MASHUM NIYAT

:
MASHUM NIYAT
:
28-05-2015, 06:17
:
2090
 
 
 
MASHUM NIYAT

     Ichkilik oxir-oqibat yaxshilikka olib kelishi yoki umrni uzaytirib, aqlga aql qoshishi haqida hali biron kishi aytmagan va aytolmaydi ham. Chunki, spirtli ichimlik inson tanasiga kirganidan keyin kishini qaerlarga etaklab borishi-yu, ne balolarga giriftor qilishi haqida hayotda juda ham misollar kop. 
     Sakoki (ism-familiyalar ozgartirilgan) ulgayib, bolalarining rohatini korish vaqti kelganida hayoti ichkilik tufayli keskin ozgarib ketishi mumkinligini oylab ham kormagan bolsa kerak. Uning ichkilikka berilishi birinchi navbatda oiladagi tinch-totuvlikka tasir korsatib, ichidan darz ketishiga olib keldi. Chunki, Sakoki ichib olgan kuni uyda, albatta, janjal bolar, bu hol turmush ortogi Lavraning kaltak eyishi hamda erning xotinini oldirish haqidagi tahdidi bilan yakun topardi. Shu sababli, yigirma uch yillik turmushdan keyin Lavra bolalarini olib onasinikiga ketishga majbur boldi. Oradan uch yil otib, ularning nikohlari rasman bekor qilindi. Lavra katta ogli bilan onasinikida, Sakoki esa oz uyida kichik ogli bilan yashay boshlashdi. Yon-atrofdagilar shu bilan ular tinchib ketishadi, deb oylashgandi, ammo bunday bolmadi.
     Lavra ketib qolganidan keyin ham Sakoki oz bilganidan qolmadi. Spirtli ichimlik uning yaqin dosti bolib qolaverdi. Shunday kunlardan birida kechki payt hamtovogi bilan kafeda uch shisha aroqni boshatgan Sakoki uyga kelishi bilan uxlab qoldi. Uning uyqusini Oroz ismli eski tanishining yarim kechasi qilgan telefon qongirogi buzdi.
- Yarim kechasi bezovta qilgan kim? odagayladi Sakoki.
- Sakoki kechirasan-u, lekin bunga majbur boldim, javob qaytardi Oroz. Boshqa ilojim yoq edi.
- Chaynalmay gapirsang-chi, dedi Sakoki.
- Hayotingga aralashmoqchi emasman-u, lekin xotiningni uyimdan olib ketmasang bolmaydi.
- Nima, xotinim senikida nima qilayapti?
- Aytarli hech nima, ammo u uyimda spirtli ichimlik ichib Oroz gapini tugatmasdan Sakokining: Turgan joyingda qimirlamay tur, hozir etib boraman, degan tahdidli ovozini eshitdi.
     Yarim kechasi bolishiga qaramasdan, Sakoki shirin uyquda yotgan ogli Ayretni Tur, kechiring yarim kechasi nima ishlar qilib yurganini va uning asl kechiringsini korsataman, deb uygotib, kochaga olib chiqdi. Birinchi duch kelgan avtomashinani toxtatib, ota-bola Oroz aytgan Aster-villa kafesi yoniga etib kelishdi. Oroz ularni qarshi olib, uyiga boshladi. Sakoki ogli Ayretga uyda aytgan fikridan qaytib, qaynonasining uyi shu yaqin atrofda bolganligi uchun ularnikiga kirishni tayinladi. Songra ozining haqligini isbotlash maqsadida qaynotasi Arkadiyga telefon qilib, hozir yarim kechasi birovning uyida ichib otirgan qizi Lavrani oldirishini, shuning uchun kelib, buni oz kozi bilan korishini talab qildi. Arkadiy uning bu kabi gaplariga konikib qolgani uchun etibor qilmay, kuyovining navbatdagi nagmasi deb oylab, telefonni qoyib qoydi.
Sakoki Oroz bilan uning uyiga kotarildi. Eshikni Orozning xotini Nigora ochdi. Lekin Nigora salomlashib ulgurmasidanoq Sakoki uni chetga surib, Lavraning kulgusi eshitilayotgan balkon tomon yol oldi.
U erda Lavra Nigoraning singlisi Nozima bilan otirgan ekan. Stol ustida turgan pivo va bokallar Sakokining gazabini battar qaynatdi.
- Men berayotgan pullar hali shunaqa maqsadlarga ishlatilayaptimi, deya oshqirib, Lavraga ketma-ket musht tushirdi. Lavra zarbalar kuchidan erga yiqilganidan keyin ham tinchlanmay, stol ustidagi pichoqqa tashlandi.
Shu payt xonaga Oroz kirib kelib, Sakokiga esini yigib olishni aytdi. Sakoki esa battar gazab otiga minib, qolidagi pichoq bilan hamla qila boshladi. Oroz vaziyatning jiddiyligini sezib, uni mahkam ushlab oldi. Biroq Sakoki agar uni hoziroq qoyib yubormasa, ularni ham Lavraga qoshib oldirib yuborishi mumkinligini aytdi. Shundan song Oroz Sakoki bunchalik tubanlikka bormas, degan umidda uni qoyib yubordi-da, bolalari va qaynsinglisi Nozima bilan uydan chiqib ketdi. Tashqarida biroz turgach, kongli gash bolib, yana uyiga qaytib chiqdi. Lekin vaziyat u oylagandek emasdi Lavra erda qonga boyalgan holda hushsiz yotardi. Oroz darhol Tez yordamga qongiroq qildi. Ammo Lavra kasalxonaga etib bormasdan, yolda vafot etdi.
     Sud hukmi oqilib, Sakokiga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Ammo ichkilik tufayli asabini jilovlay olmay, ikki nafar farzandini onasidan ayirib, insoniylik qiyofasini yoqotgan Sakokining dagdagasini navbatdagi nagma deb oylagan yaqinlarining etiborsizligi bir insonning hayotdan bevaqt koz yumishiga olib keldi.
 
Nargiza Sultanova, Mirzo Ulugbek tuman prokurori yordamchisi.
"Bekajon"dan olindi

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz