» » Toshkentning “to‘liq yopilishi” kutilmayotgani ma’lum qilindi

Закладки Toshkentning “to‘liq yopilishi” kutilmayotgani ma’lum qilindi

Название:
Toshkentning “to‘liq yopilishi” kutilmayotgani ma’lum qilindi
Жанр:
Дата:
13.06.2016
Автор:
Просмотры:
2157
Ayrim internet-nashrlarning O‘zbekiston poytaxtida 23—24-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent "yopilishi” haqidagi xabarlari eng ko‘p muhokama etilayotgan mavzular qatoridan o‘rin oldi. Jumladan, ba’zi saytlarda 16-iyundan boshlab avtomobil va temiryo‘l transportining barcha turlari, shuningdek, ayrim aviatashuvchilar uchun shaharga kirish "yopilishi” ma’lum qilindi. Bu haqda "Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Huquq-tartibot idoralaridagi "Gazeta.uz” manbalari xavfsizlikni ta’minlash uchun ko‘rilayotgan choralarni bunday darajadagi tadbirlar uchun odatiy hol sifatida baholadi. Jumladan, shahar chegarasida o‘tkazish tartibining kuchaytirilishi va mintaqalar bilan avtobus qatnovining cheklanishi har yili Mustaqillik bayrami arafasida kuzatiladi. Chetda bo‘lgan va uylariga qaytayotgan shaharliklar hech qanday muammolarsiz, garchi odatdagidan biroz sinchiklab tekshirishdan so‘ng bo‘lsa ham, poytaxtga kelib tushishlari mumkin. Shahar "yopilishi” undan chiqish va unga kirishning to‘liq to‘xtatilishini anglatmaydi. 

"O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sanalarga to‘g‘ri keladigan aviareyslar bekor qilinmagani, chiptalar sotuvi davom etayotganini, jadvalda o‘zgarishlar yuz bergudek bo‘lsa, aviakompaniya rasmiy saytida joylashtirilishi bildirildi. "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ham ShHT sammiti kunlari temiryo‘l qatnovi cheklanishi haqida ma’lumotga ega emasliklari ma’lum qilindi. 

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkentga yuqori martabali shaxslar tashrif buyurganda yoki kuzatilganda avia va temiryo‘l reyslarida to‘xtalishlar bo‘ladi, biroq ular doim qisqa muddatga cho‘ziladi, xolos. 


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Февраль 2017    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728 

Eng sevimli xonandangiz