» » Bill Geyts jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi

Закладки Bill Geyts jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi

Название:
Bill Geyts jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi
Жанр:
Дата:
17-05-2013, 15:38
Автор:
Просмотры:
5279

 


 

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Bloomberg axborot agentligi har ish kuni yangilab turadigan milliarderlar reytingiga asosan jahonning eng boy odami unvonini qaytarib oldi. Bu haqda Bloomberg’ning 17-may kungi xabariga tayanib kun.uz ma’lumot bermoqda. 
Bloomberg hisob-kitoblariga shuni ko‘rsatmoqdaki, 2013-yilning 17-may holatiga ko‘ra Geytsning boyligi 72,7 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan taxminan 10 milliard dollarga ko‘p.

Bill Geyts 2010-2012 yillar davomida jahonning eng odami bo‘lib kelgan meksikalik mediamagnat — Karlos Slimni birinchi o‘rindan siqib chiqardi. 17-may holatiga ko‘ra Slimning boyligi 72,1 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Microsoft asoschisi 1995-yildan keyingi 13 yil davomida jahonning eng boy odami bo‘lib keldi, biroq 2008-yilda uni reytingning birinchi o‘rnini amerikalik moliyachi Uorren Baffet tortib olgandi. Geyts shundan beri faqat bir marta, 2009-yili jahondagi eng boy odam unvonini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Bill Geyts boyligining katta qismi unga tegishli Cascade Investments xoldingi tomonidan nazorat qilinadi. Microsoft’ning o‘zi esa Geyst boyligining to‘rt bir qismini tashkil etadi. U turmush o‘rtog‘i bilan Bill va Melinda Geystlar xayriya jamg‘armasiga asos solgan bo‘lib, bu tashkilot 1994-yildan 2010-yilgacha 28 milliard dollar mablag‘ni xayriya maqsadlari uchun sarflagan.

Bloomberg reytingi 2012-yil boshidan beri har kuni yangilanadi. Dastlab unda faqat 40 nafar eng badavlat odamning ro‘yxati ko‘rsatilar edi, biroq 2013-yilning 23-yanvaridan boshlab ro‘yxatdagi boylar soni yuzta qilib o‘zgartirildi.

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
MARTIN_77
aldamelar dunyodegi eng boy odam Karlos Slim
  • 22 мая 2013 19:26
rz.boy
Qoyil Bill geyt Boyvachcha ekan


  • 10 июня 2013 17:39
Gapparov
ASOSIYSI QALBI BOY BOSIN

  • 12 июня 2013 15:20
Imperiya
uff mendan o'tib ketibdida
  • 16 июня 2013 13:29
Jamshidbek
Wogirdda  baribir   nima  qilsayam   3
  • 17 июня 2013 22:02
theeverest
yo'g'e shunaqekanmi ishonish sal qiyinro mandanam boy odam borligiga ishonmiman ))
  • 21 июня 2013 17:27
MRMAC
omadini bersn   28
  • 28 августа 2013 23:17
Shox.9799
eng katta boylik bu oila/ bill geytda bo'sa oila yoq

  • 2 декабря 2013 21:54
tiger98
dunyoda eng boy odam xozir Karlos Slim
  • 9 декабря 2013 19:41
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz