. Bu degani ovozingni ochir, degani. Shu bois qiz uydalilariga ichkariga kelmanglar, deb tayinlagan.

Gulzor xonaga kirdiyu, deraza oldidagi karovatiga ohista chokdi. Oyogini salanglatib biroz turdi-turdida song noiloj orniga chozildi. Uzoq vaqt tushukun xayollarga garq bolib yotdi. Chalkash taqdirini, ozining bedavo dardga yoliqqanligi sababini topgandek boldi. oam sabab emasmikan barchasiga?! Bolaligidan shu dard bilan ulgaydi, shu dard bilan dunyoni angladi, odamlar, borliq va insoniy munosabatlar haqidagi tasavvurlari ham shu dard kolankasida qad rostladi. Mana endi yashayman deganida umr shomi boy korsatib turibdi. Shu yoshidan-a? Axir bu adolatdanmi? Nega inson bolib yaraldi unda?!

Qizning yuragi battar siqildi. Ornidan ohista turib, xonadagi deraza oldiga bordi. Xuddi birovni kutayotgandek tashqariga termuldi. Kasalxona darvozasi shundoqqina roparada bolganligi bois bu erga kim kelib, kim ketayotganligi yaqqol kozga tashlanib turardi. Ana, qorovul chol chiyillab toxtagan tez yordam mashinasiga darvozani ochish uchun oqsoqlangancha kulbasidan chiqib kelayapti. Ustida yomgirposh. Shamol etagini hilpiratib orqaga tortqilayverganidan cholning egni jiqqa hol bolib ketgandi. "Yomgirposh kiymasa ham bolarkan deb qoydi qiz ichida. Anavi qolida ikkita setka kotargan yigitning ham soyaboni yoq ekan. Siyrak sochlari boshiga yopishib ketgan, kostyumining yoqalari hol...

Olikning boshida tik turadilar, dedi Gulzorning hamxonalaridan biri uning xayollarini pardek tozgitib. Qiz hech baloni tushunmadi.

A? dedi ortiga burilib. Hech kimni jini suymaydigan rangpar ayolning qoshlari chimirildi:

Hali olganimiz yoq deyman, boshimizda tik turmang. Xayolni otirib sursa ham boladi.

"Uf, buncha zahar bolmasa bu xotin dedi qiz noiloj karovatiga borib otirarkan. "Bu xonada hatto derazaga ham qarash mumkin emas.

Qiz bu erda battar dardi ogirlashishini bilar, shu bois uyiga juda-juda ketgisi kelardi. Ammo onasi... U allaqachon umidini uzib qoygan hayotdan onasi nelarnidir umid qilar, qizining tuzalib ketishiga astoydil ishonardi...

Siz tuzalasiz, dedi bir kuni osha kungi yoshgina davolovchi vrach. Faqat buni ozingiz istamayapsiz, xolos. Bu gapdan qizning biroz jahli chiqdi.

Tuzalishim uchun istakning ozi kamlik qilsa kerak, dedi sovuqqonlik bilan.

Yoq, sizga faqat istak etishmayapti. Boshqa hamma narsa keragidan ortiq, vrach shunday deb uning tumbochkasi ustidagi dori-darmonga liq tola qutisiga ishora qilib qoydi.

Qiz bu gapga parvo qilmadi va osha ondayoq bu suhbat uning yodidan kotarilib ketdi. Ammo bir kuni olik sukunat chokkan xonada kimdir somsa orab kelgan gazeta parchasini oqib otirib, nogoh ongida yashin chaqqandek boldi. "Kuchli istak kuchli mexanizmdir. Agar u paydo bolsa insonning mudrab yotgan uzuvlari shu qadar katta kuch bilan harakatga keladiki, oqibat eskisi ornida tamomila yangi, kuch-qudratga tola va navqiron vujud dunyoga keladi. Lekin buning uchun... Qiz qanchalik harakat qilmasin gijimlanib va yog chaplanib ketganidan harflari ochib ketgan maqolaning davomini oqiyolmadi.

Nahotki, anavi vrachning gaplari rost bolsa?! Ammo kuchli istak qanday bolarkin?! Uni kishi oz yuragida qanday paydo qilarkin?!

Qiz osha kundan boshlab kunu tun shu istak haqida oylay boshladi, vujudining allaqaerlarida nimalardir jimirlab ketgandek boldi. Agar sogayib ketsa... Nahtotki sogaysa?! Shu sozning oziyoq uni shoshirar, hovliqtirar va hayotida nelardir ozgarish qilishga undardi. Agar sogaysa oqiydi, ishlaydi va turmushga chiqadi, bolalari boladi. Qiziq bolalari bolarmikin ozi?! Albatta, boladida. Nega bolmasin?! "Gulzorning qizi, Gulzorning ogli... Yo, tovba, naqadar yoqimli bu soz! Qiz shoshilib yostigi tagidagi oynachaga qol chozdi. Kozlari ostidagi kokimtir halqalar biroz kamaygandek tuyuldi unga.

Ertasi kuni u davolovchi vrachga gazetada oqigan parchasini iymanib gapirib berdi. Buni eshitgan yigitning kozlari chaqnab ketgandek boldi. Ertasi kuni u Gulzorga inson irodasini chiniqtirish haqida bir nechta kitob olib keldi. Oradan bir hafta otgach esa qizning bilaklaridagi qizgish doglar yoqola boshladi...

 

Gulruh YoRMATOVA

(Muallifning ruxsatisiz boshqa saytga ko'chirish mumkin emas)

 


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz