» » Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Закладки Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Название:
Chinozlik Ahmadboyning noqonuniy faoliyati yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Жанр:
Дата:
16-06-2016, 21:03
Автор:
Просмотры:
5501
Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi "Chinoz halol chorva” va "Chinoz Avto Xamkor” korxonalari ta’sischisi hisoblangan Ahmadjon Tursunboyev ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bu haqda O‘zMTRKning "Toshkent” telekanalida 16-iyun, payshanba kuni soat 18:15 da efirga uzatilgan maxsus ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.
 
 

Ahmadjon Tursunboyev, shuningdek, foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan. "Hozirgi kunda Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan yoki pul olgan odamlar soni bir necha o‘n mingga yetgan”, — deyiladi "Toshkent” telekanalidagi ko‘rsatuvda.

Ahmadjon Tursunboyevga pul bergan shaxslardan birining ko‘rsatuvda ma’lum qilishicha, u 8 million so‘m pul topshirgan va 10 oy davomida har oy 1,6 million so‘mdan to‘lab borish sharti bilan, uning pulini 16 million so‘m qilib qaytarish haqida va’da berilgan.

 
Aniqlanishicha, Ahmadjon Tursunboyev aholidan avtomashina va qimmatbaho buyumlarni qonunga zid ravishda qabul qilib olgan, bu munosabatlarni huquqiy jihatdan hech qanday rasmiylashtirmay, "shunchaki o‘zining ish daftarlariga qayd etish bilan kifoyalangan”. Tursunboyevning qo‘lida g‘aznachi lavozimida ishlagan shaxslardan birining ma’lum qilishicha, noqonuniy faoliyatdan "kunlik pul aylanmasi 3—4 milliard so‘mni, AQSh dollarida 1 million atrofidagi summani tashkil etgan”.
 
 

"Shunisi e’tiborliki, Tursunboyev odamlardan pul qabul qilayotganida hech qanday kafolat bermagan. Boz ustiga, agar o‘ziga biror kor-hol bo‘lsa, yaqin qarindoshlariga, farzandlariga hech qanday da’vo qilmaslik shartini qo‘ygan. Xo‘sh, u holda Tursunboyev qanday qilib odamlarning ishonchini qozongan? Ahmadjon Tursunboyev aholining pullarini bir yil muddatda ikki barobar oshig‘i bilan qaytarish va’dasi bilan qiziqtirgan va faoliyatining dastlabki paytlarida odamlarning kuchli ishonchiga kirgan”, — deyiladi reportajda.

Ahmadjon Tursunboyev odamlardan olgan pullarining bir qismini xorijiy davlatlardan turli tovar-moddiy boyliklar olib kelib sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ma’lum miqdordagi foyda evaziga qarzga berib kelgan. "U shunday noqonuniy faoliyat bilan to‘rt-besh yillardan beri shug‘ullangan”, — deyildi ko‘rsatuvda.

 
Noqonuniy ravishda odamlardan olgan pullar evaziga Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomashinalar sotib olgan, Chinoz tumani hududidagi katta yer maydonida chorvachilik xo‘jaligini tashkil qilgan, o‘z turar joylarida juda katta miqdordagi xorijiy va milliy valyutadagi naqd pul mablag‘lari va qimmatbaho boyliklarni to‘plagan.
 
 

"O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Ahmadjon Tursunboyev va uning yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga qarashli korxonalarda aytib o‘tilgan tartibda o‘zlashtirilgan 13 milliard 139 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar borligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida olindi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.

Ko‘rsatuvda ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

YOUTUBE VIDEO




 

 

Manba: Daryo


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Январь 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Eng sevimli xonandangiz