» » iPhone ishlab chiqaruvchisi 2007-yildan buyon birinchi marta sotuvlarning tushishiga hozirlanmoqda

Закладки iPhone ishlab chiqaruvchisi 2007-yildan buyon birinchi marta sotuvlarning tushishiga hozirlanmoqda

Название:
iPhone ishlab chiqaruvchisi 2007-yildan buyon birinchi marta sotuvlarning tushishiga hozirlanmoqda
Жанр:
Дата:
14.06.2016
Автор:
Просмотры:
825
 
 
Foxconn Technology Group kompaniyasi direktori Terri Gou o‘z xodimlariga Apple smartfonlariga bo‘lgan talab keyingi yilning boshiga qadar past darajada bo‘lishini bildirdi. Bu haqda, Nikkei Asian Review nashriga asoslanib, "RBK” xabar bermoqda.

Foxconn hisob-kitoblariga qaraganda, 2016-yilda jami 220 million iPhone sotiladi — bu o‘tgan yilgidan 8,6 foizga kamroqdir.

O‘z navbatida, Yuanta Investment Consulting vakili Jeff Pu bu ko‘rsatkich 207 millionga teng bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Agar prognozlar amalga oshsa, bu 2007-yildan buyon birinchi marta iPhone xaridlarining tushishi bo‘ladi. Shu paytgacha ushbu ko‘rsatkich har yili o‘sib kelayotgan edi.

Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, xaridorlar yangi smartfonga jiddiy qiziqish bildirmagani ham bunga sabab bo‘lmoqda.

Hon Hai Precision Industry nomi bilan ham mashhur bo‘lgan Foxconn Technology Group kompaniyasi Apple smartfonlarining 70 foizini ishlab chiqaradi.

Manba: Daryo
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Март 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 

Eng sevimli xonandangiz