» » Hind qizi AQSh go‘zali bo‘ldi yo ozod yurtdagi irqchilik

Закладки Hind qizi AQSh go‘zali bo‘ldi yo ozod yurtdagi irqchilik

Название:
Hind qizi AQSh go‘zali bo‘ldi yo ozod yurtdagi irqchilik
Жанр:
Дата:
3.10.2013
Автор:
Просмотры:
2891


Joriy yilgi AQSh go‘zali, deya kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan 24 yashar Nina Davuluri topildi.

Hindistondan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan shifokor oilasida tug‘ilib o‘sgan Ninaning g‘alabasi ortidan esa AQSh

bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarni irqchi va tahqirlovchi izohlar bosib ketdi.





Irqchi izohlarda bu yilgi AQSh go‘zalini "arab", "musulmon" va "terrorchi" deb atashgan. Ayrimlarida esa bu qizni kelgan yurtiga qaytarib yuborish kerakligi aytilgan.

Nina esa ko‘rikdan keyin bergan matbuot anjumanida bu izohlardan ustun turishini, o‘zini amerikalik sanashini

qayd etdi.

Aftidan, o‘zlari ham kelgindilar avlodi bo‘lgan irqchilar nazdida AQSh - faqat oq tanlilar mamlakati, degan

tushuncha mavjud.

Xullas, ko‘pchilik nazdida yuzaki va ayol qadrini yerga uruvchi go‘zallik tanlovi bu safar AQSh jamiyatidagi

yarim yashirin irqchilik muammoasini fosh etib qo‘ydi.



Associated Press xabar berishicha, tanlovda qiz o‘zining mumtoz bollivudcha raqsi bilan hakamlarni maftun etdi. O‘zi haqida gapirib

berar ekan, kelajakda otasi kabi terapevt shifokor bo‘lish niyatini bildirdi.

Tanlov so‘ngida u g‘olib deb topilib, toj va 50 ming dollarlik chek bilan taqdirlandi. Nina mablag‘ni ta’lim olish uchun sarflashini 

ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida: "Miss Amerika” tanlovi 87-bora o‘tkazildi. O‘tgan yil ham unda Nyu-York shtati vakilasi 23 yoshli Mellori Xeygan g‘olib

bo‘lgan edi.

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 

Siz qaysi viloyatdansiz?